MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………….2 I BOB. SAVOD O‘RGATISH DARSLARIDA KO‘RGAZMALI VOSITALARNI O‘RNI VA AHAMIYATI 1.1. Ko‘rgazmali vositalar va ularning maqsad va vazifalari…………….4
1.2. Ta'lim metodlari va vositalarining tavsifi……………………………12
1.3. Sharq mutafakkirlarining ta'lim metodlari haqidagi fikrlari………….20
II BOB. SAVOD O‘RGATISH DARSLARIDA KO‘RGAZMALI VOSITALARDAN FOYDALANISH METODIKASI 2.1. Ko‘rgazmali vositalarni turlari va undan foydalanishning samarali usullari…………………………………………………………………………….24
2.2. Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish afzalliklari…………………………………………………………27
2.3. Boshlang‘ich sinf darslarida multimediya vostalaridan foydalanishning ta’lim samadorligini oshirishdagi ro‘li……………………………………..……31
XULOSA………………………………………………………………..……….35 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………………37
KIRISH
Boshlang‘ich ta’limda savod o‘rgatishda savod o‘rgatish darslarida ko‘rgazmali vositalarni o‘rni va ahamiyati, darslarining asosiy maqsadi o‘quvchilar nutqini rivojlantirish, til va tafakkur qobiliyatlarini shakllantirishdan iborat. Inson faoliyatining tarixan shakllangan mazmuni gap shaklida umumlashtirgan holda, uni bayon etish va o‘zlashtirishda nutqning ham ishtirok etishi birinchi navbatda turadi. Shunday ekan boshlang‘ich sinfda talaffuz mashqlarini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish, o‘quvchilar og‘zaki nutqini rivojlantirish yoki unga to‘sqinlik qiluvchi kuchlarni aniqlash, ushbu jarayonda, aniq maqsadni ko‘zlagan holda pedagogik ta’sir ko‘rsatish asosiy mezon hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf o`quvchilari uchun talaffuz mashqlarini ishlab chiqishda, talaffuz mashg‘ulotlari o‘quvchilarga faqatgina sayqallangan, ravon nutqni egallash yo‘llarini emas, balki undan foydalanish madaniyati va mahoratini ham o‘rgatib boradi. O‘quvchi nutqini rivojlantirish murakkab jarayon bo‘lib, unda barcha imkoniyatlar to‘laligicha ishga solinsa, og‘zaki va yozma ravishda to‘g‘ri, jozibador, ravon ifodalashga o‘rgatish osonlashadi. Natijada esa o‘quvchi nutqini rivojlantirishga keng yo‘l ochiladi. Boshlang‘ich sinfda talaffuz mashqlarini ishlab chiqish jarayonida o‘quvchi nutqiga qo‘yiladigan bir qancha talablar mavjud.
Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bo'lib, ularning har biri o'z navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bo'linadi. O'quv-biluv faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayonining o'zi esa axborot uzatish, qabul qilish, anglash va o'quv axborotlarini esda saqlashni hamda olinadigan bilim va ko'nikmalarni amaliyotda qo'llay olishni nazarda tutishni hisob-ga olsak, birinchi guruh metodlariga so'z orqali axborotni uzatish va eshitish orqali qabul qilish metodlari og‘zaki metodlar; hikoya, ma'ruza, suhbat va boshqalar; ikkinchi guruh metodlariga o'quv axborotlarini ko'rgazmali uzatish va ko'rish orqali qabul qilish metodlari — ko'rgazmali metodlar: tasviriy, namoyish qilish va boshqalar; uchunchi guruh metodlariga o'quv axborotini amaliy mehnat harakatlari orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, laboratoriya tajribalari, mehnat harakatlari va boshqalar) kiradi.
Ta'lim metodlari va vositalarining tavsifi.
Sharq mutafakkirlarining ta'lim metodlari haqidagi fikrlari.
Turli yosh guruhlarida ta'lim metodlarini qo'llashning o'ziga
xos xususiyatlari. Ta'lim metodlarini faollashtirish yo'llari.
O'qituvchining pedagogik mahorati tajribasida ta'lim metodlari samaradorligini oshirish yo'llari.
Mavzuning maqsadi: Ta'lim oluvchilarni ta'lim metodlarining mazmun-mohiyati, ularning turlari va ularga turlicha yondashuvlar hamda ularni takomillashtirish yo'llari, shuningdek, ta'limning uskunaviy didaktik asoslari bilan tanishtirish. 1 Mavzuning vazifalari: Ta'lim metodlari va ularning turlari hamda ularni o'zlashtirishga bo'lgan turlicha yondashuvlarni bayon qilish.
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu
Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinoning o'qitish metodlari haqidagi
qarashlarini yoritish.
Ta'lim metodlarini joriy qilishda ta'lim oluvchilarning yosh
xususiyatlarini e'tiborga olish tamoyillarini bayon qilish.
Ta'lim metodlarini takomillashtirishga bo'lgan zamonaviy yondashuvlar haqidagi ma'lumotlar berish.