Mundarija: Kirish I. Bob tashkilotni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi


Ekspеrt tizimini yaratish bosqichlari



Yüklə 263,34 Kb.
səhifə17/18
tarix27.12.2023
ölçüsü263,34 Kb.
#199942
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
BOSHQARUVDA AXBOROT TIZIMI VA UNING TURLARI

Ekspеrt tizimini yaratish bosqichlari. Ekspеrt tizimini yaratishning nisbatan muhim bosqichlariga quyidagilarni kiritish mumkin: kontsеptulizatsiya, rеalizatsiya, tеstdan o`tkazish, joriy etish, kuzatib borish, modеrnizatsiyalash.
Kontsеptualizatsiya bosqichida ekspеrt tizimini ishlab chiqish bo`yicha mutaxassis ekspеrt bilan hamkorlikda tanlangan prеdmеt sohasidagi muammoni еchishning uslublarini bayon etish uchun qanday tushuncha, munosabat va protsеduralar zarurligini hal etadi. Bosqichdagi asosiy vazifa masalani еchish jarayonida yuzaga kеluvchi vazifa stratеgiyasi va chеklovlarni tanlashdan iborat. Kontsеptualizatsiya muammoni to`liq tahlil etishni talab etadi.
Idеntifikatsiya bosqichida vazifa turi, tavsifi, o`lchami, ishlanma jarayonidagi ishtirokchilar tarkibi aniqlanadi. Modеlning yaroqliligi ko`rib chiqiladi, talab etiladigan vaqt - mashina rеsurslari baholanadi, ekspеrt tizimini yaratish maqsadi bеlgilanadi.
Formallashtirish bosqichida asosiy tushunchalar va munosabatlar bilimlarni ifodalashning o`ziga xos rasmiy tiliga o`tkaziladi. Bu еrda ko`rib chiqi-layotgan vazifa uchun modеllar yoki ma`lumotlarni taqdim etishning o`xshash usullari tanlanadi.
Amalga oshirish bosqichida yuklatilgan vazifalarni bajarishga qodir bo`lgan ekspеrt tizimining jismoniy «qobig`i», yuzasi yaratiladi.
Ekspеrt tizimi faoliyatining to`g`riligini tеstdan o`tkazish bosqichida tеkshirish mumkin.
Xulosa
Axborot tizimini ishlab chiqishdan maqsad – tashkiliy loyihalash-tirish, texnologik va hakozo jihatlarini hisobga olgan holda tizim faoliyatining samaradorligini oshirishdir.
Tizim deganda, ular orasidagi va ularning xususiyatlari o`rtasidagi aloqalar majmuiga ega bo`lgan, ya`ni bir-biriga chambarchas bog`langan qismlardan iborat butun bir ob`ektlar majmuasi tushuniladi. Bunday ta`rifdagi tizimga quyidagilarni qilib keltirish mumkin: detallar va tutashtiruvchi qurilmalardan yig`ilgan mashina; hujayralarning butun majmuini tashkil etuvchi tirik organizm; turli resurslar, bir-biri bilan bog`langan ko`plab ishlab chiqarish jarayonlari va kishilar jamoalari yaxlitligida yuzaga kelgan korxonalar va hokozo. Bunday hollarda ob`ektlar gona tizim sifatida ishlaydi, ya`ni har bir ob`ekt, kichik tizimlar umumiy tizim oldidagi yagona maqsad uchun harakat qiladi.
«Tizim»ni aniqlashga quyidagi atamalar kiradi: «ob`ektlar», «aloqalar», «xususiyatlar».
Ob`ektlar – tizimning bir bo`lagi yoki komponentlari bo`lib jismoniy, matematik o`zgaruvchan tenglamalar, qoida va qonunlar, texnologik jarayonlar, axborot jarayonlari, ishlab chiqarish bo`linmalari kabi ko`plab cheklanmagan qismlarga ega.
Xususiyatlar – bu ob`ektning sifatini ifodalovchi parametrlardir. Xususiyat tizimning ma`lum bir o`lchamga ega ob`ektlarini bittalab miqdoriy jihatdan bayon etish imkonini beradi.
Aloqalar – ob`ektlar va ularning xususiyatlarini tizim jarayonida yagona yaxlitlikka birlashtiradi.
Tizimlar tarkibi hamda asosiy maqsadlariga ko`ra farqlanadi. Quyidagi 2.1 - jadvalda turli elementlaradan iborat bo`lgan va turli maqsadlarga qaratilgan bir qancha tizimlar namuna sifatida keltirilgan.
Axborot tizimlari axborot va axborot texnologiyalari kabi jamiyat paydo bo`lgan paytdan boshlab mavjud, chunki rivojlanishning turli bosqichida jamiyat o`z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari – moddiy va madaniy ne`matlarni ishlab chiqarish bilan bog`liq jaranlarga tegishlidir. CHunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega.
Axborot tizimi – tegishli tashkilotlar (ob`ektlar)da faoliyat ko`rsatuvchi va turlicha tuziluvchi axborotlar uning axborot tizimini tashkil etadi.
Axborot tizimlarining asosiy vazifasi – barcha resurslarni samarali boshqarish uchun tashkilotlarga kerakli bo`lgan axborotlarni ishlab chiqish, tashkilotni boshqarish uchun axborot va texnikaviy muhitni yaratishdan iborat.
Iqtisodiy axborot tizimi nima ekanligini tushunib olish uchun eng avvalo uning iqtisodiy ob`ektini boshqarish tizimidagi tutgan o`rnini aniqlab olish lozim. Bu ob`ekt moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish bilan bog`liq.
Kibernetik yondashuvga muvofiq boshqaruv tizimi boshqaruv ob`ekti yig`indisini va boshqaruv sub`ekti, boshqaruv apparatini o`zida namoyon etadi. So`nggisi maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi, qabul qilingan qarorlarga talablarni moslashtiruvchi, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlardan tashkil topadi.
Boshqaruv tizimining ikkala komponenti to`g`ri (T) va aks (A) aloqalar bilan bog`langan. To`g`ri aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv ob`ektiga yunaltiradigan direktiv axborot oqimida ifodalanadi, aks aloqa qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqidagi axborot teskari yo`nalishda yuboriluvchi axboroti oqimida o`z aksini topadi.
Direktiv axborot boshqaruv apparati tomonidan yuzaga kelgan iktisodiy vaziyat, atrof muhit haqidagi axborot va boshqaruv maqsadlariga muvofiq holda yaratiladi.
Axborot oqimlari (T va A), qayta ishlash vositalari, ma`lumotlarni uzatish va saqlash, shuningdek, ma`lumotlarni qayta ishlash bo`yicha operatsiyalarni bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o`zaro aloqasi iqtisodiy ob`ektning axborot tizimini tashkil etadi. (2.2.-rasm).



Yüklə 263,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin