Mundarija kirish I bob. Savod o‘rgatish darslarida ko‘rgazmali vositalarni o‘rni va ahamiyati



Yüklə 99,62 Kb.
səhifə9/10
tarix28.11.2023
ölçüsü99,62 Kb.
#168563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Savod oʻrgatish darslarida koʻrgazmali vositalardan foydalanish kurs ishi

BOB BO‘YICHA XULOSA

Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinflarda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlashlarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lash hamda darsga qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O‘qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg‘or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi taʼlim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi. Aytish joizki, multimedia ilovalarini har bir darsda qo‘llash natijasida o‘quvchilarda mustaqil, ijodiy fikrlash yana-da rivojlanadi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, axborot kommunikativ vositalarining boshlang‘ich sinf darslarida qo‘llanilishi va darsning sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.




XULOSA
Xulosa qilib aytganda, innovatsion texnologiya bu ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib boorish fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda o‘quvchilarga yangi bilim berishdan iboratdir. Ta’lim oluvchilarni bilimli, intellektual salohiyatli qilib tarbiyalash va axborot bilan ishlash kompetensiyalarini shakllantirish uchun bugun biz pedagoglar doimo oldinga qarab intilishimiz, boshlang‘ich ta’limni rivojlantirish yo‘lida yaratilayotgan innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanishimiz va har tomonlama o‘z kasbimizga sadoqat bilan xizmat qilishimiz kerak.
Ta'limda hech bir metod sof holda qo‘llanilmaydi. har bir ta'lim metodi tarkiban o‘qitish metodlari va o‘qish metodlaridan iborat. O‘qitish va o‘qish metodlarining bir-biriga mosligi, o‘qitish va o‘qish faoliyatlarining o‘zaro muvofiqlashuvini ta'minlaydi. Bu o‘z navbatida didaktik ta'sirning o‘qitish va o‘qish faoliyatlari o‘zaro ta'sirining samarali amal qilishiga olib keladi.
O‘qitish metodlari va o‘qish metodlarining bir-biriga muvofiqlashuvi ta'limning ijtimoiy instinktning alohida turi-o‘qitish va o‘qish faoliyatlarining o‘zaro ta'siri shaklida amal qilishni ta'minlaydi. O‘qitish va o‘qish faoliyatlari o‘zaro ta'sir mohiyatidan kelib chiqib, ta'lim metodlarini ikki guruhga ajratamiz; o‘zaro ta'sirni tashkil etish va boshqarish metodlari, o‘zaro ta'sir natijasini nazorat etish metodlari.
Dars mavzusiga oid multimediya, animatsiya, grafika, diafilm va videofilmlardan foydalanish dars jarayonini yana-da qiziqarli bo‘lishiga ko‘mak beradi, buning uchun esa o‘qituvchi o‘z ustida ishlashi va har bir darsga «men bugungi dars jarayoniga qanday yangilik bilan kirib, darsni qiziqarli tashkil olaman» deya o‘ziga savol berishi yaʼni, anʼanaviy taʼlimdan qochib, noanʼanaviy taʼlim berishga intilishi lozim. Maʼlumki, taʼlim bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorligidagi faoliyat turi bo‘lib, dars orqali o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib olishi natijasida undan foydalanish kompetensiyalariga ega bo‘ladi. Yangi bilimlarni o‘rganish jarayonida esa o‘quvchilar o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanishlari tabiiy hol masalan, maʼlumotlarni qabul qilish, ularni qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etish kabi jarayonlarda amalga oshadi. Hozirgi kunda umumtaʼlim maktablarida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini takomillashtirish, taʼlim jarayonidazamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri ekanligi yetuk pedagog olimlar tomonidan eʼtirof etilganligi xech kimga sir emas.



Yüklə 99,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin