Loyihani moliyaviy tahlil qilishning mohiyati va turlari Xoliqov Avazbek
Loyihaning moliyaviy samaradorligini foyda balansi yordamida aniqlashning oddiy usuli
Loyihani birinchi hisobda hisob-kitoblar bilan samaradorligini hisoblashda soddalashgan usulda foyda hisoboti modelidan foydalanib aniqlashimiz mumkin.
ROI= EBIT (1-T)/ Cy/b - Cy/o
ROI- buxgalteriya asosidagi investitsiya rentabelligi
EBIT – bank kredit to‘lovlari va soliq to‘lovlaridan oldingi foyda
T – unifikatsiyalangan (yagon) soliq
Cy/b - Cy/o – yil boshidagi va yil yakunidagi kapital qiymati.
Ko‘rinib turibdiki, loyihaning foydalilik darajasi soliq va kredit foizini to‘lashdan oldingi foyda ko‘rsatkichida ko‘rinadi. Ko‘p hollarda tijorat banklari loyihani samaradorlik darajasini hamda kreditni qaytarib berish quvvatini aniqlashda bu ko‘rsatkich 30% dan yuqori bo‘lishini nazarda tutadi. Bu ko‘rsatkich qancha yuqori bo‘lsa kreditni qaytarish koeffitsiyenti yuqori deb tushuniladi. Investitsiyalar iqtisodiyotning o'sishini, ishlab chiqarishning rivojlanishini ta'minlovchi muhim omildir. Iqtisodiy islohotlaming samarasi ham oqilona va baquvvat investitsiya siyosatini o'tkazishga ko'p jihatdan bog'liqdir.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti hozirgi kunda, umuman, o'zgacha shaklga keldi. Bank-moliya tizimi takomiIIashmoqda. Iqtisodiyotga ko'pgina yangi tushunchalar kirib kelmoqda. Shular jumlasidan investitsiyalaming loyihaviy moliyalashtirish tushunchasidir. Investitsiyalami loyihaviy moliyalashtirish - bu pul mablag'lari mobilizatsiyasi shakllarining bir ko'rinishi bo'lib, unda yirik masshtabli loyihalami amalga oshirishda bir qancha moliyakredit institutlari ishtirok etadi va investitsion sarf-xarajatlar esa qaytadan tashkil etilayotgan obyektlaming bo'lajak daromadlari
hisobiga qoplanadi. I.I.Mazur va boshqalaming. Investitsiya kitobida esa.Loyihaviy moliyalashtirish, bu investitsion Joyihalami amalga oshirish maqsadida moliyaviy resurslami kredit ko'rinishida taqdim etishdir ... deb ta'rif berilgan. Bu yerda, kredit qarz oluvchiga nisbatan hech qanday regressiz. cheklangan yoki to'liq refessli bo'lishi mumkin deb yozilgan. Regress deganda, qarzga olingan summani taqdim etilishiga bo'igan talab tushuniladi. Yirik loyihalaming moliyalashtirishini tashkil etish uchun loyiha tashabbuskori loyihaning boshqa ishtirokchilari va banklar bilan birgalikda mo'ijallangan loyihaning texnik-iqtisodiyasosi (TIA) va biznes-rejasini batafsil o'rganadilar. Loyihaviy moliyalashtirishning quyidagi tamoyillari mavjud:
• investitsion loyihada loyihani amalga oshirishga tayyor ishonchli sheriklaming ishtirok etishi;
• loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi va loyiha-smeta huijatlarining yuqori talab darajasida ishlab chiqilishi;
• loyihani yetarli darajada kapitallashuvi;
• loyihaning qurilish-montaj va ekspluatatsiya mezonlarini batafsil o'rganib chiqish (transport, mahsulotni ishlab chiqarish, marketing va boshqalar);
• loyiha riskini baholash va uni loyiha ishtirokchilari o'rtasida taqsimlash;
• garov yoki boshqa ta'minotning maqsadga muvofiq mavjudligi.
Loyihaviy moliyalashtirishda loyihani amalga oshirishga kerak bo'ladigan pul mablag'larining asosiy hisob-kitob ishlari, loyiha tashabbuskorlarining imkoniyatlari, qarz mablag'lariga bo'igan ehtiyoj, bo'lajak (kutiladigan) foyda, potensial investitsion va savdo-sotiq risklari loyihalashtirishning oldi, investitsiya va ekspluatatsiyaga berilishi bosqichlarida baholanishi mumkin. Loyihaviy moliyalashtirish usullari G'arbiy Yevropa mamlakatlarida o'tgan asming 80-yillari bosh ida turli xii moliyaviy operatsiyalami bajarish maqsadida foydalana boshlandi. Bu operatsiyalar loyiha tashabbuskorlari va qarz to'lovlariga bo'igan xarajatlami kamaytirishga, moliya-kredit institutlarining yordamidan foydalanishga imkoniyat yaratgan edi. Demak, loyihaviy moliyalashtirish deganda, bu korxona va tashkilotning iqtisodiy va texnik hayotiyligini ta'minlash, o'z navbatida korxona qarzini to'lashga yetarli bo'lgan pul tushumlarini boshqarish tushuniladi. Amaliyotdagi kredit operatsiyalari jarayonida bank birinchi o'ringa qarz oluvchining kredit tarixini o'rganishga, uning iqtisodiy, moliyaviy ahvoliga va ta'minot turlari va garovga berilayotgan mulkni baholashga diqqat-e'tiborini qaratsa, loyihaviy moliyalashtirishda esa asosiy e'tibor loyiha tahliliga qaratiladi. Loyihaviy tahlilning asosiy obyekti, bu loyihaviy hujjatlar (loyihani texnik-iqtisodiy asoslash)dir. Loyihaviy tahlilning asosiy maqsadi, bu investitsion loyihaning moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini aniqlab berish, investitsion loyihaning smeta xarajatlari va moliyalashtirish manbalarini aniq belgilash hamda risklami baholashdir.
Loyiha tahlilining asosiy yo'nalishlariga texnik tashkiliy, huquqiy, ekologik, tijorat-iqtisodiy, moliyaviy yo'nalishlarini kiritishimiz mumkin. Yirik masshtabli loyihalami amalga oshirishda ko'pgina ishtirokchilar jalb qilinpdi:
• loyiha tashkilotchilari;
• tashkilotchilar ta'sis etgan loyihaviy kompaniya;
• kreditorlar (tijorat banklari, bank konsorsiumi);
• pudratchilar (bosh pudratchi, subpudratchilar);
• asbob-uskunalami yetkazib beruvchilar;
• sug'urta kompaniyalari;
• loyihaviy kompaniya chiqarayotgan aksiya va boshqa qimmatli qog'ozlami sotib oluvchi institutsional investorlar;
• moliyaviy maslahatchilar;
• operator-kompaniyalar, obyektni ekspluatatsiya (ishlab chiqarish)ga kiritgandan so'ng, untng investitsion faoliyatini boshqaradi. Investitsion loyihalami baholashda loyihaning ishonchliligini ta'minlovchi quyidagi mezonlardan foydalaniladi:
• texnik-iqtisodiy asoslanganlik va moliyaviy rejaning qoniqarliligi;
• loyiha tomonidan ishlatiladigan mahsulot va xomashyo manbalari va qiymatlarining kafolatganligi;
• loyihaning ma'qul narxlarda yoqilg'i bilan ta'minlaganligi;
• loyiha mahsulotlari va xizmatlarini sot ish uchun bozor hamda bozorgacha transport xarajatlari ma'qul narxlarda mavjudligi;
• qurilish materiallarini kutilgan narxlarda sotib olish mumkinligi;
• pudratchi, foydalanuvchi va boshqaruvchi personallaming tajribali va ishonchliligi;
• loyiha ishonchsiz texnologiyalarini o'z ichiga olmasligi;
• hamkorlar va manfaatdor tomonlar bilan shartnomaviy kelishuvlar tuzilgan, litsenziya va ruxsatnomalar olinganligi;
• valuta risklarining taqsimlanganligi;
• loyiha qo'shimcha ta'minoti sifatida qimmatli aktivlarga egaJigi;
• yetkazilayotgan resurs va aktivlaming tegishli sifatlari ta'minlanganligi;
• tegishli sug'urta to'lovlari qarab chiqilganligi;
• fors-major holatIari. to'xtab qolishlar xavfi (yetkazib berishda. qurilishda va boshqalar) harajatlaming o'sishi hisobga olingan va ulaming taqsimlanganligi;
• loyiha investorlami qoniqtiruvchi ko'rsatkichlarga egaligi;
• foiz stavkalari va intlyatsiyaning haqiqiy holati hisobga olinganligi. Haqiqiy investitsion loyiha har doim ham yuqorida sanab o'tilgan barcha mezonlarga mos kelavermaydi. Yuqoridagi mezonlar loyihaviy moliyalashtirishni muvafaqiyatli kechishi uchun beshta asosiy tamoyillaming belgilab olishni taqozo etadi:
• investitsion loyihalaming xayotiyligi;
• loyihani amalga oshirishda tajribali, kuchli va vijdonli hamkorlaming ishtiroki;
• loyiha barcha risklarining hisobi va taqsimoti;
• barcha huquqiy jihatlami tartibga solib borish;
• loyihani amalga oshirishda sifatli biznes-rejaning mavjudligi va aniq muvofiqlashgan harakat rejalarini ish lab chiqish.
Budjet investitsiyasi, bu budjetdan bevosita beriladigan
mablag'lardir. Bu davlat investitsiya dasturiga kirgan maqsadli investitsiya loyihalariga berilib, u qaytmaslik xususiyatga ega. Budjetdan bevosita beriladigan mablag'lar asosan ijtimoiy sohalar qurilishlariga va muhim strategik ahamiyatga ega bo'lgan investitsiya loyihalari uchun beriladi va bu loyihalar ko'proq ijtimoiy samara berishlari lozim. Budjet krediti, bu yuridik shaxs maqomini olgan korxonalarga O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga asosan shartnoma asosida .beriladi va bu berilgan summa qaytarilish xususiyatiga ega.Professor D.G'.G'ozibekov ta'kidlab o'tganidek, “davlat korxonalariga nisbatan, davlat budjetidan investitsiya ajratishni, belgilangan va past darajadagi imtiyozli foiz stavkalari asosida davlat moliya institutlari tizimi tomonidan boshqariladigan kreditga aylantirilib, uni tendir asosida taqsimlash bozor talabiga mos keladi’’.
Budjet krediti olish uchun, uning qaytarilish ta'minoti bo'lib, tijorat banklari kafilligi, mol-mulk garovi, likvidli mablag'lar, jumladan, aksiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlar hisoblanadi.Budjet krediti oldin berilgan budjet mablag'\arini o'z vaqtida qaytargan yuridik shaxslarga beriladi. Budjet krediti mablag'larini qarz oluvchi tijorat banklarida ochilgan maxsus hisob-raqamlariga pul ko'chirish orqali o'tkaziladi. Budjet kreditini olgan yuridik shaxs budjet kreditIari summasi va unga hisoblangan foizlami o'z vaqtida qaytarishlari, shu bilan birga, budjet kreditidan maqsadli foydalanishlari shart. Bundan tashqari ular budjet kreditidan foydalanish to'g'risida kerakli moliya organlariga hisobot va ma'iumotiar taqdim etishlari shartdir. Investitsiya loyihalarini amalga oshirilayotgan investorlami budjet mablag'lari hisobiga moliyalashtirishning maxsus shakllaridan biri bo'lib, investitsion soliq krediti hisoblanadi. Bu alohida hollarda berilgan budjetkreditlarini va unga hisoblanadigan foizlarni to'lash uchun yuridik shaxslarga soliq to'lash bo'yicha vaqtincha berilgan imtiyozdir. Bu imtiyozlar bir martalik, bosqichli yoki soliq stavkalarini kamaytirish orqali amalga oshirilishi mumkin. Investitsion soliq krediti korxonalaming daromad (foyda) solig'iga hamda mahaIIiy soliqlarga nisbatan bir yildan besh yilgacha berilishi mumkin. Investitsiya soliq krediti quyidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirilayotgan korxona va tashkilo~larga beriladi.
• ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi tashkilotlar;
• atrof-muhitni sanoat va boshqa chiqindilar itloslanishidan saqlovchi yoki ulami qayta ishlovchi korxona va tashkilotlar;
• nogironlar uchun ish o'rinlarini yaratuvchi korxonalar.
Ba'zi hollarda muhim investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi korxonalarga davlat budjeti hisobiga davlat kafolati hamda maxsus shartlarda beriladi. Lekin bu loyiha bo'yicha davlat barcha risklar summasini qoplamasligi mumkin. Bundan tashqari, korxona qarama-qarshi ta'minot turini, shu jumladan, garov majburiyatini
ta'minlashi lozim bo'ladi. Investitsiya loyihalarini budjetdan moliyalashtirish tijorat
banklarida ochilgan quyidagi hisob-raqamlari orqali amalga oshiriladi:
-23442 - Investitsiya dasturini moliyalashtirish uchun davlat budjetidan va markazlashgan kreditlar hisobidan ajratilgan bank (avans) mablag'lar;
-23402 - Respublika budjeti mablag'lari;
-23426 - Tumanlar, shahar mahalliy budjet mablag'lari;
-23430 - ViloyaUar mahalliy budjet mablag'lari;
-23432 - Qoraqalpog'iston Respublikasi mahalliy budjeti mablag' lari;
-23422 -Kapital qo'yilmalami respublika budjetidan moliyalashtirish:
-23424 - Kapital qo'yilmalami mahalliy budjetlardan moliyalashtirish va boshqalar.
Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan kapital qo'yilmalar limitlari
Investitsiya jarayonlarida davlatning ishtirokini qisqartirishga yo'naltirilgan mamlakatda o'tkazilayotgan ma'muriy islohotlar markazlashtirilgan mablag'lar hajmin'ing pasayishiga olib keldi. 2021 yilgi tasdiqlangan investitsiya dasturiga asosan budjet mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiyalar hajmi 460 mlrd so'mni yoki jami investitsiya loyihalarini moliyalashtirish man~alarining 9,2%ini tashkil etdi.
Moliyalashtirish shakllarining turli-tumanligi o'zgarib turishi mumkin. Biroq ular
tushumlar va asosiy xarajatlaming ta'minlanganligi uchun yetarli bo'lishi kerak. Ko'p hollarda loyihani ishlab chiquvchilar investorlar va kreditorlarga uning jozibadorligini ta'minlash maqsadida loyihaning qiymatini pasaytirishga harakat qiladilar. Investitsion loyihalami moliyalashtirish usullari:
• O’z-o’zini moliyalashtirish
• Aksionerlashtirish
• Kreditlash
• Byudjetdan Moliyalashtirish
• Lizing orqali Moliyalashtirish
• Venchurli Moliyalashtirish
• Loyihaviy Moliyalashtirish
• Qarz mablag’lari orqali
• Jalb qilingan mablag’lar
Xulosa. Moliyaviy tahlil tahlilning moliyaviy rentabellilik tahlili, moliyalashtirishga ehtiyoj tahlili, loyihani ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning moliyaviy tahlil, xarajatlarning qoplanishi tahlili kabi turlarini o’z ichiga oladi. Moliyaviy rentabellik tahlili loyiha pozitsiyasidan amalga oshiriladi va loyihaning hayot davri davomida investitsiyadan keladigan samarani baholashdan iborat. Bu tahlil pul tushumlari va chiqimlarihisobotiga tayanib, diskontlangan tushum (daromad)lar va chiqim (xarajat)lar yordamida turli rentabellik ko’rsatkichlarini, shuningdek, ichki foyda me’yori, sof keltirilgan qiymat, investitsiyalar rentabelligi kabi mezonlar bo’lib hisoblangan ko’rsatkichlami hisoblashga asoslangan. Moliyalashtirishga ehtiyoj tahlili hukumat, loyihadan foydalanuvchilar va undan manfaat ko’ruvchilar pozitsiyasidan turib amalga oshiriladi va uning maqsadi loyihani investitsiyalash va uni ekspluatatsiya qilish uchun kerak bo’lgan barcha moliyaviy ehtiyojlami prognoz qilishdan iborat. Zarur hisob-kitoblar joriy baholarda tuzilgan moliyaviy rejada aks ettiriladi. Loyihani ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotni moliyaviy tahlidan
maqsadi tashkilotning moliyaviy ahvoli va boshqaruv sifatini aniqlashdan iborat. Bu tahlil o ’z ichiga uchta moliyaviy hisobotni tayyorlash, tahlil etish va prognoz qilishni oladi. Bular foyda va zararlar hisoboti, pul mablag’lari tushumlari va chiqimlari hisoboti va balans hisobotidir. Bu hisobot shakllari prognoz qilinib, intervallar bo’yicha ko’rsatkichlar hisoblanadi. O ’z navbatida ular bir qancha moliyaviy ko’rsatkichlami hisoblash uchun baza hisoblanadi. Bu ko’rsatkichlarda umumiy likvidlik, shu muddatdagi likvidlik, umumiy to ’lov qiymati koeffitsienti va boshqalar o ’z ifodasini topadi.