Mundarija kirish ma’ruza matnlari


Respublika byudjeti daromadlari g’azna ijrosini hujjatlashtirish



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə32/83
tarix07.01.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#202418
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83
G’aznachilik hisoboti-fayllar.org (1)

4. Respublika byudjeti daromadlari g’azna ijrosini hujjatlashtirish

Davlat byudjeti, jamg’armalar byudjeti, byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa mablag’lari, bojxona organlari g’azna depozit schyoti daromadlari kassa ijrosi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’limlari tomonidan yuritiladi.

Buxgalteriya hisobi bo’yicha xodimlar ko’chirmalar va ularga ilova qilingan hujjatlarni olgandan so’ng hujjatlarni sinchiklab tekshirib, tegishli byudjet, jamg’arma byudjeti, byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa mablag’lari, bojxona organlari g’azna depozit schyoti daromadlari bo’yicha tushgan summalarni to’g’ri qabul qilinganligini o’rnatishi va ushbu tushumlar olib borilishi lozim bo’lgan daromadlar tasnifi kodini aniqlashi kerak.

Byudjet tasnifi Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlashdan iboratdir.

Byudjet tasnifi Davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida byudjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va u byudjet ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlaydi.

Davlat byudjeti daromadlarining tasnifi barcha darajadagi byudjetlar daromadlari, davlat maqsadli jamg’armalari hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari daromadlarining guruhlanishidan iborat. Ya’ni, daromadlar tasnifi yordamida Davlat byudjetiga kelib tushayotgan barcha ko’rinishdagi daromadlar va tushumlarni turlari, kimlardan kelib tushayotganligi va respublikamizning qaysi hududlaridan kelib tushayotganligi to’g’risida etarlicha aniq ma’lumotlarni olish mumkin.


Yigirma bir koddan iborat bo’lgan daromadlar tasnifi tuzilmasi to’rt qismli ko’rinishga ega:
  1. mablag’lar manbasi va byudjetlar darajasi tasnifi;


  2. daromadlar turi;


  3. tashkiliy tasnif


  4. hududiy tasnif.


Daromadlar tasnifi tuzilmasi quyidagi ko’rinishga ega:


Mablag’lar manbasi va

byudjetlar darajasi
tasnifi

Daromadlar turi


Tashkiliy


tasnif

Hududiy
tasnif


X XXX X X


X XXX XXX


XXX

XX XXX


Tekshirilgan hujjatlar kunlik ravishda daromadlar turi bo’yicha dasturiy majmuaga byudjet tasnifining har bir kodi bo’yicha kiritiladi.

Byudjet tasnifi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va 2010 yil 20 avgustda Moliya vazirining 65-son buyrug’i bilan tasdiqlangan hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 11 oktyabrda 2146-son bilan ro’yxatga olingan “O’zbekiston Respublikasi Byudjet tasnifini qo’llash bo’yicha Yo’riqnoma” bilan tartibga solinadi.

Har kuni buxgalteriya hodimlari tomonidan g’aznachilikka hizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan taqdim etilgan ko’chirmalarga asosan tegishli byudjet, jamg’arma byudjeti, byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag’lari, bojxona organlari g’azna depozit schyoti mablag’lari bo’yicha alohida-alohida Daromadlar haqida ma’lumotnoma (3 -shakl) rasmiylashtirilib tegishli 274 - son shakldagi Memorial orderga muomala sodir bo’lgan vaqtdan so’ng keyingi kundan kechiktirmay o’tkaziladi va hujjatlar ilova qilinib tikiladi. Daromadlar kitobiga ma’lumotlar avtomatik o’tkaziladi. Shundan keyin shu kundan kechiktirilmay G’aznachilik organi bosh buxgalteri tomonidan Daromadlar haqida ma’lumotnoma (3 -shakl) da daromadlar tasnifini aks ettirilganligi, buxgalteriya yozuvlari tekshiriladi va 274 - son shakldagi Memorial order tasdiqlanadi.

Moliya organi bosh buxgalteri G’aznachilik buxgalteriyasi tomonidan tasdiqlangan yuqorida keltirilgan hujjatlarni tekshirib chiqadi. Unda sintetik va analitik hisob ma’lumotlarini muvofiqligi tekshiriladi va G’azna dasturiy majmuada “Ijroga” belgisini qo’yadi va ma’lumotlar bosh daftarga va hisobot shakllariga avtomatik o’tadi.

Yuridik va jismoniy shaxslarning byudjetga ortiqcha to’langan summalarni qaytarilishi bo’yicha yozgan arizalari soliq inspektsiyasiga kelib tushadi. Soliq inspektsiyasi to’lovchilarning shaxsiy hisobvaraqlaridagi ma’lumotlarga asosan ko’rsatilgan to’lov bo’yicha to’lovchida ortiqcha to’langan summaning mavjudligi to’g’risida hulosa beradi va uni to’lovchining arizasi bilan birga ko’rsatilgan summani byudjetdan qaytarish yoki uni kelgusi to’lovlar hisobiga o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilish uchun moliya organiga beradi.




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin