Mundarija: Kirish I bob


-modda. Kapital harakati operatsiyalari



Yüklə 54,84 Kb.
səhifə24/33
tarix19.04.2022
ölçüsü54,84 Kb.
#55769
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
o`zbekiston respubli valyutasi

16-modda. Kapital harakati operatsiyalari

Kapital harakati operatsiyalari jumlasiga joriy xalqaro operatsiyalar bo‘lmagan barcha xalqaro (transchegaraviy) valyuta operatsiyalari, shu jumladan quyidagilar kiradi:

investitsiya faoliyatini amalga oshirish, jumladan rezidentlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan o‘z filiallarini aylanma mablag‘lar bilan to‘ldirish;

kreditlar (qarzlar) olish va berish, lizing operatsiyalarini amalga oshirish;

ko‘chmas mol-mulkni sotib olish va sotish;

chet davlatlardan mablag‘larni jalb etish hamda ularni chet davlatlardagi hisobvaraqlar va omonatlarga joylashtirish;

intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan mutlaq huquqni to‘liq olish yoki sotish.

O‘zbekiston Respublikasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb etish va ularni repatriatsiya qilish, shuningdek to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalarini amalga oshirish munosabati bilan olingan huquqlardan foydalanish cheklovlarsiz amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi diplomatik va boshqa vakolatxonalarining ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ko‘chmas mulk obyektlarini olish va qurish bo‘yicha kapital harakati operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qog‘ozlarni norezidentlar tomonidan sotib olish tartibi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan Markaziy bank bilan birgalikda belgilanadi.




Yüklə 54,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin