Mundarija: kirish I bob. Savod o‘rgatish metodikasi


I BOB. SAVOD O‘RGATISH METODIKASI



Yüklə 119,74 Kb.
səhifə2/3
tarix10.04.2023
ölçüsü119,74 Kb.
#95723
1   2   3
savod o\'rgatish tayyorlov davrida o\'yinlardan foydalanish

I BOB. SAVOD O‘RGATISH METODIKASI.
1.1 Savod o‘rgatish davrida sinfdan tashqari o‘qish darslari mazmuni.
Maktab o‘quvchini o‘qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o‘qiy oladigan, uni tushunadigan, ma’lum bir mavzuga oid kitoblami tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o‘qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari o‘qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko‘p narsani bilishga havasni orttiradi.
Sinfdan tashqari o‘qishning maqsadi – o‘qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlab oladigan muntazam kitob o‘qiydigan, o‘qilgan kitobni to‘g‘ri baholay oladigan, ongli kitobxonni tarbiyalash. Maktablarda 1959-yildan boshlab maxsus Sinsdan tashqari o‘qish darslari tashkil etilgan.
Sinfdan tashqari o‘qish 1-2- sinfda haftada 1 marta, 3-4-sinfda 2 haftada 1 marta o‘tkaziladi. Savod o‘rgatish jarayonida haftadagi oxirgi alifbe darsining 17-20 daqiqasi ajratiladi.
Birinchi sinf o‘quvchilari o‘quv yili davomida Vatanimiz haqidagi, kishilarining fidokorona mehnati, bolalarning baxli hayoti, shuningdek, o‘simlik va hayvonlar haqidagi she’r, ertak, hikoya va topishmoqlar, turli sarguzasht va afsonaviy asarlar bilan tanishtirib boriladi. Bunga erishish uchun o‘quv rejasida ona tili uchun berilgan 8 soatning 4 soati o‘qish, 4 soati yozuv bo‘lib, to‘rtinchi o‘qish darsining 15-20 minutida sinfdan tashqari o‘qish mashg‘uloti o‘tkaziladi.
Sinfdan tashqari o‘qish darslarining muhim vazifalari:
Sinfdan tashqari o‘qishning yillik taqvim rejasini tuzish. Bunda N.N.Svetlovskaya ishlab chiqqan sinfdan tashqari o‘qish bosqichlariga rioya qilish, sinfdan tashqari o‘qishga rahbarlikning yordamchi shakllariga:
1.Kitobni targ‘ib qilish. Sinfdan tashqari o‘qishga tavsiya qilinadigan asarlar ro‘yxati sinfga yoki maktabning maxsus joyiga osib qo‘yiladi, ular vaqti-vaqti bilan yangilanib turiladi, ko‘rgazmalar tashkil qilinadi. O‘qituvchi maxsus suhbatlar uyushtiradi.
2.Yakka tartibdagi yordam va kundalik tekshiruv. O‘quvchi o‘qigan kitoblari yuzasidan suhbat uyushtiriladi, o‘qigan kitoblar hisobga olinadi. Shaxsiy fikrlar aniqlanadi, uy kutubxonalari bilan tanishiladi, ota-onalari bilan suhbatlashiladi.
3.Sinfdan tashqari o‘qish yuzasidan ommaviy ishlar: adabiy ertaklar, viktorinalar, yozuvchilar bilan uchrashuvlar, adabiy ekskursiyalar ular uchun maxsus tayyorlaniladi.
4.Kutubxonaga yozilish. 1-sinf o‘quvchilari o‘qituvchining ruxsati bilan, tavsiyasi bilan kutubxonaga a’zo bo‘ladi.
5.O‘quvchilarning o‘qiganlarini hisobga olishda ularning kitobxonlik kundaligidan foydalanish.
1-sinf o‘quvchilari 2-yarim yillikdan boshlab kitobxonlik kundaligiga yozuvchining ismi, familiyasi va kitob nomini yozadi. 2-sinfda esa unga nashr etilgan joyi va yilini qo‘shib yozadilar. 3-sinfda o‘qigan kitobiga taqriz yozadi, o‘z mulohazalarini yozadi.
Sinfdan tashqari o‘qish darslari o‘quvchilarda mustaqil kitob tanlash va o‘qish malakalarini shakllantiradi. Mustaqil o‘qish malakasini shakllantirish 3-bosqichga bo‘linadi:
1.Tayyorlov bosqichi. Bu 1-sinfning savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri keladi. Unga darsning bir qismi—17-20 daqiqasi ajratilgani uchun sinfdan tashqari o‘qish ma’lumoti deb yuritiladi. Uning o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, o‘qituvchi asarni o‘zi tanlaydi, asarning kichik hajmda bo‘lishiga va boshqa kitob tanlash tamoyillariga e’tibor beradi. Asarni o‘zi o‘qib beradi. O‘quvchilar asarni eshitishga, eshitganlarini idrok etishga, ularga soddagina baho berishga, asar mazmuni bilan sarlavhasining mosligini aniqlashga o‘rgatiladi, asar mazmunini hikoyalab berishga o‘rgatiladi. O‘qish gigiyenasi, kitobga qanday munosabatda bo‘lish bilan tanishadilar.
2.Boshlang‘ich bosqich. 1-sinfning 2-yarim yilligiga to‘g‘ri keladi. 1-va 2-bosqichdagi sinfdan tashqari o‘qish haftada 1 marta o‘tkaziladi.
“Boshlang‘ich bosqich”da 45 daqiqalik dars ajratiladi. Tanlangan mavzu yaxshi o‘qiydigan o‘quvchiga maxsus tayyorgarlikdan so‘ng o‘qitiladi. Asarning oson o‘qiladigan o‘rinlarini bo‘sh o‘qiydigan o‘quvchilarga o‘qitish mumkin. Bu ularda o‘qishga qiziqish uyg‘otadi. Asar o‘qilgach o‘quvchilar asar nomi, muallifi bilan tanishadilar, rasmlarini tomosha qiladilar, kitobxonlik daftarlariga u haqida qisqa va soddagina qilib muallif, asar nomini yozadilar. Asar elementar tarzda tahlil qilinadi.
3. Asosiy bosqich. 2-4-sinfga to‘g‘ri keladi. Bu davrda o‘quvchilar uydagi o‘qish malakalarni mustahkamlanadi. Bu bosqichda o‘quvchilarning sinfdan tashqari o‘qiganlariga baho qo‘yiladi. Baho qo‘yishda dastur talablariga asoslaniladi: Sinfning umumiy ishlariga qatnashishi, o‘qigan kitoblarining sifat o‘zlashtirishi me’yoriga, o‘qigan kitobiga munosabat bildira olishiga e’tibor beriladi. Bunda o‘quvchilar muayyan mavzuga doir bir necha asarlarni o‘qib keladilar, ularning ayrim o‘rinlarini ifodali o‘qib beradilar, o‘qigan asarlarini o‘zaro taqqoslaydilar.
Sinfdan tashqari o‘qish darslarini xususiyatlari. Sinfdan tashqari o‘qish bosqichlari, dastur talablari, tarbiyaviy vazifalari, o‘quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi. Masalan, tayyorlov bosqichida kichik hajmdagi asarni o‘qituvchi o‘qib bersa, o‘qilganlari yuzasidan suhbat, qayta hikoyalash o‘tkazilsa, boshlang‘ich bosqichda butun sinf o‘quvchilari bir xil kitob bilan ta’minlanadi, barcha o‘quvchilar bitta matn ustida ishlaydilar. Bunda bitta yozuvchi yoki bir mavzudagi asarlar ko‘rgazmasi tahlil qilinadi. Asar ichda o‘qishga topshirilishi ham mumkin, albomlar tayyorlanadi, kinofilmlar, diafilmlardan parchalar ko‘rsatiladi, musiqiy daqiqalar o‘tkaziladi, asar mazmuni yuzasidan ijodiy rasmlar chizdiriladi. Kitobni saqlash maqsadida kitobni yamash, o‘rash o‘rgatiladi, “Ertaklar bayramlari”, “Ifodali o‘qish” tanlovi o‘tkaziladi.
Asar tahliliga doir ishlar kengaytiriladi, o‘quvchilar o‘qiganlarini taqqoslashga umumlashtirishga, xulosalashga o‘rgatiladi. Qahramonlarni elementar tavsiflaydi.
Rollarga bo‘lib o‘qishdan foydalaniladi. Asosiy bosqichda sinfdan tashqari o‘qish darslari 2-sinfda haftada 1 marta, 3-4-sinflarda 2 haftada 1 marta o‘tkaziladi. O‘quvchilar mustaqil o‘qishga o‘rgatiladi, ular “Bilimdon”, “Gulxan” jurnallari bilan, “Tong yulduzi” gazetasi bilan tanishtiriladi, ya’ni bolalar matbuoti bilan tanishtiriladi. Bu bosqichda o‘zbek, qardosh, chet el adabiyoti yozuvchilarining turli janrdagi, turli mavzudagi asarlaridan foydalaniladi, sahnalashtirish ishlaridan foydalaniladi. Bir darsga o‘quvchilar bir nechta asarlar o‘qib kelib, ular haqida o‘z fikrlarini aytib beradilar. Qahramonlarni tasvirlab rasm chizadilar. Yozuvchilar hayoti va ijodiga doir kechalar uyushtiriladi. Shu tarzda adabiyotni sevadigan, mustaqil fikr yurita oladigan kitobxon shaxsi shakllantiriladi.
Sinfdan tashqari o‘qish uchun kitob tanlashda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi:
1.O‘zbek va chet el bolalar adabiyoti yozuvchilari asarlarini
2.Kitob tanlashda o‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalashga xizmat qilishni ko‘zda tutish.
3.Asar janri va mavzusining hilma—xilligiga e’tibor berish.
4.O‘quvchilarning yoshi va saviyasiga muvofiqligini hisobga olish.
5.O‘quvchilarning shaxsiy qiziqishini mustaqil o‘qishda hisobga olish.
Mavsumiy tamoyilga amal qilish.
Sinfda o‘qish - hayotga tayyorlash, sinfdan tashqari o‘qish- hayotning o‘zidir.
Sinfdan tashqari o‘qishga rahbarlikning asosiy shakli maxsus sinfdan tashqari o‘qish darslaridir, u erkin dars hisoblanadi. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘quvchilarning kitobxonlik qiziqishlari, bilim doirasi, estetik taassurot, badiiy obrazlarni idrok etishi, ijodi rivojlanadi, faol kitobxonga xos ko‘nikma va malakalar rivojlanadi.
- har bir darsni kirish suhbati bilan boshlash;
- har bir darsda o‘quvchilar o‘qigan kitoblar asarlarni hisobga olish;
- har bir darsda o‘qish uchun yangi asarlar tavsiya qilish;
- har bir darsda o‘qilgan asar yuzasidan suhbat metodida tahlil ishlarini amalga oshirish;
- o‘qilgan asarlar yuzasidan ko‘rgazmalar tayyorlash, asarga taqriz yozish, asar muallifi haqida ma’lumotlar to‘plash, albomlar
tayyorlash, kitobxonlik kundaligini yuritish;
- har bir darsda tahlil qilingan asarlar yuzasidan umumlashtiruvchi, yakunlovchi suhbat uyushtirish.
- asar o‘qish asar tanlashda o‘quvchida mustaqillikni tarbiyalash, buning uchun mustaqil bajarish uchun topshiriqlar berish;
- qiziqarli mashq turlaridan foydalanish, eng yaxshi insholarni, taqrizlarni, yozuvchi haqida to‘plangan ma’lumotlarni o‘qitishga “Tez aytish, “Topishmoqlar topish”, “Ifodali o‘qish”, “Maqollar aytish musobaqasi”, “Ertak to‘qish”, “Bilimdonlar anjumani”, konkurslar tashkil qilish, muayyan mavzular bo‘yicha savol - javoblar uyushtirish, o‘yin tarzidagi ish turlaridan foydalanish zarur.

2. Sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil etish metodikasi.


Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘uloti quyidagi tartibda olib boriladi.
1. O‘quvchilarga o‘qib beriladigan asarni diqqat bilan tinglash va eng muhim o‘rinlarini eslab qolish kerakligini aytish.
2. Tanlangan asarni o‘qituvchining ifodali (ayrim o‘rinlarini takrorlab) o‘qib berishi.
3.O‘quvchilarning tinglagan asarlari yuzasidan birgalikda mulohaza yuritishlari, ayrim voqea va hodisalarni eslashlari.
4.O‘quvchilarning kitobni ko‘rib, undan o‘qituvchi o‘qib bergan asarni topishlari.
5.O‘quvchilarga darsdan keyin sinf kutubxonasi yoki uylardagi kitoblar bilan ishlashga doir tafsiyalar berish.
O‘quv yili davomidagi sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarining hammasi shu tartibda olib boriladi. Darsning boshlanish qismida esa hafta davomida o‘tilgan darslarning o‘quvchilar tomonidan bo‘sh o‘zlashtirilgan o‘rinlarini mustahkamlashga e’tibor beriladi.
Sinfdan tashqari o‘qishning birinchi soatida o‘quvchilarga shunday darslarning bir yilgi maqsad va vazifalari aytiladi.
Birinchi sinfdagi sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarning mazmuni va metodikasi boshqa sinflardagi sinfdan tashqari o‘qishdan farq qiladi. Bunda quyidagilarga etibor beriladi:

  1. O‘quvchilar har bir darsda faqat birgina kichik hajmli kitob bilan tanishtiriladi. O‘quvchilar o‘qituvchining kitobiga ishlangan rasmlarni ko‘rsatishi va asarni o‘qib berishi asosida shu kitob haqida mulohaza yuritiladi. Shunga ko‘ra, olti yoshlarga ko‘rsatiladigan va o‘qib beriladigan kitoblar rangdor bezakli , undagi rasmlar asar mazmuniga moslab ishlangan bo‘lishi kerak.

2. Mashg‘ulotda o‘qib beriladigan kitob oldindan tanlab qo‘yilishi lozim. Kitob ustida ishlab bo‘lingach u sinf kutubxonasiga qo‘yiladi. O‘quvchilarga bo‘sh vaqtlarida uni varaqlab kuzatishlari aytiladi.
3. Qiziqarli ertak, masal va she’riy asarlar o‘quvchilarda o‘qishga qiziqish uyg‘otadi.
4. Sinfdan tashqari o‘qish jarayonida nutq o‘stirish ishlariga alohida e’tibor beriladi. O‘quvchilardan savollarga to‘g‘ri, tushinib va so‘zlarni o‘rinli ishlatib javob qaytarishlari talab qilinadi.
5. Bolalarda kitob bilan tanishtirishda quyidagilarga rioya qilish maqsadga muofiqdir:
- Tanlangan asarni normal tezlikda - oddiy gaplashuv tezligida o‘qish. Asarning ayrim o‘rinlarini yoddan aytish. O‘qish jarayonida u yoq- bu yoqqa yurmay , bir joyda turish.
- O‘qituvchi kitobni o‘qiyotganida uning muqovasi va ichiga ishlangan rasmlarni ko‘rsatmasligi kerak. Chunki o‘quvchilar diqqati bo‘linadi.
- Kitob va undagi rasmlarni o‘quvchilarning aniq mukammal, sinchiklab ko‘rishga sharoit yaratish, o‘qiy oladigan ayrim o‘quvchilarga ba’zi gap, so‘z va bug‘inlarni o‘qitish ham maqsadga muofiqdir.Tanishtirilayotgan kitob yoki o‘qilayotgan asar yuzasidan berilgan savolga javob qaytarayotgan o‘quvchi doska oldiga chiqib o‘z fikrlarini asoslash uchun kitob yoki undagi rasmlarni ko‘rsatishi mumkin.
Mashg‘ulot davomida kitobni ko‘rsatish va tanishtirish quyidagicha tashkil etiladi:

  1. kitob muqovasining birinchi va oxirgi betlaridagi bezaklar bilan tanishish;

  2. kitob muqovasidagi birinchi va oxirgi betlaridagi yozuvlarni o‘qish;

  3. muqovadagi yozuv va uning bezaklarini mazmuniga ko‘ra taqqoslash;

  1. kitobni har bir betidagi rasmlar va sarlovhalarni birma- bir ko‘zdan kechirish;

  1. asarga ishlangan rasmlarni sinchiklab kuzatish;

Sinfdan tashqari o‘qish samaradorligini oshirishda tanlanadigan kitob va asarlar g‘oyasiga e’tibor berish, o‘qish texnikasi hamda qayta hikoyalash jarayonida o‘qituvchining shaxsiy namunasi muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun o‘qituvchi tayyorgarlik paytida o‘qib beriladigan asarni bir necha marta takror o‘qib chiqishi, ayrim o‘rinlarini yod olishi va mashg‘ulotning aniq planini ishlab chiqishi zarur.
Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotining boshlanish qismida o‘quvchilar diqqatini to‘plash maqsadida shunday murojaat qilinadi:
- Bolalar , bugun ajoyib bir kitobcha olib keldim. Bunda (o‘qituvchi kitobni ko‘rsatadi ) juda qiziq ertaklar bor. Mana shu ertaklardan o‘qib beraman. Mazmunini yaxshilab tushunish uchun e’tibor berib eshitib o‘tirasiz. Eshiting…
O‘qituvchi ertakni shoshilmay , muhim o‘rinlarini takrorlab va ovozini ertak qahramonlari xarakteriga moslab o‘qiydi. Ertak o‘qiganidan keyin uning mazmunini ochish va o‘quvchilar tushunchasini kengaytirish maqsadida savol - javob o‘tkaziladi.
Ertak mazmuni yuzasidan quyidagicha soda savollar berish mumkin:
- Ertak sizga yoqdimi? Bu ertak nima haqida ekan? Shu ertakni kim eshitgan edi? Qayerda va kimdan eshitgan edi? Ertak qanday so‘zlar bilan boshlangan? Bu ertakni boshqacharoq qilib qanday nomlash mumkin?...
Dastlabki paytlarda o‘quvchilar javob qaytarishda qiynaladilar. Ular qisqa yoki bir so‘z bilan javob qaytarishlari mumkin. Bunday holatda o‘qituvchining o‘zi yordam berishi lozim.
Savol-javoblardan keyin kitob birgalikda ko‘rib chiqiladi. Kitob bilan dastlabki tanishtirishda uni o‘qituvchi hamma o‘quvchilarga ko‘rinadigan qilib, ko‘krak balandligida ushlaydi. Dastlab o‘quvchilarning diqqati kitobning muqovasiga jalb qilinadi. - Muqovadagi rasmlar va undagi yozuv (kitob nomi va avtori) ko‘rsatilib, qisqacha tushuncha beriladi. Agar o‘quvchilar shu avtorning biror kitobi bilan oldindan tanish bo‘lsalar, uni eslaydilar.
Muqovadagi rasmda nimalar tasvirlangan bo‘lsa , u haqidagi tasavvur-tushunchalarini aytadilar, kitob nomini o‘qishga harakat qiladilar. Bu vaqtda hamma harflar o‘rganilmagan, lekin maktabgacha tayyorgarligi yaxshi bo‘lgan ayrim o‘quvchilar uni o‘qishlari ham mumkin .
O‘qituvchi kitobni asta –sekin varaqlab , har bir betdagi rasmlarga alohida to‘xtab izoh beradi. Ko‘rilayotgan rasm qaysi ertak yoki hikoyaga mos ekanligi yuzasidan o‘quvchilar fikri eshitilib, to‘ldiriladi. O‘quvchilar shu rasmlar asosida ertak mazmunini tasavvur qila boshlaydilar. Katta – katta harflar bilan yozilgan sarlovhalar o‘quvchilarga o‘qitilishi ham mumkin. Kuzatilayotgan rasmlar asosida shu kitobda nechta va qanday ertaklar borligi yuzasidan ham fikr yuritiladi. Albatta, kitob bilan tanishtirish ishlari birdaniga ko‘zlangan natijani bermasligi mumkin. Lekin o‘quvchilar asta – sekin bu ishga o‘rganib va ko‘nikib boradilar. Eshitgan ertak va hikoyalarini uyda aka-ukalariga, buvilariga gapirib berish topshirig‘i berilib, dars yakunlanadi.
Boshlang‘ich maktablarda tashkil etiladigan darsdan va sinfdan tashkari mashg‘ulotlarga e’tiborni kuchaytirish bilan ham ta’lim va tarbiya jarayonining uzluksizligiga salmoqli hissa qo‘shib boriladi. Darsdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning vazifasi faqat bolalarni band qilish emas, balki ancha murakkab, ya’ni ularning darslarda olgan bilimlarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizga nisbatan qiziqishini uyg‘otish, qolaversa, ularning hayotini zavq va shavqqa to‘ldirishdir. Huddi dars jarayonida bo‘lgani kabi tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda sinf rahbarining vazifasi mas'uliyatli va ahamiyatlidir. Bu mas'uliyat ulardan doimiy ravishta o‘z ustida ishlashni, ijodiy mehnatni talab qiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining faoliyatlarini tashkil qilishga yo‘naltirilgan sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarning asosiy xususiyati, o‘quvchi kundalik hayotining namoyon bo‘lishidir. O‘quvchi kundalik ishlarining davomi sifatida sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda bevosita ishtirok etadi, turli mazmundagi suhbatlar, savol-javoblarda qatnashadi, kechalarni tashkil qilishda ishtirok etadi, rollarni bajaradi, tinglaydi, qolaversa bular orqali ma’naviy dunyosi boyib boradi. Ayniqsa, ular bugungi kunda o‘quvchilarning milliy merosimizga nisbatan qiziqishlarini o‘stirish maqsadida tashkil qilinadi. Har qanday sinfdan tashqari mashg‘ulot oldiga turli tarbiyaviy vazifalarni qo‘yadi. Ularning har biri o‘zga xos belgilarni, bir-biridan farq qiluvchi shakllarni, vositalarni, ijodiy, mehnatni talab qiladi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘qituvchilarning yillik ish rejalarida aniq ko‘rsatilgan, maqsad va vazifalari belgilangan bo‘lishi lozim. Boshlang‘ich sinflarda tashkil etiladigan tarbiyaviy tadbirlar o‘quvchilar hayoti bilan ya’ni ularning maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan kunlari bilan boshlanadi. Mustaqillik bayrami, 1-sentyabr, Kuz bayrami, Konstitusiya kuni, Alifbo bayramlari, Yangi yil, Harbiylar kuni, Mashhur allomalarning tug‘ilgan kunlari, 8-mart, Navro‘z bayrami, gullar bayrami kabilar.
Mana shunday tadbirlar bevosita o‘quvchilarda Vatanga e’tiqodni tarbiyalash ishlari bilan bog‘liq holda olib boriladi. Bu tadbirlarga material tanlashda eng qimmatli manba bo‘lib milliy qadriyatlar namunalari hisoblanadi.
O‘qituvchi tarbiyaviy tadbirlarni uyushtirishda kuyidagi pedagogik talablarga amal qilish lozim:
- tarbiyaviy tadbir o‘quvchining yoshi, ruhxiy holatiga mos bo‘lishi lozim;
- har bir tarbiyaviy tadbir darsda olgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qilishi kerak;
- tarbiyaviy tadbir aniq maqsad va reja asosida uyushtirilishi kerak;
- tadbir orqali boshlangich sinf o‘quvchilarida jamoatchilik, uyushqoqlik, o‘zaro yordam kabi ahloqiy sifatlar tarbiyalanib borishi darkor.
Boshlangich sinflarda sinfdan tashqari tadbirlar quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Tadbirni rejalashtirish;
2. Tadbir yuzasidan o‘quvchilarga tushuncha berish;
3. Tadbirni tashkil qilish jarayonida sinf o‘quvchilarining barchalarini ishtirok etishini ta’minlash;
4. O‘quvchilarning imkoniyatlari darajasidan kelib chiqqan holda ishqlarni taqsimlash;
5. Tadbirni amalga oshirish;
6. Tadbir natijalarini tahlil qilish va baholash.
Bosqichlarning har biri o‘qituvchi tomonidan oldindan chuqur o‘rgaqnilgan bo‘lishi lozim.
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish uchun yordam beradigan quyidagi metodik tavsiyalarni bayon etishni lozim topdik:
1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining sinfdan tashqari tadbirlariga rahbarlik qilishda, avvalo o‘tkazilayotgan tadbirning ahamiyatiga, ijtimoiy xarakteriga e’tibor berish kerak;
2. Yaxshi ishtirok etgan o‘quvchilarni, sinfni maktab jamoasi oldida moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish;
3. Darsdan tashkari tadbirlar orqali o‘quvchi shaxsidagi axloqiy sifatlarni rivojlantirish yo‘llarini izlash;
4. Sinfdan tashkari mashg‘ulotlarga rahbarlik kilishda milliy qadriyatlar ta’siri vositasida ba’zi o‘quvchilarda mavjud salbiy xususiyatlarni bartaraf qilib borish;
5. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bunday tadbirlarda zo‘r ishtiyok bilan qat-nashadilar. Ba’zan hamma o‘quvchilar ham birdek talabga javob bera olmay-dilar, shu sababdan ularning ishtirokiga asta-sekinlik bilan erishish.
Mazkur ishlarni amalga oshirishda har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi eng avvalo, tashkil qilinadigan tarbiyaviy tadbirlarning mazmunini chukur o‘rganishi, uning natijalariga jiddiy e’tibor berishi va bu bilan o‘quvchi shaxsiga ijobiy ta’sir etishga intilmog‘i, Vatanga e’tiqod, milliy g‘urur, Vatan ravnaqi uchun xizmat qilish, qolaversa, ona tabiatni asrash kabi sifatlarni yanada rivojlantirish yo‘llarini izlamog‘i lozim.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyaviy faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning darsda olgan bilimlarini amalda isbotlash maqsadida turli ertaliklarni, kechalarni, bellashuvlarni o‘tkazish maqsadga muvofiq.
Buning uchun, avvalo o‘tkazilayotgan tadbir haqida bolalarda tushuncha
hosil qilish, Vatan haqidagi she’rlarni yod oldirish, o‘quvchilarning o‘zlari chizgan suratlar namoyishini tashkil qilish, ko‘rinishlarni tayyorlash bilan ertaliklarga tayyorgarlik quriladi.
Milliy bayramlarimizni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan birgalikda nishonlash, avvalo o‘quvchilarda Ona Vatanga, tabiat va jonzotlarga nisbatan mehr-muhabbat, g‘urur va iftixor hissini tarbiyalaydi. Bu kabi tarbiyaviy ishlarning natijasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lug‘at boyligi oshadi, dunyoqarashi kengayadi, asosiysi darsda olgan bilimlarini mustahkamlanadi, xotirasida uzoq vaqt saqlab qoladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, o‘quvchilar birdamlikka, jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar.
Xuddi shunday ijobiy sifatlarni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tarbiyalab borishda ertaliklarning o‘z o‘rni bor.
Ertaliklar bolalar uchun juda qiziqarli, tarbiyaviy jihatdan ahamiyatga ega bo‘lgan tarbiya vositalaridan biridir. Ertaliklarda deyarli barcha sinf o‘quvchilari ishtirok etadilar. Ularga tayyogarlik ko‘rishning o‘ziyoq bolalarda qiziqishni uyg‘otadi. Bolalar ertalik munosabati bilan she’r, qo‘shiqlar yodlashi, raqs tushishi va albatta milliy qadriyatlarimiz namunalari bilan tanishishi har tomonlama foydalidir.
Biz kuzatishlar olib borayotgan maktablarning aksariyat qismida ertaliklarni o‘tkazishga kam e’tibor beriladi, ba’zi sinflarda umuman o‘tkazilmasligi ayon bo‘ldi.
Ertaliklar quyidagi tartibda o‘tkazilsa, yaxshi natija beradi.
- ertalikning mavzusini tanlash va mavzu yuzasidan materiallar to‘plash;
- ertalikning dasturini rejalashtirish;
- ertalikka mehmonlar taklif etishni rejalashtirish;
- ertalik o‘tkaziladigan joyni aniqlash va bezash;
- ertalikni muvaffaqiyatli o‘tkazish va qatnashchilarni rag‘batlantirish.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan “Navro‘z bayrami”, “Mehrjon bayrami”, “Gullar bayrami ertaligi”, “Alifbo ertaliklari”, “Oltin kuz” va boshqa ertaliklarni uyushtirish mumkin.
Shuningdek, Navro‘z bayrami xalqimizning eng qadimiy qadriyatlaridan biridir. Uni necha ming asrlardan buyon ajdodlarimiz nishonlab kelishadi. Navro‘z kelishi bilan tabiat uyg‘ona boshlaydi. Bu kun tabiatning o‘zidan kelib chiqqan holda, kun va tun tenglashuvi, kunlarning uzayishi, dalalarda ishlarning avj olishi bilan, tabiatning uyg‘onishi va yashillanishi bilan boshlanadigan xalq bayramidir. Shu munosabat bilan yurtimizning barcha shahar va qishloqlarida, korxona-yu, tashkilotlarida, maktab-u bog‘chalarida “Navro‘z” bayramiga bag‘ishlangan sayillar, tadbirlar, namoyishlar, bellashuv va ko‘rik-tanlovlar o‘tkaziladi.
Boshlang‘ich sinflarda bu ishlarning davomi sifatida “Navro‘z bayrami” ertaligini tashkil qilish mumkin. Bu borada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari “Navro‘z”, “Bahor” haqidagi she’rlarni ifodali o‘qib berib, o‘quvchilarni bahor kelganidan ogoh etishi va bu tadbirga ularni jalb etishlari mumkin. Ertalikda barcha o‘quvchilarni ishtirok etishini ta’minlash lozim. Shuningdek, musiqa o‘qituvchisi yordamida bolalarga “Navro‘z”, “Bahor”, “Vatan”, “Tabiat” haqidagi alohida va guruh ishtirokida aytiladigan ashulalar o‘rgatiladi. Mana shu tantanaga tayyorgarlik ko‘rishning o‘ziyoq bolalarga benihoya zavq-shavq bag‘ishlaydi. O‘qituvchining bayramga atab devoriy gazeta chiqarishi, unda bahor, tabiatning tasvirlanishi ham bolalarda ko‘tarinki kayfiyatni hosil qiladi. Biz yuqorida aytganimizdek, ertalik munosabati bilan bolalarning she’r yodlashi, qo‘shiq va raqslarni, bahor, tabiat, hayvonlar to‘g‘risidagi topishmoq, tez aytishni o‘rganishlari ertalikni qiziqarli, ta’sirchan o‘tishiga katta yordam beradi. Ertalik mazmunini boyitadigan obrazlar: Navro‘zoy, Dehqonbobo, Gullar, Bahoroy, Quyosh bobo. Hayvonlardan: Ayiqpolvon, Quyoncha, Olmaxon. Qushlarning ishtiroki bayramga yanada ko‘rk bag‘ishlab bolalarning qiziqishini yanada oshiradi.
Ertalikka ota-onalar va boshqa mehmonlar taklif qilinadi. Bu ertalik, ya’ni, “Navro‘z” bayrami ertaligi orqali o‘quvchilar yurtimiz tabiati, undagi bahor munosabati bilan bo‘ladigan tabiat hodisalari, kattalar mehnati haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar. Qolaversa, bu ertalik orqali bolalar ona-tabiatni asrashga, jonivorlarga ozor bermaslikka, tevarak-atrofni ifloslantirmaslikka, daraxt va ko‘chatlarni ko‘paytirish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shishda qatnashadilar. Shu bilan birga o‘quvchilar bu ertalik orqali, “Navro‘z” bayrami xalqimizning e’zozlab keladigan qadriyatlaridan biri ekanligini anglab etadilar.


  1. Savod o‘rgatish davri sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘quvchilar savodxonligini oshirishda qo‘llaniladigan didaktik o‘yinlardan foydalanish.

Zamonaviy ta’lim sharoitida yangi pedagogik va axborot texnologiya ishlarini qo‘llash dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‘llashda didaktik ta’limotni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
Didaktik vosita nima? Bu savolga javob berish uchun biz avvalo “vosita” so‘zining ma’nosini esga olaylik. Yuqorida aytib o‘tganimizdek biror bir ishni sifatli va samarali amalga oshirishimiz uchun biz albatta tegishli vositalardan foydalanamiz. Masalan, tuproqqa ishlov berishda, uni yumshatish vositalari, bular tuvakdagi gul uchun kichik yumshatgich belkurakchalar bo‘lsa, bog‘dagi tuproqqa ishlov berishda ketmon va belkuraklardan, bir necha gektarlik ekinzor dalalarga esa traktorlardan foydalanamiz. Endi tasavvur qiling, agar vosita bo‘lmasa ushbu ishlarni amalga oshirish qanchalik qiyin bo‘lardi, hatto ba’zilarini amalga oshirish imkoni ham bo‘lmasdi. Xuddi shu kabi mahsulot tayyorlashda dastgohlardan, yuk tashishda transportlardan, ommaga axborot yetkazishda ommaviy axborot vositalaridan foydalanamiz. Xuddi shuningdek ta’lim berishda esa didaktik vositalardan foydalanamiz. Pedagogika kursidan bizga ma’lum bo‘lgan didaktika, ya’ni grekcha “didaktos” so‘zidan olingan bo‘lib, “ta’lim bermoq” yoki “ta’lim nazariyasi” degan ma’noni anglatishini esga olishning o‘zi kifoya. Didaktik vositalar - bizga tanish, hayotimizda uchraydigan, hatto biz foydalanib yurgan vositalar bo‘lishi mumkin. Ya’ni ularning hammasi ham aynan ta’lim berish uchun ishlab chiqarilgan vosita bo‘lishi shart emas. Shu jihatdan olganda didaktik vositalardan foydalanishni o‘rganish osonroq. Faqat qo‘llanilayotgan vositaning didaktik imkoniyatlarini aniqlab olish zarur. Masalan: televideniyeni olsak, u turmushimizda dam olish uchun qo‘llaniladigan maishiy texnik vosita bo‘lsa, aholi orasida targ‘ibot ishlarini olib borishda ommaviy axborot vositasi hisoblanadi. Lekin undan ta’limda ham keng foydalanyapmiz. Masalan, masofadan turib o‘qitishda u didaktik vosita sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Didaktik vositalar o‘quv jarayonida muhim o‘rin tutadi. Chunki ular o‘quv jarayonining asosiy tashkil etuvchi vositalaridan biri hisoblanadi. Didaktik vositalar o‘quv jarayonida o‘qituvchilarning eng yaqin yordamchisi hisoblanadi. Didaktik vositalardan o‘quv jarayonida quyidagilardan foydalaniladi:
- nazariy mashg‘ulotlarda talabalarga yangi bilimlarni berish uchun mavzuga doir o‘quv materiallarini tushuntirish, namoyish qilish, tahlil qilishda;
- amaliy mashg‘ulotlarda talabalarga tanlagan kasblariga oid vazifalarni bajarishga doir malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun bajariladigan ishni namuna sifatida amalga oshirish, mashq qilishda;
- nazorat mashg‘ulotlarida talabalarning bilimlarini baholash uchun turli testlar va dasturlardan foydalanishda.
Bundan tashqari auditoriyadan tashqari ishlarni olib borishda va turli tadbirlarni o‘tkazishda ham didaktik vositalarsiz ko‘zlangan maqsadga erisha olmaymiz.
Endi bir tasavvur qilib ko‘raylik, mashg‘ulotda biror-bir texnologik mashina yoki jihozning ishlash prinsipi to‘g‘risida o‘qituvchi faqat og‘zaki usul bilan qay darajada talabalarga ma’lumotlar bera olardi. Agar bu ishda o‘qituvchi shu texnologik mashina yoki jihozning prinsipial sxemasidanmi, uning virtual, yoki aynan modelidanmi, unga doir video materialdanmi foydalansa, talabalarga uni tushunishlari, tasavvur qilishlari qay darajada oson bo‘ladi. Bu ikki vaziyatni solishtirsak natija yaqqol sezilib turadi. Albatta ikkinchi vaziyatda samara yuqori bo‘ladi. O‘quv jarayonida olib boriladigan mashg‘ulotlarda biz faqat og‘zaki usul bilan tushuntirish bilan kifoyalanmasdan, barcha turdagi o‘quv axborotlaridan foydalanamiz. Bular sonli va yozma ko‘rinishda, ovozli va tasviriy ko‘rinishda,
hajmiy va harakatli ko‘rinishda, elektron va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda biz har bir didaktik vositaning imkoniyatlarini bilib olsak, ularning qay biridan qaysi vazifani, qanday amalga oshirishda foydalanish samaraliroq ekanini bilib olamiz. Buning uchun biz avvalo didaktik vositalarning klassifikasiyasi bilan tanishib chiqishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Didaktik vositalarning klassifikasiyasi. Avvalo biz didaktik vositalarni uch yo‘nalishga ajratamiz. Bular didaktik materiallar, ulardan foydalanish uchun qo‘llaniladigan didaktik vositalar, hamda didaktik materiallar va vositalar yordamida ta’limni amalga oshirish uchun loyihalangan majmualar. Har bir yo‘nalish bo‘yicha ularning tegishli turlari bor.
Biz bularning har biri bilan kelgusi ma’ruzalarda, tegishli mavzular orqali, chuqurroq tanishib olamiz. Hozir esa ular to‘g‘risida qisqacha boshlang‘ich ma’lumotlarni beramiz. O‘quv mashg‘ulotlarida talabalarga beriladigan, namoyish qilinadigan, bajarib ko‘rsatiladigan va shunga o‘xshash barcha turdagi o‘quv axborotlarini biz didaktik materiallar deymiz. Ularni qachon va qay maqsadda qo‘llashimizga qarab ularni alohida guruhlarga ajratib chiqamiz (1-rasmga qarang).

1 – rasm. Didaktik vositalarning guruhlanishi.


Ushbu materiallarni qo‘llashda va tayyorlashda didaktik vositalardan foydalanamiz. Masalan, plakatlar, diapozitivlar, fotosuratlar, audio, televizion va videomateriallar, informasion texnologiyalar asosidagi materiallar.
O‘z navbatida vositalarning tuzilishi, ishlash prinsipi va didaktik imkoniyatlariga qarab sinflaymiz.
Shundan kelib chiqqan holda biz mashg‘ulot davomida bir necha turdagi didaktik materiallarni qo‘llaymiz, buning uchun tegishli didaktik vositalardan foydalanamiz. Bular esa birgalikda shu mashg‘ulot uchun tuzilgan didaktik vositalari majmuasi hisoblanadi.
Endi qisqacha didaktik vositalar to‘g‘risida mulohaza yuritsak. Har bir vazifani amalga oshirishda, yaxshi samaraga erishish uchun biz unga kompleks, ya’ni majmuiy yondoshishimiz maqsadga muvofiqdir. Shudan kelib chiqqan holda biz ham mashg‘ulot davomida beriladigan o‘quv axborotlarini majmua tuzgan holda bersak ishimiz ancha samarali kechadi.
Didaktik o‘yinli darslar.
Didaktik o‘yinli darslarni o‘quvchilarning bilim olish va o‘yin faoliyatining uyg‘unligiga qarab syujetli-rolli o‘yinlar, ijodiy o‘yinlar, ishbilarmonlar o‘yini, konferensiyalar, o‘yin-mashqlarga ajratish mumkin.
O‘qituvchi avval o‘quvchilarni individual, so‘ngra guruhli o‘yinlarga tayyorlashi va uni o‘tkazishi, ular muvaffaqiyatli chiqqandan so‘ng, ommaviy o‘yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki o‘quvchilar didaktik o‘yinli darslarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari, bundan tashqari, sinf jamoasi o‘rtasida hamkorlik, o‘zaro yordam vujudga kelishi lozim.
O‘qituvchi didaktik o‘yinli darslarni o‘tkazishda quyidagi didaktik talablarga amal qilishi lozim:

  1. Didaktik o‘yinli darslar dasturda qayd etilgan ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsad va vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo‘lishi.

  2. Muhim muammolarga bag‘ishlanishi va ular o‘yin davomida hal etishi.

  3. Barkamol inson shaxsini tarbiyalash tamoyillariga, sharqona odob-axloq normalariga mos kelishi.

  4. O‘yin strukturasi mantiqiy ketma-ketlikda bo‘lishi.

Mazkur darslarda didaktik prinsiplarga amal qilinishi va eng kam vaqt sarflagan holda ulkan samaraga erishish kerak. Quyida biz didaktik o‘yinli darslarning tavsifiga qisqacha to‘xtalamiz.
Rolli o‘yinlar.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishda rolli hamda ishbop o‘yinlardan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘quvchilarda muayyan faoliyat yuzasidan egallangan nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikma va malakalarga aylantirish, ularda ta’limiy faollikni yuzaga keltirish, ularni ijtimoiy munosabatlar jarayoniga keng jalb etishda rolli hamda ishbop o‘yinlar o‘ziga xos o‘rin tutadi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida qo‘llash nihoyatda qulay bo‘lgan bir qator o‘yinli texnologiyalar yaratilgandir.
Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni aks ettirishga, o‘quvchilarning muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan hamda kasbiy sifatlarini tarkib toptirish, ularni ongli ravishda kasbga yo‘llash, ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga mo‘ljallangan didaktik o‘yinlarni ishbilarmonlar o‘yini deyiladi. Ishbilarmonlar o‘yini ham boshqa o‘yinlar kabi o‘qituvchi va o‘quvchilardan puxta tayyorgarlik ko‘rishni talab etadi.
O‘qituvchi ishbilarmonlar o‘yinini uyushtirishda quyidagi vazifalarni bosqichma - bosqich amalga oshirishi zarur:

  1. O‘yin mavzusini oldindan belgilash.

  2. Didaktik o‘yinning maqsadi, vazifalari, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, o‘quvchilar bajarishi lozim bo‘lgan topshiriqlarni aniqlash va rejalashtirish.

  3. Didaktik o‘yin davomida o‘quvchilar oldiga qo‘yiladigai o‘quv-bilishga oid muammoli vaziyatlar tizimini vujudga keltirish yo‘llarini aniqlash va loyihalash.

  4. O‘quvchilarni didaktik o‘yinning maqsad va vazifalari bilan tanishtirish, didaktik o‘yin talab etadigan vazifalarni taqsimlash, har bir o‘quvchiga aniq yo‘llanma berish.

  5. Mazkur o‘quv-bilishga oid muammoli vaziyatlarni hal etishda o‘quvchilarning avvalgi mavzulardan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini tanish, odatiy va kutilmagan vaziyatlarda qo‘llash imkoniyatlarini aniqlash.

  6. O‘quvchilarning didaktik o‘yinga tayyorgarlik faoliyatini kuzatish va nazorat qilish.

Didaktik o‘yinli darslarning muvaffaqiyati, avvalo, o‘quvchilarning mazkur o‘yinlarga puxta va qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishlariga, o‘qituvchining mazkur faoliyatni tashkil etish hamda mohirlik bilan boshqarishiga bog‘liq. O‘quvchilarning bunday o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish faoliyati quyidagi masalalarni bilishni taqozo etadi:

  1. Didaktik o‘yinning maqsadi, vazifasi, olib borilish tartibi, qoidalari bilan tanishish.

  2. Didaktik o‘yin maqsadi va vazifasidan kelib chiqadigan muammoli vaziyatni aniqlash.

  3. Muammoli vaziyatdan chiqishning samarali yo‘llarini topish.

  4. Har bir o‘quvchining o‘zi bajarishi lozim bo‘lgan vazifalarni anglashi, o‘qituvchidan kerakli yo‘riqnoma va ko‘rsatmalar olish.

  5. Turli bilim manbalaridan foydalangan holda muammoli vaziyatni hal etishning optimal variantini tanlash.

  6. Didaktik o‘yin ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, o‘zaro yordam va o‘zaro nazorat vujudga kelishini ta’minlash.

Shuni ta’kidlash joizki, o‘yinli texnologiyalar ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlash, o‘quvchilarda muayyan faollikni yuzaga keltirish, shuningdek, bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilishga xizmat qiluvchi vaqt oralig‘ini qisqartirish, ta’limni jadallashtirishga yordam beradi.
O‘yinli texnologiyalardan foydalanishda bir qator psixologik xususiyatlar ham namoyon bo‘ladiki, buning oqibatida har o‘quvchi o‘zining shaxsiy imkoniyatlarini namoyish eta oladi, ijtimoiy hayotda o‘zi egallagan o‘rinni barqarorlashtiradi, o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini hosil qiladi. O‘yinli texnologiyalar nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, ularning amaliy ko‘nikma va malakalarga aylanishini ta’minlash, balki o‘quvchilarda muayyan axloqiy, irodaviy sifatlarni ham tarbiyalashga yordam beradi.
Pedagog va psixolog olimlar – D.N.Uznadze, L.S.Vgotskiy, A.N.Leontev, S.A.Shmakov, G.K.Selevko, P.Ya.Galperin, I.Olloyorov, A.A.Verbiskiy va boshqalar o‘yinga asoslanuvchi faoliyatning mohiyati, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, imkoniyatlari borasida tadqiqot ishlarini olib borganlar. Ayni vaqtda biz bu borada zarur nazariy va amaliy ma’lumotlarga egamiz.
O‘yinlarni tashkil etishda quyidagi maqsadlar ko‘zda tutiladi:
-ta’limiy (didaktik) maqsad;
-tarbiyaviy maqsad;
-faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltiruvchi maqsad;
-ijtimoiy maqsad.
G.K. Selevkoning fikricha, o‘yin psixopedagogik jarayon sanalib, u quyidagi tuzilmaga ega bo‘ladi:
Didaktik o‘yinlarning umumiy tavsifi

Dars qurilishiga doir dars namunalari:


1. Tayyorlov bosqichi.
Mavzu: Cho‘pon yigit Shiroq.
Darsning maqsadi:
a) afsonaviy qahramonlar haqida ma’lumot berish.
b)o‘quvchilarda Vatan tushunchasini, vatanparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalash;
Darsning metodi: suhbat.
Darsning jihozi: asar mazmunini yorituvchi rasmlar.
Darsning borishi:
1. Kirish suhbati.
O‘quvchilardan Vatanini dushmandan asragan qahramonlardan kimlarni bilishlari so‘raladi. To‘maris, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro nomlari sanalib, Shiroq degan qahramon ham o‘tganligini, uning qahramonligi haqida xalqimiz, “Cho‘pon yigit Shiroq” degan afsona yaratgani aytiladi.

  1. “Cho‘pon yigit Shiroq” afsonasi o‘qilb beriladi. Afsona yuzasidan dastlabki suhbat:

Afsona sizga yoqdimi? Unda kimning qahramonligi hikoya qilib berilgan? Shiroq nima uchun xanjari bilan burni, quloqlarini kesdi? Keyin Shiroq kimning oldiga bordi? U shox Doroga nima dedi? Shiroq Doro qo‘shinlarini qayerga olib bordi? Shiroq nima deb hayqirdi?
3. O‘quvchilar javobi umumlashtirilib, ular Vatanni sevishga, uning tinchligi uchun kurashishga chorlaydilar.
4. Asarga ishlangan rasmlar ko‘rsatiladi.
5. Shiroq rasmini uyda chizib kelish topshirig‘i beriladi. Ota-onalaridan qahramonlar haqida ertak, hikoya, bilib kelishlari va ota-onalariga Shiroq haqida gapirib berishlari aytiladi.
Yana nimalar haqida bilishni istashlari o‘quvchilardan so‘raladi.

XULOSALAR


Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘qitish metodlarini qo‘llash to‘gri yo‘lga qo‘yiladi. Tuzilmaning ikki asosiy tashkil etuvchisi: o‘qish darslari jarayoni va sinfdan tashqari o‘qish darslari turlarining bir-birini rivojlantirishini ta’minlash uchun ularning har bir bo‘g‘inining o‘zaro bog‘liqlik asoslari ishlab chiqildi.
Maktab o‘quvchini o‘qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o‘qiy oladigan, uni tushunadigan, ma’lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o‘qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari o‘qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko‘p narsani bilishga havasni orttiradi. Sinfdan tashqari o‘qishning maqsadi o‘qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o‘qiydigan, o‘qilgan kitobni to‘g‘ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir. Sinfdan tashqari o‘qish o‘quv dasturi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, unda ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning uchun o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish talab etiladi. O‘quvchilarda kitobga havas uyg‘otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish, shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zarur. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir.
Har bir sinfda sinfdan tashqari o‘qilgan barcha asarlar o‘quvchilarga mos ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin. Bu boladagi nutqni rivojlantirishga, lug‘at boyligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek, sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan o‘quvchining diqqati oshib xotirada saqlash qobiliyati o‘sadi. Hatto sahnalashtirish o‘quvchini har tomonlama yo‘naltiradi, ya’ni aktyorlik qobiliyatini rivojlantiradi, suxandonlik, rejissorlik kabi kasblarga ilk tasavvurlarni o‘rgata boshlaydi. Asarni sahnalashtirish davrida albatta o‘qituvchi rahbarlik qiladi. O‘quvchilar ifodali, obrazli, shuningdek, qahramonlar harakatini to‘g‘ri bajarishlari, o‘qishlari o‘quvchilarda zavq-shavq uyg‘otib kitobga, badiiy asarga havas, uni o‘qib o‘rganishga intilish uyg‘otadi.
Badiiy adabiyot, bolalar adabiyoti voqelikni haqqoniy aks ettirishi, yorqin obrazlar yaratishi bilan bolalarda estetik did va axloqiy sifatlarni mujassamlashtiradi. Ularda hayot go‘zalligini idrok etishga o‘rgatadi. So‘z san’ati badiiy asarda o‘z ifodasini topadi. Xalq badiiy so‘zning yosh avlod tarbiyasidagi kuch-qudrati va jozibasiga qadim zamonlardanoq e’tibor berib kelingan. Badiiy so‘z xalqning barcha madaniy boyliklarini abadiylashtirgan. Buning uchun esa o‘quvchi albatta xalq og‘zaki ijodini yaqindan o‘qishi lozim. “Ertaklar- yaxshilikka yetaklar” deganlariday o‘quvchi ertaklar bilan tanishar ekan mard, jasur vatanparvar, mehribon bo‘lishga, topishmoqlar o‘qir ekan, topog‘on, bilimdon, zukko bo‘lishga intiladi.


Yüklə 119,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin