Mundarija: Kirish I bob. O’qish kitoblarida berilgan she’rlar haqida



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə13/14
tarix15.06.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#130760
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
infdan tashqari qudrat

Dam olish daqiqasi:
Qatorlar qish haqida qo’shiq eshitib, koptokni bir-biriga uzatadilar. Qo’shiq tugatilganda koptok qaysi qatorda qolsa, shu guruh g’olib hisoblanadi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. Uchinchi to’rtlikda nima deyilgan?
2.Ayamajizda tabiatda qanday hodisalar ro’y beradi?
V. Baholash. Darsdagi faol ishtirokiga qarab, o’quvchilar rag’batlantiriladi va dars yakunida ballar umumlashtirilib yakuniy ballar e’lon qilinadi.
VI. Uyga vazifa.“Misoli oq kapalak”misralarining ma’nosini tushuntirib berish va she’rni yod olish.

O’quvchiiar diqqati to‘rtinchi bandga jalb qilinadi va o‘qitiladi. «Tutoqib», «yutoqib» so‘zlarining qofiyadosh ekanligi tushuntiriladi. Endi o‘quvchilar she’rni ovoz chiqarmay o‘qib, o‘xshatish (tasviriy vosita)larni aniqlaydilar. O‘quvchilar qorkapalak, muz oyna, yalmog‘izdek so‘zlarining o‘z ma’nosida ishlatilmaganligini aytadilar. O‘qituvchi qor — kapalakka, muz — oynaga, izg’irin — yalmog‘izga o‘xshatilganligini tushuntiradi.



  1. Matnga taalluqli savol va topshiriqlarga javob olinib, mavzu mustahkamlanadi.

1. Uchinchi to'rtlikda nima deyilgan?
2. Ayamajizda tabiatda qanday hodisalar ro‘y beradi?
She’rning birinchi to‘rtligini o‘qing va „Bo‘ralar qor kapalak, „Misoli oq kapalak misralarining ma’nosini tushuntirib bering.
O‘tda yonmaydi,
Suvda botmaydi. (Muz)
8. Darsga yakun yasahb, uyga «Ayamajiz» she’rini ifodali o‘qish topshiriladi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, she’rni o’qiganda kichik yoshdagi o’quvchilar tabiat va jamiyat voqea-hodisalarining poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega. She’riy hikoya, she’riy ertaklarda syujet, ya`ni voqealar tizimi va uning rivoji xarakterlidir. Lirik she’rni o’qish va tahlil qilish o’qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Holbuki, ko’p hollarda she’rga oddiy matn nuqtai nazaridan yondashiladi. Bunday holda she’riy san`at hissiyot bilan bog`liq ekanligi unutiladi, she’r ma`nosining satrlar, so’zlar zaminida yashirin berilishi anglab yetilmaydi. Buning oqibatida o’quvchilar she’rdagi obrazlilikning mag`zini chaqa olmaydilar. Vaholanki, har qanday asar zaminidagi yashirin ma`noni o’qish mehnattalab ishdir.
1.Ulug` yozuvchilar, iste`dodlarning tug`ilishi haqida sinfdan tashqari o`qish darslarida qiziqarli ma`lumotlarni so`zlab berish, ya`ni ulardan o`quvchilarni xabardor qilish mustaqil kitob mutolaa qiladigan o`quvchini tarbiyalashga katta yordam beradi.
2. Sinfdan tashqari o`qishning jahon ta`limidagi ilg`or usullar asosida yaratilgan tizimi o`quvchilarni o`qishga qiziqtirish, ularning fikrlash qobiliyatini o`stirish, kitob bilan ishlash usullarini o`rgatish, og`zaki nutqini o`stirish, muntazam ravishda kitob o`qib borishga rag`bat uyg`otish – ma`naviy madaniyatini yuksaltira borish kelajak avlodni o`qitish va tarbiyalash jarayonidagi asosiy masalalardan hisoblanadi.
3. Boshlang`ich ta'limda sinfdan tashqari o`qish darslari samaradorligini ta'minlovchi intеrfaol mеtodlardan foydalanish, o`qitishning noan'anaviy usullarini qo`llash juda muhimdir. Jumladan, sinfdan tashqari o`qish darslarida uyushtiriladigan o`yinlar ko`ngilochar mashg`ulot bo`lmasdan, ta'limiy xaraktеrga ega bo`lishi, o`rganilayotgan asar mavzusini o`zlashtirishga, asar yuzasidan ta'limiy va tarbiyaviy xulosa chiqarishga qaratilishi lozim.
4. Sinfdan tashqari o`qish darslarida badiiy matnning lisoniy tahliliga ham e`tiborni kuchaytirish lozim. O`quvchi barglari to`kilib, sovuqda qor bosib turgan daraxtlarni ko`rar ekan, shu holatni ifodalaydigan so`z va iboralarni topib fikrini bayon qila olishi zarur.
Boshlang`ich ta`limda o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini tegishli darajada yuqoriga ko`tarish kerak. Mustaqil mutolaaning ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyati muhim ekanligi metodistlar tomonidan e`tirof etilmoqda.
Boshlang`ich ta`lim o`qish metodikasida badiiy asarni mustaqil va baholash,ya`ni tarbiyaviy xulosa chiqarish orqali o`quvchilarni hayotga tayyorlash borasida jiddiy tadqiqotlarni amalga oshirish, ilgor o`qituvchilarning ish tajribalarini o`rganish va ommalashtirish qayd qilinmoqda. Bu ish boshlang`ich sinflardayoq alohida yo`lga qo`yilsa, maqsadga muvofiq bo`lar edi.
Kuzatishlarimiz va olib borgan ilmiy izlanishlarimiz natijasida quyidagi xulosalarga keldik:
1. Bugungi kunda boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qish darslarida badiiy asarni mustaqil mutolaa qilishga tayyorlash borasida qator kamchiliklarga yo`l qo`yilmoqda. O`quvchilarning mustaqil o`qishlarini tartibga solish va yuqori natijalarga erishish maqsadga muvofiq.
2. Sinfdan tashqari o`qish uchun badiiy asar tanlash tamoyillariga amal qilib, o`zbek va horijiy bolalar yozuvchilari asarlarini aniq nomlari bilan tavsiya qilish zarur. Sinfdan tashqari o`qish uchun badiiy saviyasi yuksak, o`quvchilar nutqini boyitadigan badiiyatning talablariga javob bera oladigan, tarbiyaviy ahamiyati ko`rinib turadigan asarlar tanlanishi kerak. Uning ro`yxatini sinfdan tashqari o`qish burchagida doimiy turishiga erishish lozim.
3. Boshlang`ich sinf o`qituvchilar badiiy asarni mustaqil o`qishiga qiziqtiradigan metodlar va dars shakllaridan foydalanish lozim.
4. Sinfdan tashqari o`qilgan asarning miqdoriga, mazmunini to`liq o`zlashtirilishiga va matnga yaqinlashtirib badiiy qayta hikoyalanishiga qarab bolalar baholanishi kerak.
5. Sinfdan tashqari o`qilgan o`qish uchun tavsiya etilgan o`zbek va horijiy bolalar yozuvchilari asarlarini yuzasidan taassurotlaringizni yozma bayon qilishda o`quvchilarning yoshi va hayotiy tajribalari asoslanish darkor.
6. Sinfdan tashqari o`qish darslarida badiiy asar i tahliliga oid savol-topshiriqlar tizimi o`quvchilar bilimini boyitish, dunyoqarashini kengaytirish va nutq o`stirish maqsadiga xizmat qilishi lozim.
7. Sinfdan tashqari o`qish uchun tavsiya qilingan asarlar o`quvchilarning adabiy didini, so`zga bo`lgan sezgiriligi va hissiyotlarini tarbiyalash, so`z ma`nolaridagi nozik qirralarni to`la ilg`ash darajasiga ko`tarilishlari uchun matn ustidagi ishlar muntazam tashkil etilishiga erishish kerak.
11. Sinfdan tashqari o`qish darslarida badiiy asar tahlilida o`quvchining faolligi ta`minlansagina samaradorlikka erishiladi. Zero o`zbek badiiy adabiyotlarni mustaqil o`qigan, ular haqida mustaqil fikr yuritadigan shaxslarni tayyorlash umumta`lim maktabining asosiy vazifalaridan biridir.
Bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan ishlash ancha murakkab jarayon. O`qituvchining pedagogik mahorati zamonaviy dars o`tish usullaridan foydalanishi bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchi bilan yakka tartibda ish olib borishi natijasida uning oldini olishga imkon yaratadi. Jahon- keng Dunyoda mamlakat kop, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz O`zbekistonimiz yakka-yu yagona. O`zbekistonning kelajakdagi ravnaqi bugungi yosh avlodning to`la qonli ta’lim va tarbiyasiga ko`p jihatdan bog`liqdir. Ana shularni kelajagimiz poydevori bo`lmish boshlang`ich sinf o`qiuvchilari diliga jo etib hayotlari mazmuniga aylantirishimiz ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashimiz lozim.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin