Innovatsion loyihalarni baholash
Investitsion loyihalarni baholash usullari hamma hollarda ham yagona bo’lmasliklari mumkin, chunki investitsion loyhalar xarajatlarning ko’lamlari, ulardan foydalanish muddatlari, hamda foydali natijalar bo’yicha g’oyatda katta xavflarga egalar.
Katta kapital kiritmalarni atalb qilmaydigan, mahsulotni ishlab chiqarishni o’zgarishiga katta tahsir ko’rsatmaydigan, hamda foydali foydalanishning nisbatan kichik muddatiga ega. Mayda investitsion loyhalarga hisoblashning oddiyroq usullarini qo’llash mumkin.
Shuning bilan bir vaqtda kattaroq investitsion xarajatlarni talab qiluvchi ko’lamliroq investitsion loyihalar yangi qurilish, qaytadan qurish, mahsulotlarning tubdan yangi turlarini o’zlashtirish omillarining katta sonini hisobga olish va buning natijasida murakkabroq hisoblashlarni o’tkazish, hamda samaradorlikni baholash usullarini aniqlab olish zrurligini keltirib chiqaradi. Korxona xo’jalik faoliyati natijasida investitsion loyiha qanchalik ko’lamliroq va katta o’zgarishlar qanchalik ko’p bo’lsa, pul oqimlarini hisoblash va investitsion loyiha samaradorligini baholash usullari shunchalik aniqroq bo’lishlari kerak.
Investitsion loyihalarni amalga oshirishdan kelib chiqqan pul oqimlarini harakatlanishi bir qator yillar davomida o’tganligi holati ularning samaradorligini baholashni qiyinlashtiradi. Investitsion loyihalarni vaqtning uzoqroq davri davomida tatbiq etilishi korxonaning iqtisodiy salohiyati va xo’jalik faoliyati
natijalariga tahsir ko’rsatishini hisobga olish bilan ularning samaradorligini baholashdagi xato katta moliyaviy xatorlar va yo’qotishlar olib kelishi mumkin.
Iqtisodiyot faniga investitsion loyihalar samaradorligining loyihaviy va haqiqiy ko’rsatkichlari o’rtasidagi farqning bir necha asosiy sabablari ma’lum. Sabablarning birinchi guruhiga investtsion loyiha samaradorligini ayrim olimlar, ilmiy xodimlar va korxona mutaxassislarining subhektiv nuqtai nazarlari bilan asoslangan ongli ravishda oshirilishi va ularning moliyaviy resurslarni seklash uchun kurashlari
kiradi. Bunday hisoblashlardan korxonalarda boshqaruvning tegishli tizimlarini tashkil qilish yo’li bilan himoyalanish mumkin, ular korxona vazifaviy xizmatlar ishini muvofiqlashtirish va nazorat qilishga yoki investitsion loyihalarning samaradorligini baholash bilan bog’liq hisoblashlarning ob’ektivligini
tekshirishga mustaqil ekspertlarni jalb qilishga imkon beradilar.
Xulosa
Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni hayotga tadbiq etishda, aholinig ijtimoiy turmush tarzini yanada ko’tarishda, qolaversa xalqning farovon hayoti uchun bevosita o’z ta’sirini ma’lum bir ma’noda o’tkazishda, siyosiy-ijtimoiy nuqtai nazardan ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi omil sifatida xayotiy siklda bevosita ishtirok etuvchi korxona-tashkilotlarning o’rni bozor munosabatlari davrida muhim ahamiyatni kasb etadi. Bu omillarning rivojlantirishda va hamda ularning iqtisodiy salohiyatini oshirib, sog’lom raqobat muhitida o’z mavqega ega bo’lishda, davr talabiga monand ilmiy tixnik va ma’naviy yangiliklarning o’z vaqtida amaliyotda tadbiq etish maqsadga molikdir.
Zamonaviy texnologiyalar asosida korxonalarda yangicha ishlab chiqarishni tashkil qilish, qo’shimcha xizmat turlarini taklif etish va mavjud mahsulot va xizmat turlarining sifatini oshirish asosida korxonalarni boshqarishni innovatsion jihatdan rivojlantirish jamiyat zaruriyatidir.
Innovatsiyani ilmiy izlanishlarda, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarda xalqaro standartlarga asosan qo’llanilishi, bu bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkiliy strukturaning to’g’ri tashkil etilganligidan dalolat beradi. Xalqaro strandartlarga asosan innovatsiya orqali, umumun inovatsion faoliyat orqali qo’lga kiritilgan yangi bir turdagi mahsulotni, xizmatni yoki ularni takomillashtirilgan ko’rinishda bozorga kiritilishi, shu bilan birgalikda yangi yoki mukammallashtirilgan texnologik jarayonlarni amaliyotga tadbiq etilishi bu ijtimoyi xizmatlarga bo’lgan yangicha yondashuvni shakillantirib beradi.
Tashkilotlarga kirishdagi innovatsiyalar, ya’ni bunda xom – ashyolarga, materiallarga, ma’lumotlar va mashina uskunalarga bulgan tanlovda o’zgarishlarni tushunish mumkin. Tashkilotlardan chiqishdagi innovatsiyalar, ya’ni bunda to’lov berilgan buyumlar, xizmatlar, texnologiyalar va hokazolar tushuniladi. Tashkilotning tizimli strukturasidagi innovatsiyalar, ya’ni boshqaruv, ishlab chiqarish va texnologik strukturadagi innovatsiyalar.
O’zbekistonning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi jahon bozorida milliy mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarning erkin savdosini tashkil etish va keskin raqobat sharoitida mamlakatlararo tovar ayriboshlash sohasida o’z o’rnini topishga zamin yaratadi. Buning uchun mamlakatning ilmiy va texnologik salohiyatini ko’tarish, birinchi navbatda, iqtisodiyotining barcha tarmoqlari, jumladan, ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish sohalarida texnik darajani tiklash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, ilmiy texnika taraqqiyoti mahsulotlarini amaliyotga joriy etishni jadallashtirishga katta e’tibor qaratish lozim.
Shu maqsadda «Sirg’ali dehqon bozori» Ochiq aktsiyadorlik jamiyatining faoliyatida innovatsion texnologiyalarining kiritilishi o’rganib chiqildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori chiqqan.
Mamlakat miqyosida innovatsion faoliyat bozor talablarini e’tiborga olgan holda iqgisodiyotning barcha tarmoqlarini qamrab olishi zarur. Aks holda soha va tarmoqlarni samarali rivojlantirish uchun zarur bo’lgan miqdorda foydani olishga erishish qiyin muammo bo’lishi bilan birga ishlab chiqarish jarayonini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish shaklida olib borishga salbiy ta’sir etadi.
Tadqiqotlar natijasida iqtisodiy-ijtimoiy tizimlarning innovatsion rivojlanish xiliga o’tishning tashkiliy boshqaruv jarayonining ta’minlanishi uchun quyidagi tadbirlar taklif qilinmoqda:
- koroxonaning ishlab chiqarish va sotish operatsiyalarini markazlashtirish;
- mahsulotlarni oddiy maqsadlar va operatsiyalar orqali ishlab chiqarishga yordam beruvchi egiluvchan tashkiliy texnologik tizimini yaratish. Buning asosida ilmiy ishlab chiqarish tizimini yangi avlodni qabul qilish yoki mukammallashtirish yotadi;
- istiqbolli sohalarni egallashga qaratilgan innovatsion tadbirkorlik firmalarni, ilmiy laboratoriyalarni yaratish;
- o’zida istiqbolli ilmiy izlanishlarni va ishlab chiqarish, moliyalashtirishni, ularning natijalaridan foydalanish huququni egallash, mutaxassislarni o’qitish va qayta o’qitishni moliyaviy jihatdan ta’minlash, maslahat berish xizmatlarini olgan ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni shakllantirish;
- ilmiy izlanish ishlarini olib boish uchun boshqa firmalar bilan aloqani tashkil etish, yangilik firmalarni tashkil etish. Yirik innovatsion loyihalarni amalga qo’llash;
- yetakchi mutaxassislardan keng integratsiyalashuvga o’tish asosida boshqaruvni demokratik va koodinatsion usullarini rivojlantirish. Innovatsiyalarni yaratish uchun ajratilgan mablag’lardan foydalanishni nazorat qilish, undan samarali foydalanish uslublarini takomillashtirish, innovatsiya ishlarini olib boruvchi sub’ektlar o’rtasidagi munosabatlarni takomillashtirish ularning manfaatdorligi va javobgarligi bilan bog’liq.
Dostları ilə paylaş: |