Muallif hayot va ijodi haqida qisqacha ma`lumot XX asr o‘zbek bolalar adabiyotiga Munosib hissa qo‘shgan adiblardan biri shoir Qudrat Hikmatdir. U 1925 yili Toshkentning qadimgi mahallalaridan biri Sebzorda tavallud topadi Onasi Muborak aya erta qazo etadi (1934). Uning otasi oddiy dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shug‘ullanadi. O’zi esa 1934 yilda o‘rta maktabga kirib, uni 1944 yilda tugatadi. Shoir sifatida maktab devoriy gazetalarida ko‘rina boshlaydi, Unga Quddus Muhammadiy, Oybek kabi ustozlar mehribonlik ko‘rsatishadi. U qaysi mavzuda, qaysi janrda qalam tebratmasin, eng muhimi, mehnatkash, halol, topqir va chopqir bolalar dunyosini kashf etishga intiladi. Shuningdek, do‘stlik, tinchlik, o‘zaro birdamlik, Ona Vatanni sevish, uni ardoqlash sari da’vat etadi. Uning she’rlaridagi bolalarcha samimiylik, beg‘uborlik va to‘g‘rilik shoir asarlarining o‘qishli, qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi. U 1968 yil og‘ir betoblikdan so‘ng 43 yoshida vafot etgan. Ayamajiz. (Qudrat Hikmat) Biyday cho’l – u dalalar, Bo’ralar qor kapalak. Bog’lar sokin, mizg’ishar Misoli oq kapalak, Muz oynalar sovuq yeb, Anhorchada qirsillar. Tarnovlarda sumalak Shodalarichirssillar. Saxiy ona tabiat Quchog’ida havo sol Onda – sonda ko’rinar Nursiz, qizg’ish oftob, Ayamajiz izg’iydi Ko’chalarda tutaqib. Shox – shabbani tortqilar Yalmog’izdek yutoqib… Ko’k maysalar nish urib, Yerning baland – pastida, Go’zalbahor serkillab Yetilar yer ostida. She’rni o’qib mazmunini tushuintirib beraman Darslik bilan ishlash: She’rni ifodali o‘qish musobaqasi o‘tkaziladi. Darslikda berilgan savollarga javob beriladi. – Siz yana qanday qish haqidagi qo‘shiqlarini bilasiz? O‘quvchilar javobi tinglanib, to‘ldiriladi va tarbiyaviy xulosa chiqariladi. Lug’at ishi: Ayamajiz-izg’irin sovuq; Biyday-kimsasiz Mizg’ib-uyqusirab