Mundarija: Kirish I bob. O’qish kitoblarida berilgan she’rlar haqida



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə11/14
tarix15.06.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#130760
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
infdan tashqari qudrat

Dars ishlanma
MAVZU: AYAMAJIZ. (QUDRAT HIKMAT)


Maqsad:
Darsning maqsadi: ta`limiy: D TS talablari asosida dars o`tish. Qudrat Hikmatning “Qor” sheri orqali qishning o`ziga xos tomonlatini ochib berish, asarining mazmun mohiyatini yoritib berish. O`quvchilarni do`stlik inoqlikda gap ko`pligi haqidagi tushunchalarini boyitish.Ifodali , ravon , tushunib o`qish sifatlarini shakllantirish. F.k.1 rivoyat, hikoya, ertak, latifalar, maqol, topishmoq, tez aytish va she’riy matnlarni, ixcham audio va video materiallarini tinglab tushuna oladi; ularni tushunib ongli, to‘g‘ri (bo‘g‘inlamay sidirg‘a) o‘qiy oladi;
Tarbiyaviy: o`quvchilarda do`stlik, birdamlik. Jamoada o`zaro do`stona munosabat kabi sifatlarni tarbiyalash. T.k.3. o‘z xatti-harakatini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera olish.
Rivojlantiruvchi: Bilim, malaka va ko'nikmalarini rivojlantirish. F.k.2. matndagi so‘z va so‘z birikmalarining ma’nolarini hamda gaplarni tushuna oladi
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.
Darsning metodi : Aralash, ko'rgazmali.
Darsning jihozi: Mavzuga oid rasmlar, klaster usulidagi topshiriqlar AKT jihozlari, tarqatmali savollar.



DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
1.Tashkiliy qism: 7 daqiqa
2.O’tilgan mavzuni takrorlash: 7 daqiqa
3.Yangi mavzu bayoni: 20 daqiqa
4.Yangi mavzuni mustahkamlash: 6 daqiqa
5.Baholash: 3 daqiqa
6.Uyga vazifa: 1 daqiqa


Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism :
A)Salomlashish ,
B)davomatni aniqlash,
-Qani ayting o’quvchilar
Kim navbatchi bo’ladi
Bugungi kun hisobi
Menga aytib beradi
-Menman darsda navbatchi
Ustozimga yordamchi
Barcha ishda ildamman
Hamisha sog’ bardamman


-Bugun 2019-yil 18-dekabr. Haftaning 3-o’qish kuni Chorshanba. 3-B sinfimizda 26 nafar o’quvchilarning barchasi darsda qatnashyapti.
D)o`quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirib nazorat qilish.
E)ma’naviyat daqiqasi


-Salom o’g’il, qizlari
Ko’kdagi yulduzlarim
-Salom ustoz muallim
Berguvchi bizga ta’lim
-Yashang aziz bolalar
Bo’g’dagi gul lolalar
Qalay sog’-omonmisiz
Saboqqa tayyormisiz?
-Bizlar darsga tayyormiz
Ustoz sizga dastyormiz
Bilim olish burchimiz
Bunga yetar kuchimiz
-Hozirgi savollarim
Vatan haqida bo’lar
Kim faol qatnashsa gar
Bahoning zo’rini olar
-So’rang Vatan haqida
Dildan jo’shib so’zlaylik
Ilm tog’ining eng baland
Cho’qqilarin ko’zlaylik
-Demak birinchi savol
Diqqat bilan quloq sol
Vatan o’zi ayt nima?
Buni bilarmi hamma
-Vatan onajon diyor
Biz tug’ilgan chamanzor
Nomi dunyoga doston
Betakror O’zbekiston
-Yashang aziz bolalar
Bilimdon gul lolalar
Javobingiz ho’p a’lo
Dildan deyman tasanno
Lekin bor bir muammo
Yechar uni qay dono?
Mustaqillik ne demak?
Ne demakdir Istiqlol
Buni bilmog’ing kerak
Ma’nosini dilga sol
-O’z yurtim yer samosi
Shaxri gulshan ma’vosi
Tongda esgan sabosi
Tog’i-bog’i daryosi
Endi o’z mol-u mulkim
O’z qo’limda o’z erkim
-Rahmat ta’rif zo’r bo’ldi
Sizlardan ko’nglim to’ldi
Bor yana bitta savol
Javob beringiz darhol
«Vatandosh» kimdir bizga
Siz kabi o’g’il qizga
-Kindik qoni to’kilib
Yurtimda kim tug’ilsa
Vatanni sevib yasha
Halol pok mehnat qilsa
U Vatandoshdir menga
Qavmu- qarindoshdir menga
-Yashang bolalar rahmat
Sizdan hursandman albat
Seving yurtni yurtdoshni
Aziz bilib qandoshni
Madh eting hur vatanni
Tengi yo’q bu chamanni

Bugungi darsimizga Yangi yilning asosiy qahramonlari bo’lgan Qorbobo, Qorqiz va Qorparcha o’zlarining savollarini yo’llaganlar.






Dars jarayonida mazkur savollarga to’g’ri javob bersak, ularni yangi yil sovg’alariga ega bo’lamiz. Dars davomida ikkala guruh rag’bat kartochkasini yig’adilar va mana shu rag’bat kartochkasi orqali o’z archalarini bezatadilar. Dars yakunida qaysi guruhning archasiga ko’p o’yinchoq(rag’bat kartochkalari) ilingan bo’lsa shu guruh g’olib hisoblanadi.
1-Guruh: Quyoshcha 2-Guruh Yulduzcha


Qorboboning savoli:
5 tashabbus haqida ma’lumot bering?










Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbus!
1-Yoshlarning musiqa,rassomchilik,adabiyot,teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
2-Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobilyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish.
3-Axoli va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari tashkil etishga qaratilgan.
4- Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarini tashkil etish.
5-Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.
Barakalla bolajonlar.
Mana ma’naviyat daqiqasini ham o’tkazib oldik. Endi darsimizning asosiy qismiga o’tamiz
II. O`tgan mavzuni so`rab baholash:
O’tgan darsda «Qorparcha» mavzusi bilan tanishganmiz. Qorparcha o’zi haqidagi savollarni bizga yo’llabdi.
1.Qorparcha matnining muallifi kim?
2.Qorparcha nega yoz faslini ko’rishni orzu qildi?
3.Qorparchaning orzusi qanday amalga oshdi?
O’quvchilar savollarga javob berib rag’bat kartochkalarini qo’lga kiritadilar.
III. Yangi mavzuning bayoni:
Qorboboning savollariga javob bersak, savolning javoblarini bosh harflaridan yangi mavzuyimizning nomi kelib chiqadi.

  1. Eng yoqimli kuy

  2. Butun dunyo xalqlari nishonlaydigan bayram

  3. Yigit so’zidan, nima izidan qaytmaydi

  4. Davlat ramzlaridan biri

  5. Mashina ishlab chiqariladigan viloyat

  6. Qushning nomi

  7. Eng yomon baho

  8. Oq qora yo’li bor hayvon


Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin