O’ZBEKISTONDA METALLURGIYA SANOATI MAJMUIawsdxawSDx
beshinchidan, muhandis-texnik va boshqaruv kadrlarining malakasini oshirishni, qayta tayyorlashni tashkil etish oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlim va ilmiy muassasalar bilan kooperatsiyani kuchaytirish yo‘li bilan;
oltinchidan, qattiq raqobat sharoitlarida jamiyatning samarali ishini taʼminlashga qodir bo‘lgan kasb mahoratining yuqori darajasiga yetishda motivatsiyalangan, qobiliyatli, vijdonli va vatanparvar yosh mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha maqsadli ishlarni olib borish yo‘li bilan jamiyatning kadrlar salohiyatini mustahkamlash.“O‘zmetkombinat” AJ qora metall parchalari va chiqindilari lom sotib olish bo‘yicha yagona vakolatli organdir, shunga muvofiq O‘zbekiston Republikasi hududida yig‘ilgan metallolom faqat kombinatga topshirilishi lozim.
Respublikaning lom tanqisligi va qora metall prokati mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini qoplash maqsadida kombinat menejmenti metallolom topshirilishini ko‘paytirish uchun boshqarishning zamonaviy bozor mexanizmlarini qo‘lladi, metallolomga narxni o‘z vaqtida oshirish ulardan biridir, hozirgi vaqtda uning narxi bir tonnasi uchun 2,5 mln. so‘mni tashkil etadi (QQS siz), bu metallolom narxining 4 baravarga oshganini ko‘rsatmoqda.Metallolom topshirilishining ko‘payishi hukumat strategiyalarini va rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish doirasida ko‘p obʼyektlarni ishga tushirish hisobiga kombinat tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning hajmini oshirishga imkon beradi.
Qora metall prokati, shu jumladan po‘lat soqqalar sotuvi birja savdolari orqali, shuningdek to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar orqali o‘rtacha birja narxlar bo‘yicha respublikaning yirik isteʼmolchilariga, budjet hisobiga moliyalashtirilayotgan isteʼmolchilar bundan mustasno, har yili tasdiqlanayotgan qora metallar prokatini ishlab chiqarish va sotish balansiga asosan amalga oshiriladi.
‘zbekiston Respublikasida 1 noyabr holatiga ko‘ra 974 ta metallurgiya sanoati korxonalari mavjud bo‘lib, ular tomonidan 2020 yilning yanvar-oktyabr oylarida 63,3 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi. Tarmoqning 2019 yil yanvar–oktyabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 104,3 % ni tashkil etgan.