Mundarija: Kirish I. Bob. Halqa bilan bajariladigan mashqlar
II.Bob. Buyutnlarni aylanma harakatlantirish Buyumlarni aylanma harakatlantirish -*panjalarning aylanma harakatlari yordamida amalga oshiriladi. Aylanma harakatlar quyidagicha: aylana o'qining joylashuviga ko'ra, gavdaning aylanayotgan a'zosiga ko'ra tasniflanadi. To'liqsiz aylanma harakat silkitish yoki tebranish deb aytiladi. Aylanish o'qi buyum qirrasiga to'g'ri keladigan ketma-ket aylanma harakatlar chirpirak deb ataladi. Aylanish o'qi buyum diametri orqali o'tadigan aylanma harakatlar charxpalak deb ataladi va ular quyidagicha bo'ladi: - bog'langan - ushlab turiladigan; - erkin - tayanchli va parvozli. Chirpiraklar uchun pol, panja, oyoq va gavda tayanch bo'lishi mumkin. Aylanish o'qi buyumdan tashqarida gavdaning biror a'zosiga to'g'ri kelsa, bunday holda buralish bajariladi. Buralishlar quyidagi obyektlar yordamida amalga oshiriladi:4 Qo'llarning harakati; Oyoqlarning harakati; Bo'yinning harakati; Gavdaning harakati; butun tananing harakati. Aylanma harakatlar aylanish turiga ko'ra farqlanishidan tashqari, harakatlar sathiga ko'ra ham ajratiladi: yuza; yon bosh; qiya; Odatda, aylanma harakatlar qo'lda bajariladi, lekin gavdaning boshqa a'zolari: oyoq, gavda, bo'yin bilan ham bajanlishi mumkin. Buyumlarni figurali (shakl berib) harakatlantirish Figurali harakatlar - buyumlarning makonda ma'lum bir shakl chizishiga olib keladigan harakatlar guruhining shartli nomla-nishidir. Figurali harakatlar quyidagicha tasniflanadi: Buyumning rasmi-shakliga ko'ra; buyumlar bilan harakatlarning sathiga ko'ra. Kaft harakatining butun qo'l yoki faqat kafming yoki qo'ldagi boshqa a'zoning qimirlashi bilan bir vaqtda amalga oshirilishi natijasida quyidagi shakllarni chizish mumkin: Yüklə 217 Kb. Dostları ilə paylaş: |