Mundarija: Kirish I. Bob. Pedagogik konfliktologiya fan sifatida


-chizma. Pedagogik nizoning kelib chiqish va to‘qnashish



Yüklə 338,92 Kb.
səhifə13/14
tarix18.10.2023
ölçüsü338,92 Kb.
#156849
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Pedagogik konfliktologiyaning fanlar bilan aloqadorlikda rivojlanishi2

1-chizma. Pedagogik nizoning kelib chiqish va to‘qnashish
jarayoni modeli.

Bu jarayonning birinchi bosqichida pedagogik nizo chiqishi uchun vaziyat tug‘iladi, ya’ni tomonlar manfaatlarining qarama-qarshiligi ob’ektiv ravishda namoyon bo‘ladi. Ammo ochiqdan-ochiq to‘qnashuv sodir bo‘lmaydi. Bunday holat har ikkala tomon tashabbusi bilan yoki "merosdan " qolgan nizoning ta’siri ostida vujudga kelishi mumkin.


Ikkinchidan, nizoning qanday tugaganligi, uning qanday еchimga olib kelganligiga qaraganda kengroq tushuncha hisoblanadi. Nizo, o‘zaro tomonlar nizosi sifatida tugashi mumkin, ammo uning tugatilganligi nizo o‘z еchimini topganligini har doim ham anglatavermaydi.
Masalan, ziddiyatli tomonlar ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi, deylik. Nizo nihoyasiga еtgan deb xulosalash mumkin. Ammo bu - manfaatli tomonlar o‘rtasidagi nizo va ziddiyat tugaganligini anglatmaydi. Nizo qolaveradi. Shu bois, “konflikt еchimi” tushun chasi “konfliktning tugashi” tushunchasidan kengroq va aniqroq tushuncha hisoblanadi. Agar nizo tugashi tushunchasida har qanday nizoning har qanday tugashi, uning biror sabablarga ko‘ra nihoyasiga еtishi tushunilsa, nizoning еchimi tushunchasi uning biror “ijobiy” natija bilan, har ikki tomonni qoniqtirgan yaxshi xulosalar bilan to‘xtam va xulosa qilinganligini anglatadi. Nizoning еchimi uning haqiqiy tugatilganligi, ikki tomon o‘rtasidagi nizo va inqirozning еchimi topilganligi, o‘zaro qarama-qarshilik yo‘qotilganligi, tinchlik va totuvlik tamoyillari tomonlar o‘rtasida o‘rnatilgan ligini anglatadi.
Nizolar еchimi bo‘yicha amaliyot va hayotiy tajriba har vaqt uning еchimi uchun har ikki tomon tarafidan juda katta sayi-harakatlar va intilish zarurligini, tomonlarning еchim va to‘xtamga kelishi oson kechmasligini ko‘rsatadi. Chunki nizo “o‘zidan-o‘zi” hal bo‘lib qoladigan voqelik emas. Uni hal qilish uchun birovni anglash, eshitish, adolatparvarlik mezonlariga rioya qilish, kompromisslar ga kelish, umumiy va barchani qoniqtirgan еchimni topa bilish, jahldan voz kechish va boshqa bir qator amallarni bajarish lozim bo‘ladi. Albatta, konfliktni mensimaslik, uni tan olmaslik (ignorirovat), uni o‘zicha talqin qilishga urinish bo‘lishi mumkin. Ammo bu holda nizo stixiyali tarzda, ya’ni hech kimga bo‘ysunmagan holda takomillashib, rivojlanib boradi, nizo keskinlashadi, yanada murakkablashadi, o‘z domiga boshqa shaxslarni ham torta boshlaydi, kengayadi, tomonlarni, demakki manfaatlarni to‘xtamga keltirish mumkin bo‘lmay qoladi, manfaatli tomonlar ko‘payadi va oxir-oqibat butun sistemani, ya’ni nizodan oldingi vaziyatni batamom vayron qiladi.
Nizoning еchimiga kelish uchun muhim bo‘lgan talablardan biri – tomonlarning uning еchimini qidirishga tayyorligi va ularning ixtiyoriy tarzda konflikt еchimini topishga astoydil bel bog‘laganligi hisoblanadi. Agar tomonlar o‘z hoxishiga ko‘ra nizo еchimini topishga tayyor bo‘lmasalar, nizo еchimini topib bo‘lmaydi. Eng avvalo nizoni yuzaga keltirgan ob’ektiv sabablarga to‘xtalishi, uni yuzaga keltirgan sharoitlar aniq belgilanishi kerak. Shu nuqtai nazardan, har qanday nizo sub’ektiv omillar (insonlar, guruhlar, tizimlar) ham ob’ektiv omillardan tashkil topadi (nizoni keltirib chiqarishga sabab bo‘lgan tashqi omillar). Nizo еchimini topish murakkab, uzoq muddatli, sabr va qonoatni talab etadigan, tomonlarning o‘z ustida uzoq muddat ishlashini zaruriyatga aylantiradigan jarayon bo‘lishi mumkin. Nizo еchimini topish – tomonlarning bir-birini anglashi va tushunishiga qaratilgan yo‘ldir.
Shu nuqtai nazaridan, nizolar еchimini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

  • tomonlarning ixtiyoriy kelishuviga ko‘ra ziddiyatning еchimga kelishi va to‘xtatilishi;

  • nizoning simmetrik еchimining topilishi va to‘xtatilishi (ikki taraf ham bir xilda yo yutib chiqadi, yo yutqizadi);

  • nizoning asimmetrik hal bo‘lishi (ziddiyatda faqat bir tomon yutib chiqadi);

  • nizo boshqa bir katta nizoni keltirib chiqarishi;

  • n izoning asta o‘chib so‘nishi va yo‘qolib borishi.

Ko‘rinib turibdiki, aslida nizoning еchimiga qarab turlarga bo‘linishi, uning mavjud bo‘lgan barcha xususiyatlarini o‘zida jamlamaydi. Chunki nizoning еchimga kelishida juda ko‘p nostandart holatlar mavjud bo‘ladi.
1) nizoning tupikka kirib qolishi;
2) zo‘ravonlik ko‘rsatish;
3) nizoning tinchlik bilan tugatilishi.
Boshqacha qilib aytganda, nizoning tupikka kirib qolishi – “biror muddatga uning еchimi to‘xtatilganligini”, zo‘ravonlik asosida hal bo‘lishi – tomonlarning bir-birini yo‘q qilishga urinishini, nizoning tinchlik bilan hal etilishi esa - uning konstruktiv, ya’ni aql bilan hal qilinishi imkoniyati ishga solinganligini anglatadi. Ammo har qanday vaziyatda ham konfliktning еchimi topilmaganligi uning umuman yo‘q bo‘lib borayotganligini emas, balki nizoning ochiq formadan “yashiringan” formaga o‘tib borayotganligini bildiradi. “Yashiringan” formadagi nizo esa nima oqibatlarga olib kelishi – tomonlarning qanday emotsional-psixologik xususiyatlarni o‘zida to‘plab borayotganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Xulosa
Hayot konfliktlarga to‘la. Insonning jamiyatdagi yashash tarzini turli ziddiyatlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Turli nizo va ziddiyatlar bilan umr davomida, har qanday yoshda, har qanday joyda, har qanday vaziyatda to‘qnash kelish mumkin. Konfliktlar uyda, maktabda, ko‘chada, o‘quvchilar orasida, ota-onalar va farzandlar, xodim va uning rahbariyati orasida, jamoa a’zolari o‘rtasida sodir bo‘lishi mumkin. Konfliktlar, odatda, ko‘p vaqt odamlar birga bo‘ladigan hollarda, ya’ni ular uzoq muddat bir-birlari bilan va ruhiy muloqotda bo‘ladigan hollarda, ular ma’lum muddat o‘zaro birga bo‘lishga majbur bo‘lgan paytlarida ko‘proq sodir bo‘ladi.
Hech bir inson o‘zini konfliktlardan doimiy muhofaza qilinganman deb hisoblay olmaydi. Chunki konfliktlar ba’zan qo‘qqisdan, hech kutilmagan holda vujudga kelishi hamda inson hayot tarzini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin. Konflikt har bir inson hayotining ajralmas qismi bo‘lib, hech bir inson konfliktlardan o‘zini “kafolatlanganman” deb ishonch bilan ayta olmaydi. Har birimiz bolalik davrlarimizdan konfliktli vaziyatlarga tushamiz va bu holatlardan chiqib ketish yo‘llarini, usullarini qidiramiz. Shu nuqtai nazardan qaraganda, konflikt ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Chunki u ko‘pchilik insonlarning kundalik turmush tarziga oid voqea va hodisalarni qamrab oladi hamda konflikt rivojidan har bir inson, yaqin qarindoshlar, mehnat jamoasi o‘rtasidagi tinch va totuvlikka asoslangan osuda hayot tarzi zarar ko‘rishi mumkin.
Insoniyat taraqqiyoti tarixi turli, ayni paytda, o‘ziga xos manfaatli munosabatlarga ega, shaklan mazmunan bir-birini takrorlamaydigan shaxs, guruh, qatlamlar hamda voqea-hodisalarga har xil yondashuvlarning namoyon bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Turfa madaniyat va yondashuvlar ijtimoiy hayotning rivojlanishining oqilona asoslari paydo bo‘lishiga, taraqqiyot qonuniyatining nazariy va amaliy mezonlari shakllanishiga xizmat qilishi bilan birga inson va jamiyat hayotida turli ijtimoiy xatarlar, tanazzullar, murosasizlikning, toqatsizlikning betakror shakllarining namoyon bo‘lishiga olib keladi. Shu bois konfliktlarning namoyon bo‘lish shakllari va turlarini o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda quyidagicha: konfliktlarning ob’ekti, maqsadi, oqibatlari hamda yo‘nalganligi, ularning namoyon bo‘lish sabab-oqibatlari, to‘satdan, kutulmaganda sodir bo‘lish vaqtiga, davomiyligi va keskinlik darajasiga, nizolar kelib chiqishi va uning ishtirokchilariga ko‘ra, ijtimoiy hayotning tashkil etilganlik darajasiga hamda vaziyatni sub’ektiv idrok etishni hisobga olgan holdagi va boshqa turlariga ajratish mumkin.
Konfliktlarning namoyon bo‘lish turiga ko‘ra ikkiga bo‘lish mumkin: agonistik (murosaga keladigan) va c (murosasiz).
O‘quv faoliyati sharoitlaridagi nizolar turli xildagi nizolar bo‘ladi. Pedagogika sohasi shaxsni maqsadga muvofiq shakllantirish barcha turlari to‘plamidan iborat bo‘ladi, uning mohiyati esa ijtimoiy tajribani o‘rgatish va o‘zlashtirish bo‘yicha faoliyati hisoblanadi. Shuning uchun aynan mana shu erda pedagog, o‘quvchi va ota-onalarning ko‘ngil hotirjamliklari uchun qulay ijtimoiy-psixologik sharoitlar yaratish zarur.


Yüklə 338,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin