Mundarija: kirish I bob. Muammoning tahlili


Kuch va uni rivojlantirish usuliyati



Yüklə 87,11 Kb.
səhifə10/13
tarix19.10.2023
ölçüsü87,11 Kb.
#157091
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Gimnastikachilar tayyorlashda jismoniy va amaliy mashg\'ulotlar samarasi

Kuch va uni rivojlantirish usuliyati


Xar qaysi individ tashqi taosir yoki qarshilikni engish uchun o‘z jismidagi maolum sifatni namoyon qiladi. Tashqi taosirga qarshi muskul zo‘riqishi orqaliharakat faoliyati - shaxsning kuchi, uning kuch qobiliyati deb atash qabul qilingan. SHug‘ullanuvchi mashg‘ulot paytida o‘z tanasi tinch turganholdan sport snaryadiga (uloqtirishda), o‘z tanasiniharakatlantirish maqsadida (gimnastika mashqlari va boshqalar), aylantirish, siljitish, ko‘tarishga intilsa, ayrimhollarda uning teskarisi, tananing o‘zi, yoki uni bilagiga tashqi kuch taosir etishi bilan uning statitikholatini buzib o‘z gavdasini oldingi (dastlabki)holatini ushlab turishga urinadi. Bokschining raqibi mushti-ning zarbi, kurashchini raqibi tomonidan kuch ishlatib uni tanasini ayrim bo‘laklarini egishga dosh berishi tanaholatini o‘zgartirmaslik orqali ro‘y beradi. Bunda shug‘ullanuvchi va uning raqibi maolum darajada qarshiliklarni, og‘irliklarni engish va ko‘tarishda maolum darajada kuch sifatini namoyon qiladi.
    1. Jismoniy sifatlarni rivojlantirish va uni gimnastik mashqlar texnikasiga ta’siri


Ko‘p yillik musobaqa amaliyotida sport natijalarining o‘sishini ta’minlash dastlabki tayyorgarlik bosqichida olib boriladigan o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlari samaradorligini oshirish zarurligiga e‘tibor qaratadi. Keyingi bosqichlarda yosh gimnastikachilar tayyorgarlik jarayonini boshqarish yuksak sport mahorati talablari doirasida amalga oshirilishi darkor. Buning uchun maksimal sport natijalarini ko‘rsatish mumkin bo‘lgan yosh davrigacha harakat qobiliyatlarini takomillashtirishga qaratilgan uslub va vositalardan unumli foydalanish lozim bo‘ladi (8,12,13).
Zamonaviy gimnastikada o‘rgatilishi zarur bo‘lgan harakat malakalariga xos jismoniy sifatlarni qisqa muddat ichida rivojlantirish imkoniyatini yaratuvchi uslub va vositalar qo‘llaniladi. Bu esa o‘z navbatida gimnastik snaryadlarda ijro etiladigan mashqlarni tezroq o‘zlashtirish va bu masalaga ko‘proq vaqt ajratishni taqozo etadi.
Gimnastikachilarning texnik tayyorgarligi ularning jismoniy sifatlariga asoslanadi. Agar gimnastikachining jismoniy imkoniyati gimnastik element texnikasi talablariga javob bermasa, birorta mashqni maromida bajarish mumkin bo‘lmaydi (12,13,16). Boz ustiga, texnik mahoratni takomillashtirish nuqtai nazaridan kuchga oid tayyorlov mashqlari tarbiyalanayotgan sifatni yuksak darajada shakllanishini ta’minlashi kerak. Bu borada gimnastikachilarga maxsus yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar az qotadi (12,13). Ayniqsa, musobaqa davrida gimnastikachilar uchun o‘rganilayotgan elementlarga xos sifatlarni shakllantirish muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, shunday ekan, har bir muayyan vaziyatda harakat malakasiga o‘rgatish jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi zarur.4
YU.V.Menxin (12,13) ning ta’kidlashicha, gimnastik snaryadlarda muayyan murakkab mazmunga ega elementlarni ijro etish harakat analizatoriga, jumladan, gimnastikachining mushak kuchlanishiga xos qobiliyat shakllangan bo‘lishi talab qilinadi. O‘ta ahamiyatli joyi shundaki, gimnastikachining kuch va tezkorlik
sifatlari shunday shakllanishi muhimki ular o‘z mohiyati bilan o‘rganilayotgan element koordinatsiyasiga mos va aniq me‘yorlangan bo‘lishi zarur.
Harakatli san’at darajasida ijro etish zarur bo‘lgan sport turlarida (sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, akrobatika, figurali uchish, suvga sakrash va h.) harakat texnikasi hal qiluvchi omil bo‘lib hisoblanadi. Lekin, baribir ushbu sport turlarida yuksak natijalarga erishish ijro etiladigan harakatlarga mos jismoniy sifatlarsiz amalga oshmaydi.
L.YA.Arkaev (2) tadqiqotlariga binoan yuksak maxsus jismoniy tayyorgarlik va uni ijro etiladigan elementlar texnikasiga mutanosib bo‘lishi sport mahoratining o‘sishida o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etadi. Qator xorijiy tadqiqotchilar, yuksak sport natijalariga erishishda jismoniy sifatlarni muayyan sport ixtisosligi (turi) xususiyatlariga mos kelishi hal qiluvchi rolni o‘ynaydi.
Talaygina mualliflarning fikriga ko‘ra jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni tanlashda mushaklar kuchi topografiyasi va musobaqa mashqlari xususiyati e‘tiborga olinishi darkor (12,13). Texnik mahoratning shakllanishi jismoniy tayyorgarlikning o‘sishiga asoslanishi lozim degan fikrni ilgari suradi. Ayrim tadqiqotlar natijalari jismoniy sifatlar darajasi bilan turli sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etish o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud ekanligini isbotlaydi (13,15,16).
Bir guruh olimlarning fikriga muvofiq, hatto yangi harakatlarga o‘rgatishda ham muvofiq mazmun va amplitudaga xos mushak kuchlanishini ta’minlovchi mashqlarni tanlash o‘ta dolzarb ahamiyatga egadir. Borgan sari chuqurlashib boradigan sport ixtisosligi harakat malakalarini takomillashtirishning jismoniy sifatlarni rivojlantirish bilan birikib ketishini talab qiladi. Mazkur bog‘liqlikni ta’kidlagan holda, ba’zi mualliflar harakat malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirishda jismoniy sifatlarning bog‘liqligi va ustivorligini ta’minlash zarurligiga e‘tibor qaratadilar.
Harakat malakalarini shakllantirishdan avval shu malaka va ko‘nikmalarni ijro etishga yondoshtiruvchi jismoniy sifatlar rivojlantirilishi lozim. Harakat malakalarini samarali takomillashtirish uchun munosib jismoniy sifatlarni
tarbiyalashga ustivor ahamiyat berish zarurligini e‘tirof etadilar. Trenirovka jarayonining samaradorligini baholashda nafaqat jismoniy sifatlarning rivojlanganlik darajasi e‘tiborga olinishi, balki shu sifatlarni muayyan vaziyatlarda samarali ijro etish qobiliyatiga asoslanish ham muhim degan g‘oyani ilgari suradilar.
Tadqiqotlari esa, asosiy jismoniy sifatlarning rivojlanganlik darajasi bilan gimnastikaga o‘rgatish jarayoni o‘rtasida chambarchas bog‘liqlik borligiga ahamiyat qaratadi. Turli o‘quv yillarida olingan texnik va jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari jismoniy tayyorgarlikni har bir sportchi texnik natijasiga to‘g‘ridan- to‘g‘ri ta’sir etishi aniqlangan. Agar birinchi o‘quv (o‘rgatish) yilida bunday holat keskinlik bilan namoyon bo‘lmasada, ikkinchi va uchinchi o‘quv yillaridan boshlab mazkur bog‘liqlik to‘la-to‘kis o‘z ifodasini topar ekan. YUqori jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan tekshiriluvchilar gimnastik mashqlar texnikasini tez va muvaffaqiyat bilan o‘zlashtirishlari qayd etilgan (12,13).
Sportga oid ilmiy-uslubiy adabiyotlarda yana shunday ma’lumotlar uchraydiki, turli snaryadlarda ijro etiladigan gimnastik mashqlar texnikasi muvofiq mushaklar faoliyatiga xos jismoniy sifatlarning rivojlanganlik darajasiga bog‘liq ekan (12). YOsh gimnastikachilarni Qo‘shpoyada ijro etadigan mashqlar natijasi elkaning yozuvchi kuchi (r=0,85), tirsakning bukuvchi kuchi (r=0,67), gavda (r=0,87) va oyoqni son qismlari kuchi (r=0,82) bilan uzviy bog‘liq ekanligini ta’kidlaydilar. E.YU.Rozin (15) ning tadqiqotlari esa gimnastik ko‘pkurashning alohida turlarida ijro etiladigan sport-texnik ko‘rsatgichlari va kuchni integral ko‘rsatgichlari o‘rtasida bog‘liqlik mavjud ekanligin isbotlaydi.
Ko‘pgina tadqiqotchilar sport gimnastikasida tezkorlik-kuch tayyorgarligining ustivor ahamiyatini qayd etish bilan birga, shu tayyorgarlikni mashqlar texnikasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligini ochib berganlar (12,13). Tezkorlik-kuch sifatlarini tadqiqot ostiga olgan shu sifatlarni rivojlanish darajasi gimnastikada aksariyat uchraydigan yoysimon harakat sifatiga ta’sir etadi deb fikr bildirgan. L.YA.Arkaev, N.G.Suchilin (2) larning katta yoshdagi gimnastikachilar ustida olib borgan tadqiqotlari va kichik yoshdagi gimnastikachilarni kuzatish
natijalari tezkorlik-kuch tayyorgarligi va mashqlar ijro etish o‘rtasida zich bog‘liqlik mavjud ekanligini isbotlab bergan.
Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, bir tomondan, murakkab kengqamrovchi jarayon bo‘lsa, ikkinchi tomondan gimnastikachi sport mahoratining tarkibiy qismi va uni shakllantirishda poydevor bo‘lib xizmat qiladi. SHuning uchun masala faqat jismoniy sifatlarni rivojlantirishda emas, balki ushbu sifatlarni o‘rganilayotgan mashqlar texnikasi xos tarzda shakllantirish zarurligidadir. Bu jarayonga ijodiy yondoshish, jumladan o‘rganiladigan yangi mashq yoki elementlarga mos bo‘lgan uslub va vositalarni tanlay bilash taqozo etiladi. Binobarin, xulosa qilish mumkinki gimnastikachilar jismoniy tayyorgarligi ularning texnik mahoratini asosiy poydevori bo‘lib hisoblanadi.


Yüklə 87,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin