Mundarija kirish I. Bob. Halqali chuvalchanglar( annelida) tipi sistematikasi


Kam tukli halqali chuvalchanglar(Oligachaeta sinfining) vakillari va tarqalishi



Yüklə 434,42 Kb.
səhifə3/7
tarix17.03.2023
ölçüsü434,42 Kb.
#88487
1   2   3   4   5   6   7
chuvalchang

1.2 Kam tukli halqali chuvalchanglar(Oligachaeta sinfining) vakillari va tarqalishi.

Kam tukli halqali chuvalchanglar Yer yuzida eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, 3000 ga yaqin turi ma’lum. Bularning tuproqda yashaydigan va yomg‘ir chuvalchanglar nomi bilan yurgiziladigan turlari mazkur guruhining ko‘pchiligini tashkil etadi. Mazkur guruh 7-8 oilaga mansub bo‘lib, 200 dan ortiq turini birlashtiradi. Limbritsidalar yoki haqiqiy yomg‘ir chuvalchanglari oilasi 200 ga yaqin turdan tarkib topgan. Bular o‘rtasida 1-2 mm, 2-3 sm li mayda chuvalchanglardan tortib 30-50 sm li katta formalar uchraydi. Ko‘p tarqalgan 30-40 sm gacha uzunlikdagi katta “qizil chuvalchang” (Lumbricus terresfris) O‘rta Osiyo va Qozog‘iston territoriyasida keng tarqalgan. Bu chuvalchang turli chirindi va tuproq chirindilari bilan oziqlanganidan ichagi hamma vaqt deyarli “tuproq” bilan to‘lgan bo‘ladi. U kechalari ko‘pincha tashqariga tuproq chiqarib tashlaydi. Tuproqning uski va oski qavatlarini aralashtirib va unda havo o‘tadigan g‘ovak yo‘llar hosil etish bilan bular tuproq hosildorligini ortdirishda katta o‘rin tutadi.


Dalalardla ekinzorlar va qo‘riq yaylov yerlarda ko‘p tarqalgan oqish chuvalchang – allobofora (Allobophora) o‘rtacha 15-16 sm uzunlikda bo‘lib, nihoyatda ko‘p tarqalgan. 1 m3 tuproqda 400-500 ta va undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Qurg‘oqchilikka chidamli bu chuvalchang, ayniqsa, tuproq “hayotida” katta ahamiyatga ega. Mazkur oilaga mansub va ko‘p tarqalgan gigant allobofora (40-50 sm gacha bo‘ladi) va go‘ng solingan yerlarda ko‘plab ko‘payadigan go‘ng chuvalchang (Eisenia) lar ham foydali hisoblanadi.
Janubiy Osiyo, Avstraliya, Afrikada va boshqa janubiy tropik mamlakatlarda to‘rtta oilaga mansub 1800 turga yaqin tuproq halqali chuvalchanglari tarqalgan. Bularning ba’zilari daraxt qavzagidagi chirindilarga yopishib yashaydi. Bir qancha turlari kichik havzalarda yashashga moslashgan. Halqalilarning shu xildagi janubiy turlari o‘rtasida megaskolitsidalar alohida o‘rin tutadi. Mazkur oilaning Avstraliyada uchraydigan gigant vakili Avstraliya megoskolitsidasi 2,5 – 3 m gacha uzunlikda bo‘lib, uzoqdan ilonga o‘xshab ko‘rinadi. Bu chuvalchanglar ham er ostida yashab, tashqarida tuproq uyumlari hosil etadi. Megaskolitsida chuvalchanglari o‘rtasida tropik o‘rmon daraxtlarga chiqib yashaydigan turlari ham uchraydi.
Yomg‘ir chuvalchanglarning tuproq hosil bo‘lishida va tuproq hosildorligini ortdirishdagi ahamiyatini birinchi bo‘lib mashhur olim Charlz Darvin ko‘p yillar mobaynida tekshirdi. Darvinning ko‘rsatishicha chuvalchanglar tuproqning ustki bilan ostki qavatlarini aralashtira borib, undagi chirindi va boshqa organik birikmalarning minerallanishi (o‘simlik o‘zlashtiradigan holga kelishi)ni muttasil ravishda muvofiqlashtiradi va tuproqdagi “yo‘llari” orqali undagi foydali mikroblarni ko‘payishi va tuproqda havo kirib turishiga katta yordam ko‘rsatadi. Darvindan keyingi tadqiqotlar bu fikrlarin to‘la to‘g‘ri ekanligini tasdiqladi. Kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha 1 ga yer maydonida 400-500 mingtadan to 2 mm tagacha, (go‘ng solingan yerlarda esa 7-8 mln dan 20 mln tagacha) chuvalchang bo‘lishi aniqlandi. Ularning faqat 1 m2 yerdagi uyalarining uzunligi 1-8 km gacha boradi. Keltirilgan faktlar asosida mazkur chuvalchanglar tuproq hosildorligi va shakldorligi tiklanishida qanchalik muhim o‘rin tutganligini tasavvur etish mumkin.
Kam tukli haqalilarning 500 dan ortiqroq turlari chuchuk suv havzalari – ko‘llar, daryolar, kichik havzalar va sun’iy ko‘l va sholipoyalarda yashaydigan formalar bo‘lib, eolosomalar, naydidalar, qil qorinlilar, naychalilar (tubifitsidalar) lumbrikulidalar kabi oilalardan tarkib topgan. Ba’zi suv havzalarida bularning tubefikslar kabi yirik yoki stelariyalar kabi mayda turlari nihoyatda ko‘plab uchraydi. Suv tubidagi chirindi va mikroblar bilan ovqatlanib havzalardagi moddalar almashinuvi va foydali elementlarning tabiatdagi aylanishida bu chuvalchanglar g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Shu bilan bir qatorda bular baliq ozig‘i sifatida katta ahamiyatga molikdir.



Yüklə 434,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin