Raqobat ustunligini saqlab qolish. Tashkilot innovatsion faoliyatni amalga oshirish natijasida innovatsiyalami intellektual mulk obyektlari sifatida himoya qilish jarayonida belgilab qo‘yilgan raqobat ustunligiga ega bo‘ladi.
Investitsion iqiimning sezilarli darajada yaxshilanishi. Innovat sion iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan investitsiyalar oqimi ko‘p jihatdan intellektual mulkning samarali huquqiy himoyasi mavjudligiga bog‘liq. Investorlar xatarlilik darajasi yuqori bo‘lgan korxonalarga sarmoya kiritmaydilar. Zero, bunday korxonalaming menejerlari hali uzoq muddat raqobatchilar kirib bora olmaydigan bozorda korxona ulushining barqaror bo‘iishini ta’minlash uchun zarur darajada himoyalanishi lozim bo‘lgan intellektual mehnat natijalarini himoya qila olmaydilar
. Asosiy maqsadi u yoki bu masalalami hal etish uchun yangi bilimlaming uzatilishi bo‘lgan texnologiyalar transferiga intellektual mulkni himoya qilish mexanizmining samaradorligi to‘g‘ridan -to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, innovatsiyalami himoya qilish innovatsion jarayonlami boshqarishning muhim vazifasidir. Ushbu muammoning hal etilishi texnologiyalami uzatish jarayoni, innovatsiyalar diffuziyasi, xuddi boshqa tovar va xizmatlar kabi ulaming sotilishi va sotib olinishi jarayonlarini jadallashtirish imkonini beradi. Intellektual faoliyat mahsulotlarini almashish natijasida yaratilgan texnologiyalar bozorining ahamiyati bugungi kunda har qachongidan ham o‘sib borayotganligini kuzatishimiz qiyin emas. Intellektual mulk - bu katta foyda keltirishi mumkin bo‘lgan tashkilotning muhim nomoddiy aktivi hisoblanishi bois, tegishli himoyani ta’min etish asosida raqobatchilar tomonidan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish juda muhimdir. Huquq tizimi o‘z ichiga turli huquq sohalarini qamrab oladi, ular o‘z navbatida kichik soha va institutlarga boiinadi. Huquqiy tartibga solish predmeti bo‘yicha birlashtirilgan huquqiy me’yorlaming alohida guruhi huquq sohasidir. Huquqning har bir sohasiga uni tartibga solish predmetining xususiyatlaridan kelib chiqadigan huquqiy tartibga solishning o‘ziga mos uslubi xosdir. Intellektual mulk huquqi yoki intellektual mulk fuqarolik huquqining kichik sohasidir. Patent huquqi va fuqaro munosabatlari ishtirok- chiliklarini individuallashtirish vositalarini muhofazalash, shuningdek, noan’anaviy obyektlami muhofazalashdan iborat boMgan mualliflik huquqi va sanoat mulki shu kichik sohaning institutlaridir.
Mualliflik huquqi va mualliflik huquqi obyektlari “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi 0‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mualliflik huquqining obyektlari boiib quyidagilar hisoblanadi: mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo‘lmish fan, adabiyot va san’at asarlariga nisbatan, ulaming maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek, ifodalanish usulidan qat’i nazar, tatbiq etiladi. Mualliflik huquqi fan, adabiyot va san’at asariga mualliflik huquqi uni yaratish fakti bo‘yicha yuzaga keladi. Mualliflik huquqining yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun asami ro‘yxatdan o‘tkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi.Asaming asl nusxasida yoki nusxasida muallif sifatida ko‘rsatilgan shaxs, agar boshqacha hoi isbotlanmagan bo‘lsa, asar muallifi hisoblanadi. Asar imzosiz yoki tahallus ostida chop etilgan taqdirda (muallifning tahallusi uning kim ekanligiga shubha qoldirmaydigan hollar bundan mustasno), asami chop etgan, asarda ismi-sharifi yoki nomi ko‘rsatilgan noshir, agar boshqa dalillar boimasa, muallifning vakili hisoblanadi hamda muallifning huquqlarini himoya qilish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash huquqiga egadir. Bu qoida bunday asar muallifi o‘z shaxsini oshkor etguniga va o'zining muallif ekanligini ma’lum qilguniga qadar amalda bo‘ladi. Amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko‘ra, quyidagilar mualliflik huquqining buzilishi deb, e’tirof etiladi :
• mualliflaming shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish;
• ijrochining ismi-sharifga boigan va ijroni har qanday tarzda buzib ko‘rsatilishidan yoki har qanday boshqacha tarzda tajovuz qilinishidan himoya qilish huquqlarini buzish;
• huquq egasi yoki mulkiy huquqlami jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan asarlar yoki turdosh huquqlar obyektini takrorlash, tarqatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish;
• haq toiash to‘g‘risidagi talablami buzish;
• asarlardan yoki turdosh huquqlar obyektlaridan huquq egasi yoki mulkiy huquqlami jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha olingan huquqlami oshirib yuborgan holda foydalanish;
• huquq egalarining mulkiy huquqlarini boshqacha tarzda buzish mualliflik huquqi va turdosh huquqlami buzishdir. Asarlaming va turdosh huquqlar obyektlarining takrorlanishi yoki tarqatilishi mualliflik huquqi va turdosh huquqlami buzgan holda amalga oshiriladigan nushalari kontrafakt nushalardir.