2.2.O'quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik shartlari MTT zamonaviy pedagogik texnologiya o'zining pedagogika va boshqa fan yutuqlari bilan bog'liq xususiy nazariyasiga ega; u birinchi galda o'quv-tarbiyaviy jarayonini ilmiy asosda qurishga yo'naltirilgan, o'qitishning axborotli vositalaridan va didaktik materiallardan, faol metodlardan keng foydalanishga asoslangan o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga zamin yaratadi.Ta’lim ijtimoiy tizimning bir qismi bo'lib, u o'z rivojlanishida jamiyat taraqqiyotining yo'nalishlariga bog'liq ravishda ro'y berayotgan aksariyat o'zgarishlarga muvofiq o'zgara boradi. Ana shu doirada innovatsiyalar ta'lim oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy shartlaridan hisoblanadi. Pedagogik nazariya va amaliyotning tahlili shuni ko'rsatadiki, ta ’lim sohasiga umumjahon ahamiyatiga molik bo'lgan quyidagi asosiy yangiliklar xosdir:moliyalashtirish va boshqarish sohalaridagi o'zgarishla, ta'lim tizimi tuzilishidagi muntazam o'zgarishlar,ta’lim texnologiyasida ro'y beradigan doimiy o'zgarishlar va h.k.Shunday qilib, yangi texnik vositalar va yangi texnologiyalarta'limga yangi tartib-qoidalarni kiritish uchun eng muhim komponentlardan biridir. Biroq ularni qanday qilib tatbiq etish va amalda foydalanishni bilib olish, aslida, hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Buning uchun maxsus tayyorgarlik, katta kuch va ko‘p vaqt sarflash lozim, ya’ni ta ’limda innovatsion jarayonlarning tatbiq qilinishi bilan o'qituvchining roli pasaymaydi, balki o'quv-tarbiya jarayonining yuksak bosqichlarida yana ham ortadi. Bu esa pedagogdan o'z ilmini yangidan va tanqidiy tahlil etishni talab etadi. Chunki yangi tartib qoidalardan foydalandimi yoki axborot manbai sifatida qolib ketadimi, bu narsa ayni o'qituvchiga bog'liq. O'qituvchi o'quv texnologiyasining bevosita tartib-qoidalariga jiddiy tayyorlangan, yo'lyo'riq olgan, moslangan, rulilangan bo'lishi lozim.Pedagogning ijodiy potensiali uning o'z ijodkorlik sifatlarini shakllantirishga intilishida, pedagogik odobining namoyon bo'lishida, qobiliyati va kasbiy malakasini takomillashtirishida, kutilmagan vaziyatlarda topqirlik qila olishida, o'quvchi-talabalarni komillik sari mohirlik bilan etaklay olishida ko'rinadi.Pedagogik jarayonda o'zining yangi g'oyalarni ishlab chiqish qobiliyatini doimo rivojlantiradigan va takomillashtiradigan o'qituvchi iqtidorli hisoblanadi. Pedagogik ijodiyot-o'z mohiyatiga ko'ra odamning yangi bilimlarni hosil qilish va takomillashtirish bo'yicha ijodiy ishining kasbiy, maxsus ifodasidir. Pedagogik izlanish o'qitishda doimo ma’lum yo'nalishdagi subyektga nisbatan aniqlashtirilgan bo'ladi. Pedagogik izlanish natijasida yangilikning asosiy namoyon bo'lish shakllari kundalik o'quv-tarbiyaviy muammolarning nostandart yechimlari, pedagogik ta’sir usullarining metodik va nazariy jihatdan mukammal ishlab chiqilishi, ixtiro etilishi va takomillashuvi hamda ulardan samarali foydalanishda ko‘rinadi.Yangi ta’lim tizimi mazmuniga o‘tmishning qimmatbaho ma’naviy qadriyatlarini kiritish va unutilayozgan yoki taqiqlangan ba’zi birlarini qayta tiklashdan maqsad o‘tmish oldida egilish emas, balki unga tayanib, ijodiy foydalangan holda rivojlanishning yangi pog‘onasiga chiqish demakdir.Bugun biz yangi ko‘rinishdagi ta’lim tizimini ishlab chiqishda sivilizatsiyasining eng ko‘p gullab-yashnagan davridagi, ya’ni VII-XII asrlardagi mehnat va kasb ta’lim tajribalariga tayanmog‘imiz lozim. O‘sha davr madaniyati va fanining asosini ta ’lim tashkil etgan, rivojlanishning eng yuqori cho'qqilariga erishish yo‘lida faylasuf va pedagoglaming aniq va konseptual g‘oyalari shakllangan edi. Hozirgi zamon atamasi bilan aytganda, ta ’lim va tarbiya, ilm — bu uzluksiz ravishda ma’naviy, jismoniy va aqliy salohiyatini rivojlantirish jarayonidir. O'sha davr faylasuflari insonning m a’naviy, jismoniy va aqliy xususiyatlarini yakka mujassamlikda, deb belgilashgan. Bunday falsafiy pedagogik konsepsiya ta’lim jarayonini shaxsning ma’naviy-axioqiy xususiyatlarini boshlab beruvchi omil deb, e’tirof etadi. Bu konsepsiyalarning mazmuni faqatgina faylasuflar ishlarida emas, balki mehnat va ijodning turli vakillari asarlarida ham o‘z aksini topgan edi.Masalan, risola - bu hunarmandlar va ularning o'quvchilari uchun mo‘ljallangan qo'llanma bo'lib, unda urf-odat, rasm-rusum, turli udumlar majmuasi aks ettiriladi. Risolalar kichik hajmdagi kitobcha shaklida bo'lib, ularning mazmuni ushbu soha hunarmandchiligi bo'yicha mashg'ulotlar va ba’zi bir pandu nasihatlami o'zida mujassamlashtirgan.
Xulosa
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish katta ahamiyatga ega boʻlib kelmoqda.Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi.Shu bois, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo‘lib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimni yaratish ko‘zda tutildi.Sohadagi islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimi isloh qilindi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi qayta ko‘rib chiqildi, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish choralari kuchaytirildi, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy etildi.Maktabgacha ta’lim Bugungi kunda maktabgacha ta'lim tizimida qator islohotlar o‘tkazilmoqda, ularning bari bolalar va pedagoglar manfaatlari yo‘lida xizmat qilishiga, shuningdek maktabgacha ta'lim sifatini yaxshilashga qaratilgan. Tizimda qanday muammolar mavjud va ular qay tariqa hal qilinmoqda? Sohada qanday yangiliklar kuzatilmoqda? Islohotlardan nimalarni kutish mumkin? Maktabgacha ta'lim vazirligi (MTV) tizimida o‘zgarishlar talaygina. Ularga imkon qadar batafsil to‘xtalib o‘tamizBugungi kunda maktabgacha ta’lim mazmunini takomillashtirishda o‘ziga xos metodik, pedagogik, psixologik tayyorgarlik bilan ishlash davr taqazosiga aylandi. Chunki maktabgacha ta’lim mazmunini takomillashtirish keng ma’noli tushuncha bo’lib, uni samarali amalga oshirish maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining holati, tarbiyachi-pedagoglar, tarbiyachi yordamchilari, ota-onalar hamda bolalarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki innavatsion bo‘lishi lozimligini talab etadi. “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi asosida kompentensiyaviy yondashuv jarayonida pedagogik-psixologik, metodik, badiiy adabiyotlar soni va sifati, har bir yosh guruhiga mos va xos adabiyotlar bilan boyitib borish ham muhim masaladir. Bolalarni o‘ynab turib o‘ylashga undovchi muammoli vaziyatlarni o‘yinlarda aks ettiruvchi ta’limiy rivojlantiruvchi o‘yin markazlari tashkil etish va ular faoliyatini muvofiqlashtirishda ota-onalar va jamoatchilikning jalb qilinishi va boshqa shu kabi omillar maktabgacha ta’lim mazmunini oshiradi.Zamonaviy mutaxassislarning asosiy g'oyalaridan biri pedagogika fanlari Ta'lim ishlarini olib borishning yangi usullarini, to'liq tendentsiyalar, maqbul ehtiyojlar, ota-onalarning kognitiv ehtiyojlarini o'rganish zarur. Maktabgacha ta'limda innovatsiyalar O'rnatilgan ta'lim an'analarini eksperimental va ijodiy tushunish bo'yicha hamma joyda qidirib topilgan, muammosi keskin, shaklning o'ziga xosligi bilan tavsiflangan uslubiy amaliyotlar va shaklning o'ziga xosligi bilan tavsiflanadi. Shu sababli, hatto ko'p yillik amaliyotga ega bo'lgan o'qituvchilar ham tajriba pedagogik joylari va maktabgacha tashkilotlar faoliyatida izchil innovatsiyalarni amalga oshirishni ta'minlash qiyin maktabgacha ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalardan foydalanish haqida fikr va mulohazalar qilinadi.Maktabgacha yoshi - bu bolaning atrofida dunyoni faol o'rganadigan davr. Maktabgacha yoshdagi bolalar o'zlarining psixologik rivojlanish xususiyatlariga ega. Yurish boshlaganida, bola juda ko'p kashfiyotlar qiladi, xonada, ko'chada bolalar bog'chasida joylashgan narsalar bilan tanishadi. Zamonaviy jamiyatni va ayniqsa ta'limni axborotlashtirish zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini takomillashtirish va ommaviy tarqatish jarayonlari bilan ajralib turadi. Ta'lim sohasida ushbu texnologiyalar ma'lumot uzatish va o'qituvchi va talabaning zamonaviy ochiq va masofadan turib o'qitish tizimlarida o'zaro ta'sirini ta'minlash uchun faol foydalanilmoqda. Zamonaviy o'qituvchi nafaqat o'z sohasi bo'yicha bilimlarga ega bo'lishi, balki o'z kasbiy faoliyatida AKTdan foydalanishi kerak. Texnologiya so'zi (yunon tilidan. Texnika - logotip, o'qitish). Umumiy ma'noda fan, xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, mahsulotlarni qayta ishlash yoki ularni iste'mol tovarlariga aylantirish usullari va texnikasini anglatadi.Tor ma'noda, texnologiya - bu mehnat usullari, moddiy, texnikaviy, energetika, ishlab chiqarishning mehnat dalillari to'plamlari, ularni muayyan talablarga javob beradigan mahsulot yoki xizmatni yaratish uchun birlashtirish usullarida amalga oshiriladigan ilmiy va muhandislik bilimlari majmui.