Mundarija: Kirish I bob


-modda. Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha aktivlarni repatriatsiya qilish



Yüklə 54,84 Kb.
səhifə19/33
tarix19.04.2022
ölçüsü54,84 Kb.
#55769
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
o`zbekiston respubli valyutasi

11-modda. Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha aktivlarni repatriatsiya qilish

Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha aktivlarni repatriatsiya qilish norezident majburiyatlarining quyidagilar orqali to‘liq yoki qisman bajarilishidir:

norezidentning majburiyatlari bo‘yicha pul mablag‘lari yoki tovar kelib tushishi (ishlar bajarilishi, xizmatlar ko‘rsatilishi);

norezidentning majburiyatini bir turdagi qarshi talablarni hisobga olish yo‘li bilan tugatish;

norezidentning tomonlar o‘rtasidagi mavjud dastlabki majburiyatini xuddi o‘sha shaxslar o‘rtasidagi boshqa predmetni yoki bajarish usulini nazarda tutuvchi o‘zga majburiyat bilan almashtirish yo‘li bilan tugatish;

sug‘urta to‘lovlarini olish.

Agar rezident norezidentga nisbatan talab qilish huquqidan boshqa rezident foydasiga voz kechsa, repatriatsiya qilish to‘g‘risidagi talabning bajarilishini ta’minlashga doir tegishli majburiyat talab qilish huquqini qabul qilgan rezidentga o‘tadi.

Rezident (norezident) tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha aktivlarning repatriatsiya qilinishini ta’minlashi shart.

Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha aktivlarni repatriatsiya qilish muddati norezidentning majburiyatlari yuzaga kelgan sanadan e’tiboran 180 kundan oshib ketsa, mazkur operatsiya kapital harakatining operatsiyasi sifatida baholanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Tashqi savdo operatsiyalarining bajarilishi ustidan nazorat va monitoringni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son)

Oldingi tahrirga qarang.


Yüklə 54,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin