Mundarija: Kirish I. Bob tashkilotni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi



Yüklə 263,34 Kb.
səhifə9/18
tarix27.12.2023
ölçüsü263,34 Kb.
#199942
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
BOSHQARUVDA AXBOROT TIZIMI VA UNING TURLARI

Axborotlarni tasniflash.
Ma`lumotlarni telefaks yoki maxsus magnitli tashuvchilar vositasida uzatish. Odatda bu axborot maxsus agentliklar so`rovi bo`yicha amalga oshiriladi. Bunday axborot u yoki bu muammo yoki muhitga muvofiqligi, shuningdek, to`laqonligi va ishonarliligi bilan ajralib turadi. Ma`lumot va xabarlarni optik disklar (kompakt disklar)da uzatish so`nggi yillarda keng ommalashdi. Ularda nafaqat matn, balki istalgan boshqa video va audio axborot yozuvlari ham uzatiladi.
2. Qayta ishlash usuliga ko`ra ma`lumotlar birlamchi, ikkilamchi, hosila, mantiqiy xulosa va yakunlarga bo`linadi. Jumladan, boshlang`ich axborot odatda voqelikda yuz beruvchi jarayonlarni kuzatish natijasida shakllanadi va qayta ishlanmasdan qayd etiladi. Ikkilamchi o`z asosiga ko`ra birlamchi ma`lumotlarga tayanadi.
Hosila axborot dastlabki, ikkilamchi yoki boshqa axborotni qayta ishlash natijasidir. SHu bilan birga, tadqiqotlarda boshlang`ich axborot sifatida rejalashtirish, hisob va tahlil vazifalarini hal etish jarayonida olingan ma`lumotlar kiritiladi. SHu munosabat bilan boshlang`ich va hosila axborotni uning yuzaga kelishi muhiti va foydalanish nuqtai nazaridan ko`rib chiqish lozim.
3.Tadqiqot ob`ekti nuqtai nazaridan axborot. Eng avvalo tashqi makromuhit ta`sirini hisobga olgan holda ma`lumotlar bazasini yaratish va avtomatlashtirilgan ma`lumotlar banklaridan foydalanish uchun asoslangan yunalishni tanlash maqsadida bozor ehtiyoji va talablarini o`rganishga yo`naltiriladi.
4.Funktsional vazifasiga ko`ra axborotni quyidagicha tasniflash mumkin:

  1. yangi tovarlarni ishlab chiqarish va sotishda bozorda firmaning moliyaviy vaiqtisodiy ahvoli qanday bo`lishini ochib beruvchi axborot;

  2. bozorning aniq segmentida raqobatchilar holatini ifodalovchi axborot.

v) amalda erishilganiga qaraganda ko`zlangan natijadan chetga chiqishni aniqlash bo`yicha axborot (chetga chiqish sabablarini belgilash).
Ushbu uchchala tur birdek muhim, zero, ulardan birgalikda foydalanishgina firma vazifalarini samarali hal etishni ta`minlaydi. Axborotning birinchi turi prognozlash va rejalashtirish funktsiyasi bilan; ikkinchisi hisob-kitob funktsiyasi bilan; uchinchisi nazorat va tahlil funktsiyalari bilan uzviy bog`liqdir.
5. Vazifasiga ko`ra axborot, ma`lumotnoma, tavsiyanoma, me`yoriy va signalli turlarga bo`linadi.
Ma`lumotnoma axborot ko`proq tanishtiruvchi xususiyatga ega, ob`ektlarning qancha barqarorligi belgilarini tavsiflaydi va ma`lumotnomalar (spravochniklar) tizimi shaklida namoyon bo`ladi. Xorijiy ma`lumotnoma axborotini
avtomatlashtirilgan ma`lumotlar banki orqali olish mumkin, ularning soni yildanyilga uzluksiz ko`payib bormoqda.
Tavsiyanoma axborot o`z navbatida bosma nashrlarda e`lon qilingan va tijorat ma`lumotlar bazalaridagi ma`lumotlar tahliliga asoslangan maxsus tadqiqotlarni o`tkazish natijalariga ko`ra shakllanadi.
Me`yoriy axborot asosan ishlab chiqarish sohasida shakllanadi va foydalaniladi. U ishlab chiqarishning turli elementlari rejali, miqdoriy o`lchovini tavsiflovchi ilmiy va texnik asoslangan me`yorlar tizimini aks ettiradi.
Signalli axborot muhitdagi ob`ektlar faktik holatining rejasidan chetga chiqishi paydo bo`lganda yuzaga keladi. CHetga chiqish sabablari aniqlangandan so`ng ularni bartaraf etish choralari ko`riladi.

  1. Taqdim etish usuliga ko`ra axborot matn, jadval, matritsa, grafik va dinamik qatorlarga bo`linadi. Matn axboroti eng ko`p rasmiylashtirilgandir, shu bois uni qayta ishlash uchun hozirgi paytda gipermatn dastur tizimi ko`rinishida maxsus dasturiy vositalar qo`llanilmokda. Bunday tizimlar matn hujjatlar ma`lumot bazasini yaratish, yuritish va foydalanish uchun mo`ljallangan.

  2. Axborot o`zining barqarorligiga ko`ra o`zgaruvchan, shartli-doimiy va doimiyga bo`linadi. O`zgaruvchan axborot ob`ektlar ishlashining miqdoriy va sifat xususiyatlarini aks ettiradi. SHartli-doimiy va doimiy axborotlar muxitning doimiy o`lchamini aks ettiradi, shu bois ular uzoq vaqt mobaynida o`zgarmas bo`lib qoladi.

Axborotning taklif etilgan tasnifi boshqarish ob`ekti axborot negizini oqilona shakllantirishga imkon beradi.
Axborot doimo o`z manbalariga va axborotdan foydalanuvchilarga (iste`molchilarga) ega bo`ladi. Xabarlarni, axborot manbalari axborotkommunikatsiyalari deb ataladi.



Yüklə 263,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin