Mundarija kirish I bob. Tabiiy yorug’lik manbalari va ularning xususiyatlari



Yüklə 207,71 Kb.
səhifə14/16
tarix30.11.2023
ölçüsü207,71 Kb.
#170141
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
20.12 G`opirjonova M Optika

Malyus qonuni - yorugʻlik qutblovchi asbob (polyarizator) dan oʻtganda chiziqli yorugʻlik intensivligining oʻzgarishi qonuni. Tushayotgan yorugʻlikning qutb tekisligi va qutblovchi asbobning qutblash tekisligi orasidagi burchak a ga nisbatan yorugʻlik intensivligi har xil oʻzgaradi. Malyus qonuni 1810-yilda fransuz fizigi E. Malyus (1775—1812) kashf qilgan. Qutb tekisliklari (yorugʻlik va asbob) orasidagi burchak a, analizatorga tushayotgan chiziqli yorugʻlik intensivligi E0 boʻlsa, analizatordan chiqayotgan yorugʻlik intensivligi Malyus qonuniga asosan E=E0cos2 a boʻladi. Yorugʻlik intensivligini oʻlchaydigan asbob va qurilmalar Malyus qonuni asosida ishlanadi.
Tаbiiy nur yo’ligа tеkisliklаri o’zaro burchаk hоsil qiladigаn ikki qutblаgich qo’yilgаn bo’lsin. Birinchi qutblаgichdаn chiqqаn yassi qutblаngаn yorug’likning I0 intеnsivligi tаbiiy yorug’lik I tаb intеnsivligining yarmigа tеng bo’ladi. Mаlyus qonunigа ko’ra ikkinchi
I = 1/2 I cos2
Yorug’likning tаrkibidа birоr yo’nalishdаgi tеbrаnishlаr bоshqа yo’nalishdаgi tеbrаnishlаrgа nisbаtаn ko’p bo’lsa, bundаy yorug’lik qismаn qutblаngаn dеyilаdi. Bundаy yorug’likni tаbiiy vа yassi qutblаngаn yorug’liklаrning аrаlаshmаsi dеb qаrаsh mumkin. Аgаr qismаn qutblаngаn yorug’lik qutblаgich orqali o’tаyotgаn pаytdа qutblаgich nur yo’nalish аtrоfidа аylаntirilib turilsа o’tgаn yorug’likning intеnsivligi I max vа Imin qiymatlаri оrаligidа o’zgarib turаdi.
R= (I max - Imin) / (I max + Imin) fоrmulаdаn aniqlаnаdigаn kаttаlik qutblаnish dаrаjаsi dеb аtаlаdi. Qutblаnish tеkisligi tushunchаsi. Nurning qaytishdа vа sinishdа qutblаnishi. Bryustеr qonuni.
Bryuster qonuni — dielektrikning sindirish koʻrsatkichi p {\displaystyle p} bilan tabiiy (qutblanmagan) yorugʻlikning uning sirtiga tushish burchagi f {\displaystyle f} orasidagi bogʻlanishni ifodalovchi munosabat. Tushish burchagi Bryuster burchagi deb ataladi va tg(f)=p sharti bajarilganda dielektrik sirtdan qaytgan yorugʻlik faqat tushish tekisligiga perpendikulyar tekislikda qutblangan boʻladi.
Havoda sinish qonuni (g sinish burchagi) boʻlgani uchun Bryuster qonunidan cos(p)=sin(g), yoki f+g=90°. Demak, singan va qaytgan nurlar orasidagi burchak 90° boʻladi. Bryuster qonunidan qutblangan yorugʻlik hosil qilishda, moddaning sindirish koʻrsatkichini aniqlashda foydalaniladi. Bryuster qonuni 1815-yilda shotlandiyalik fizik Sir David Bryuster tomonidan topilgan
Yorug’lik dispеrsiyasi. Nоrmаl vа аnоmаl dispеrsiya. Spеktrlаr.
Spektr sohasida shaffof boʻlgan moddada v ning kattalashishi (X ning kichrayishi) bilan p ortadi: p ning X ga bunday bogʻlanishini normal yorug`lik dispersiyasi deyiladi. Moddaning yutish sohasi yaqinida p ning toʻlqin uzunligi X ga bogʻliq tarzda oʻzgarishi ancha murakkab. Anamal va normal dispersiya. Chastota ortishi bilan moddaning sindirish ko'rsatkichi ham ortsa, ya'ni, bu moddadagi yorug’likning dispersiyasi normal dispersiya deyiladi. Agar chastota ortishi bilan moddaning sindirish ko'rsatkichi kamaysa, u holda va bunday dispersiya anomal dispersiya deyiladi. Ba'zi Yorug’likning dispersiyasi. Moddalar sindirish ko'rsatkichining yorug’lik to'lqin (chastotasiga) bog’liqligi dispersiya deb ataladi.
n=f(λ0) funksya bilan xarakterlash mumkin. Bu yerda λ0 – yorug’likning vakuumdagi to’lqin uzunligi. N’yuton 1972-yilda yorug’likning shisha prizmada sinishidan foydalanib, birinchi bo’lib, yorug’lik dispersiyasini eksperimental tekshirdi.
Spektr (lot. spectrum — „koʻrinish“) kontinuum ichida oʻzgaruvchi xususiyatlar toʻplamidir. Optikadan bir misol qilib kamalakni olish mumkin: undagi Yorug`lik xususiyatlari) uzluksiz oʻzgarib boradi. Yorugʻlik spektrini spektroskopiya fani oʻrganadi.
Spektr (lot. spectrum — tasavvur, tasvir) (fizikada) — 1) tizimni yoki jarayonni tavsiflovchi birorbir fizik kattalikning barcha qiymatlari majmui. S. diskret (uzlukli) va uzluksiz boʻladi; 2) birorbir nurlanishda mavjud boʻlgan toʻlqin chastotalari majmui; 3) har bir yoʻnalishda muayyan uzunlikli yoki chastotali monoxromatik toʻlqin tarqaladigan qilib ajratilgan elektromagnit nurlanish; 4) ekran, fotoplastinkadagi tasvir; 5) elektromagnit nurlanish koʻrinadigan yorugʻlikdan iborat boʻlganda S. hosil qiladigan rangli yoʻl. Turli xil nurlanishlarning modda tomonidan yutilish va chikarish S.lari, elektromagnit toʻlqinlar oʻzgaruvchan toklarining chastota S.lari, Quyosh xromosferasining S. va boshqa koʻpgina S.lar oʻrganilgan. Bu ishlar optik spektral asboblar, toʻlqin va chastota oʻlchagichlar va boshqa yordamida amalga oshiriladi. Koʻpincha tebranish chastotasi S.idan foydalaniladi. Tebranishning tabiatiga qarab elektromagnit tebranishlar Si, akustik S, optik S. xillari mavjud. Elektromagnit tebranishlar Si, ayniqsa, optik diapazondagisi (toʻlqin uz. 103—10~3 mkm) yetarli daraja oʻrganilgan. Optik S.ning chiqarish (obʼyektdan yorugʻlik chiqayotganda hosil boʻladi), yutilish (moddadan yorugʻlik oʻtayotganda hosil boʻladi), sochilish va qaytarish jarayonlarida sodir boʻladigan xillari bor. U kimyoviy taxlidda, atom va molekulyar fizikada va boshqalarda qoʻllanadi. Tebranish S chizikli va tutash xillarga boʻlinadi. Chizikli S. chastotalari birbiridan maʼlum kattalikda farq qiluvchi garmonik tebranishlarni, tutash S. esa chastotalari turlicha boʻlgan garmonik tebranishlarni oʻz ichiga oladi.
YORUGʻLIKNING QUTBLANISHI. TABIIY VA QUTBLANGAN YORUGʻLIK
Interferensiya va difraksiya hodisalari ham ko'ndalang, hambo'ylama to'lqinlar uchun kuzatiladi. Shu bilan birga shunday hodisalar borki, ular uchun yorugʻlik to'lqinining ko'ndalang to'lqin ekanligi prinsipial ahamiyatga egadir. Bunday hodisalar qatoriga yorugʻlikning qutblanishi ham kiradi. Ixtiyoriy yorug'lik manbasi (quyosh, sham) dan tarqalayotgan yorug'lik nurlari deganda shu manbaning atomlaridan chiqayotgan yorugʻlik to'lqinlarining aralashmasi tushiniladi.

Yüklə 207,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin