Mayda donador (sochiluvchan) materiallarni toblash (pishirish) uchun foydalaniladigan pechlar metallurgiyada (konsentratlarni toblash uchun),: kimyo sanoatida (kolchedan, superfosfat va boshqalarni toblash uchun) qullaniladi. aydalangan ohaktoshdan mavhum qaynovchi qatlamda SaSo3+ SaO+SO2 reaksiya asosida ohak olish uchun ishlatiladigan pech kursatilgan.
U balandligi bo‘yicha besh qismga qubbasimon panjaralar bilan bulingan. Sovitish bulimiga berilgan havo ta’siridan va undan keyingi qismda mazutning yonishi natijasida hosil bo‘lgan tutun gazlar.
Aylanuvchi barabanli pechlar Sement klinkeri (toshqoli)ni toblab pishirish uchun mo‘ljallangan aylanuvchi pechning tuzilishi 2.4-rasmda keltirilgan. U ichki tomondan o‘tga chidamli material bilan futerovka qilingan (qoplangan, himoya qilingan) va gorizontga nisbatan biroz qiya (taxminan 4%) joylashgan po‘lat silindrdan iborat.
Xom-ashyo pechning balandroq joylashgan tomonidan beriladi va u past tomonga, ya’ni tutun gazlari bilan uchrashadigan tomonga siljib boradi. Silindrning pastki uchida uzun yoqgich o‘rnatilgan, unga klinkerni sovitish bo‘limidan isib chiqqan havo beriladi. Sovitish bo‘limi sovuq havo beriladigan qator barabanlardan iborat bo‘lib, ularga pech aylanganda qizigan kliner kelib tushadi.
Pechga berilgan material o‘z harakatining boshida quritish bo‘limidan o‘tadi. Bu bo‘limda material 2000C gacha qizdiriladi, tutun gazlar esa 2000C dan 3000C gacha soviydi. Keyin material isitish bulimiga utadi, bu erda materialda kimyoviy o‘zgarishlar yuz bermaydi. Yuqori haroratlar (tg = 1500 +12000C) bo‘limida material 10000C gacha qiziydi va unda silikatlarning yuqori darajada qurishi, karbonatlar dissotsiatsiyasi va boshqa kimyoviy reaksiyalar sodir buladi.
Kichik o‘lchamli va unumdorligi unchalik katta bo‘lmagan aylanuvchi pechlar keramzit, gips, ohak va boshqa materiallarni pishirish uchun qo‘llaniladi