Mundarija kirish I bob. Yopiq urug`li o`simliklarning kelib chiqishi


Yopiq urug`li o`simliklarning zamonaviy klassifikatsiyasi



Yüklə 4,76 Mb.
səhifə5/6
tarix19.12.2023
ölçüsü4,76 Mb.
#185355
1   2   3   4   5   6
Yopiq urug`li o`simliklarning kelib chiqishi.

Yopiq urug`li o`simliklarning zamonaviy klassifikatsiyasi.
Magnoliyatoifalarni klassifikatsiyalashning turli taksonlar orasidagi filogcnetik qimmatini olimlar turlicha talqin ctishadi va o'z sistemalarini qabila va oilalargacha yetkazishadi, xolos. Faqat A.Englerning filogcnetik sistemasi (1-jadval) turkumlargacha, ba’zan hatto turlargacha aniqlik bilan tuzilgan. Ayrim noaniqliklari bo'lishiga qaramasdan bu sistcma hozirgacha ham o ‘z ilrbarimiy qiymatini yo‘qotgani yo‘q. Yer yuzidagi aksariyat mamlakatlardagi yirik gcylar, shu jumladan O'zRFA„Botanika ilmiy ishlab chiqarish markazidagi Gerbariy ham Englcr sistemasi asosida joylashtirilgan va u 1 million 400 mingga yaqin nusxadan iborat gerbariyni o‘z ichiga oladi. 2-jadvalda bir qator muhim sistematik belgilarning lilogenetik sxemasi keltirilgan (S.A.Shostakovskiy, 1971). Bunda A-primativ va qadimiy belgilar, B-murakkab va paydo bo'lishiga ko'ra nisbatan yosh belgilar.
Ammo sodda yoki murakkab, qadimiy yoki paydo bo'lishiga ko'ra yosh belgilarni ba’zan bir sistematik guruh yoki takson chegarasida, hatto bir tur doirasida ham kuzatish mumkin. Masalan, ko'pchilik Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) oilasiga xos turlarning gullari aktinomorf, ammo isfarak (Delphinium) da, akonit (Aconitum) da, aksincha zigomorf; Nilufardoshlar (Nym phaeaceae)ning ayrim vakillarida tugunchasi ustki, shoxona viktoriya (Victoria regia) da csa tugunchasi ostki; Ra’nodoshlardan (Rosaccae) qulupnay (Fragaria) va maymunjon (Rubus)da tuguncha ustki, olma (Malus), nok (Pyrus), na’matak (Rosa) turkumlarida csa tuguncha ostkidir. Gavzabondoshlar (Boraginaccac) oilasining aksariyat turlarining gullari to'g'ri, ammo qiyagul (Lycopsis) da, ko'ztikan (Echium) ning gullari zigomorf va hokazo. Bundan tashqari, ko'pchilik hollarda sodda tuzilganlik birlamchi yoki ikkilamchi bo'lishi mumkin va uni aniqlash ancha qiyin. Masalan, oddiy gulqo'rg'onning umuman bo'lmasligi A. Engler va R. Vettshteyn bo'yicha birlamchi belgi hisoblansa, G. Gallir va A. Taxtadjyanlar uni ikkilamchi belgi deb hisoblaydilar. Anemofiliya ham xuddi shunday, R. Vettshteyn, A. Engler, N. Bush uni birlamchi hisoblasalar, G. Gallir va A.Taxtadjyanlar fikricha bu ikkilamchi holdir. Ikki jinsli gullar va bir uyli o'simliklarning paydo bo'lishini A. Engler va R. Vettshteynlar ikkilamchi deb hisoblaydilar, ammo G. Gallir va A. Taxtadjyanlarning fikricha u birlamchi hisoblanadi6.
Gulli o'simliklarning hozirgi zamon filogenetik sistemalari orasida rus olimi akademik A.L Taxtadjyanning sisteasi o'zining mukammalligi, ixchamligi, sistematika fanining eng so'nggi yutuqlarini hisobga olib turkumlargacha aniqlik bilan tuzilganligi jihatidan alohida ajralib turadi. Bu sistemada magnoliyatoifalarning 533 ta oila, 13 ming turkum va 250000 ta atrofida turdan iborat ekanligi ko'rsatilgan.



1-jadval7
1. Magnoliyasimonlarning urug'lari ikki urug'pallali, Lolasimonlarniki esa bir urug'pallali. Ammo Magnoliyasimonlardan ayrimlarining urug'lari bir urug'pallali ekanligi kuzatiladi. Masalan, Ayiqtovondoshlar Ranunculaceae) dan Fikariya (Ficaria)da, Navro'zguldosh (Primulaccae) lardan siklamen (Ceclamen)da va umuman 40 tacha misolda shunday tuzilishni kuzatish mumkin. Lolasimonlardan esa Agafantus (Agaphanthus) va sitxrantus (Cythranthus) da urug`larning ikki urug'pallali ekanligi aniqlangan. Ba’zi chetlanishlarga qaramasdan bu belgi ikkala ajdodni ajratuvchi eng muhim belgidir.
2. Magnoliyasimonlarda urug`pallalar lateral (ikki yon tomonda), Lolasimonlarda esa terminal, ya’ni poyachaning uchida o'rnashgan.
3. Magnoliyasimonlarning ildizi ikkilamchi yo'g'onlashishga ega, kambiy halqasi bor va o ‘q ildiz sistemasi shakllanadi; Lolasimonlarda aksincha, asosiy ildiz nobud bo'ladi, kambiy halqasi yo'q, qo'shimcha ildizlardan popuk ildiz sistemasi shakllanadi.
4. Magnoliyasimonlarning poyasida kambiy halqasi mavjud va shu sababdan ikkilamchi yo`g`onlashuv sodir bo'ladi; Lolasim onlarda esa kambiy yo'q, poya ikkilamchi yo'g'onlashishga ega emas. Ammo mustasno tarzda daraxtsimon liliyasimonlardan Dratsena (Dracaena) va Kordilina (Cordylinc) larda ikkilamchi yo'g'onlashuv mavjud, u poyaning periferik qismida yangi nay-tolali tutamlar hosil bo'lishi hisobiga sodir bo'ladi. Ammo ba’zi liliyalar (Lilium), makkajo'xori (Zeamays), qo'g'alar (Tupha) va boshqalarda dastlab kambiy bo'ladi, ammo tezda uning faoliyati to'xtaydi. Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae)dan podofillumda (ikki urug'pallalilar) kambiy butunlay yo'q.
5. Magnoliyasimonlarning barglari juda xilma-xil: oddiy, murakkab bandli, o'troq; qinli, qinsiz, yonbargchali; butun, kesilgan, bo'lakli; asosan to'rsimon va patsimon tomirli, ba’zan bargsiz turlari ham mavjud. Lolasimonlarda esa barglari oddiy, bandsiz, qinli yoki qinsiz, parallel yoki yoysimon, tomirlangan, yonbargsiz yoki bir yonbargli. Patsimon bo'lakli barglarni faqat palma va aronniklardagina ko'rish mumkin. Ammo ikki urug'pallalilardan Chinniguldoshlar (Caryophyllaceac) va Zupturumdoshlar (Plantaginaceae) ning barglari ensiz, qinli, parallel yoki to'rsimon tomirlangan.
6. Magnoliyasimonlarning gul qismlari asosan 5 tadan, qisman 4 tadan, ya’ni 4 —5 doirali, changchilari ba’zan 2—3 doira hosil qilib o'rnashadi, umumiy gul formulasi: C a 5 C o 5 A5+5 G (5). Lolasimonlarda esa gullari 4 doirali va 3 a’zoli, umumiy gul formulasi: Ca0 C o 3 A3 G (3). Har bir oila va turkum doirasida gul qismlarining soni, doiralari soni qisman o'zgarishi mumkin. Masalan, Magnoliyasimonlardan zirklarda (Berberis), lavrda (Laurus) gul qismlari har doirada uchtadan; Lolasimonlardan qarg'ako'z (Paris), rdest (Potamogeton) da esa gul qismlari 4 tadan.
7. Nihoyat bu ikkala ajdod vakillari changlarining hosil bo'lishi va joylashuv tartibiga ko'ra ham farq qiladi. Ikkala ajdod ajdod bclgilarini taqqoslash, ularni ajratish uchun ayrim olingan bir bclgi emas, balki belgilar majmualaridan foydalanish va ularga asoslanish lozimligini ko'rsatadi. Ayrim darsliklarning mualliflari (Kuznetsov, Bush, Lotsi) bir urug'pallalilar (Lolasimonlar)ni mustaqil sinf deb qaramaydi va bu o'simliklarning oilalarini ikki urug'pallali (magnoliyasimon)lar sistemasining turli qismlariga joylashtiradilar. Ammo bu tabiiy haqiqatni unchalik aks ettirmaydi, chunki bir urug'pallalilar o'ziga xos guruh bo'lib, ikki urug'pallalilardan ko'p jihatdan farq qiladi. Magnoliyatoifalarni magnoliyasimonlar va lolasimonlar ajdodlariga ajratish eng yangi sistemalarda ham qabul qilingan va asosli deb hisoblangan (V. Simmctman, A. Taxtadjyan). Umuman olganda, magnoliyasimonlar va lolasimonlarni o'zaro farq qiladigan eng muhim belgi urug'pallalarining sonidir. Hozirgi vaqtda bir urug'pallalilarning kelib chiqishi to'g'risida 4 xil nazariya mavjud.
1. Bir urug'pallalilardan ikkita urug'pallaning birlashib o'sishidan bitta urug'palla hosil bo'lgan.
2. Urug'pallalardan biri endosperm dan oziq moddalarni so'rib oladigan organga (bug'doydoshlar urug'ida) aylangan, ikkinchisi esa reduksiyalangan (bug'doydoshlar urug'idagi epiblast).
3. Urug'pallalardan biri endosperm dan oziq moddalarni so'rib oluvchi organga, ikkinchisi tuproq yuzasiga chiqib, dastlabki yashil bargga aylangan.
4. Urug'pallaning poya uchida terminal joylashuvi va uchki kurtakning yon tomonida hosil bo'lishiga ko'ra ayrim olimlar ikkinchi urug'palla umuman bo'lmagan deb hisoblaydilar. Ammo ATaxtadjyan buni mutatsion jarayonda paydo bo'lib, irsiy mustahkamlanish natijasida kelib chiqqan deb tushuntiradi.
Bu nazariyalarning birontasi ham to'liq isbotlangan emas, balki ikkinchi yoki to'rtinchi nuqtayi nazar haqiqatga yaqinroqdir. Bir urug'pallalik va ikki urug'pallalikni sistematik belgi sifatida dastlab Jon Rey (XVIII asr) qabul qilgan va keyinchalik A. Braun o'zining tabiiy sistemasida, R.Varming, A.Engler, R.Vettshteyn, I.Gorojankin, M.Golenkin va A.Taxtadjyanlar Magnoliyatoifalarni bir urug'pallalilar (Lolasimonlar) va ikki urug'pallalilar (Magnoliyasimonlar) ajdodlariga bo'lishgan.
Uzoq yillar davomida oliy maktablarda o'qitilayotgan P.M. Jukovskiy, M.V.Kultiasov, M.Golenkin, B.M.Kozo-Polyanskiy, L.I.Kursanov va boshqalar, S.A. Shostakovskiy, S.S.Sahobiddinovlarning „Botanika" darsliklarida ham gulli o'simliklar bo'limi ikki urug'pallalilar va bir urug'pallalilar sinflariga bo'lib ta’riflangan. Hozirgi vaqtda ko'pchilik sislcmatiklar ikki urug'pallalilami birlamchi
hisoblashib, bir urug'pallalilami ularning ayrim qabilalaridan (Polycarpicac) kclib chiqqan deya fikr yuritishadi (R. Vettshteyn, A.Taxtadjyan). A.Engler csa ikkala ajdod parallel rivojlangan deb hisoblasada, o'z sistcmasida bir urug'pallalilami ikki urug'pallalilardan oldin joylashtirgan. A.Engler, R.Vettshteynlar bir urug'pallalilami
monofiletik guruh deb hisoblashsa, G. Gallir va N.Kuznetsovlar polifiletik guruh deb tan olishadi.So'nggi ma’lum otlarga qaraganda, hozir Yer yuzida magnoliyatoifalarning 2 ta ajdod, 533 oila va 13000 turkumga mansub 250000 taga yaqin turlari mavjud.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda, yopiq urug‘lilar anatomik tuzilishi ham ochiq urug`li o‘simliklardan ustun turadi. Ular poyasida traxeyalar va suv naylari bo‘ladi. Bu o‘simliklar ildizdan suvni onsonroq so‘rishga va bug‘latishga yordam beradi. Bulardan tashqari yopiq urug‘lilar quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lganligini xulosa o`rnida keltirib o`tsak bo`ladi.
1. Yopiq urug‘li o‘simliklarning urug‘i meva ichida bo‘ladi, shuning uchun ham ular "Yopiq urug‘li o‘simliklar"deb ataladi.
2. Ularda otalik xamda mevacha (onalik)dan iborat gul bo‘ladi. Ba’zi istisno e’tiborga olinmaganda, ularda gulqo‘rg‘on bor. Gullari juda xilma-xil shaklda bo‘ladi.
3. Gullarning changlanishini va urug‘ hamda mevalarning tarqalishi har xil yo‘llar bilan boradi, ya’ni shamol, xashoratlar, qushlar va suv yordamida changlanadi. Yopiq urug‘lilarning qariyib 90% xashoratlar yordamida changlanadi.
4. Bu o‘simliklar ikkilamchi urug‘lanadi, buning natijasida faqat murtak emas, balki endosperm ham hosil qiladi.
5. Yopiq urug‘lilarning urug‘ kurtagi urug‘ga, tuguncha mevaga aylanadi va mevalar mevacha barglarining himoyasida yetiladi.
6. Yopiq urug‘li o‘simliklarning morfologik va anatomik jihatdan boshqa tipdagi o‘simliklarga nisbatan juda ham murakkab tuzilgan.
Yopiq urug‘lilarning nasllari changlanishda, yuqori o‘simliklarning boshqalari singari, sporofit nasl hukmronlik qiladi. Ammo sporofit nasl yopiq urug‘lilarda juda yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib qariyib individning hamma qismini tashkil etadi. Gametofit nasl nihoyatda reduksiyalangan bo‘lib, sporofitdan ajralmagan holda gulda uning hisobiga taraqqiy etadi. Gametofit ayrim jinsli bo‘ladi. Erkak gametofit changining o‘sishdan hosil bo‘lgan chang naychasi va uning ichidagi bitta vegetativ, ikkita spermiy deb yuritiladigan xivchinsiz generativ yadrodan, urg‘ochi gametofit esa urug‘kurtakda joylashgan 8 ta yadroli murtak xaltasidan iborat. Yopiq urug‘lilarda arxegoniy taraqqiy etmaydi.


Yüklə 4,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin