Mundarija



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/30
tarix02.01.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#43354
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
osimliklarga zarar keltiradigan nematodalardan patogen organizmlarni ajratish va organish

1.1-rasm.  Fitonematodalar  bilan  zararlangan  o`simliklarning    vegetativ  a`zolari. 

Bunda:  A - kartoshka;  B – piyoz; C – pomidor;  D –g`o`za;  E -ituzum;  F –sabzi.  

 



 

18 


P.K.  Erjanova  o`z  tadqiqotlarida  Samarqand  viloyati  Samarqand  tumanida 

g`o`za  va  uning  rizosferasi  tuprog`i  nematodafaunasini  o`rganib,  ushbu 

o`simlikning  vegetativ  a`zolari  va  rizosferasi  tuprog`ida  84  tur  nematoda 

uchrashini  aniqlaydi.  Nematodafauna  tarkibidagi  12  tur  fan  uchun  yangi  turlar  deb 

topiladi.  P.K.  Erjanovaning  ma`lumotlariga  binoan    Samarqand  tumanining 

paxtachilik  bilan  shug`illanuvchi  xo`jaliklarida  g`o`za  o`simligining  yer  usti 

vegetativ  a`zolarida    nematodalar    miqdori  ildiz  sistemasidagiga  nisbatan  10 

barobar  kam  bo`lishini  qayd  qiladi.  Shuning  bilan  birga  g`o`zaning  yer  usti  va  yer 

osti  vegetativ  a`zolarida  uchrovchi  turlarning  barchasi  rizosfera  tuprog`i 

qatlamlarida  ham  uchratilgan.  Bundan  tashqari  tuproq  qatlamlarida  topilgan 

nematoda  turlari  va  ularning  individlari  miqdorini  qatlamlar  bo`yicha  o`zaro 

solishtirilganda,  0-10  sm  li  tuproq  qatlami  pastki  qatlamlarga  nisbatan 

chuvalchanglar  ancha  ko`p  va  turli-tuman  bo`lishi  bilan  ajralib  turadi.  Shunday 

qilib,  hozirgi  vaqtda  O`zbekistonning  ko`pgina  viloyatlarida  g`o`za  va  uning 

rizosfera  tuprog`i  nematodafaunasi  190  turdan  iborat  bo`lishi  aniqlanadi.  Ushbu 

fauna  tarkibidan  joy  olgan  parazit  fitonematodalardan  bo`rtma  nematodalari,  poya 

nematodalari,  afelenx  va  pratilenxlar,  shuningdek  ektoparazit  turlar  g`o`za 

maydonlarida  ancha  keng  tarqalganligi  isbotlab  berildi.  Ushbu  nematodalarning 

salbiy  faoliyati  tufayli  ko`pgina  viloyatlarda  sabzovotchilik,  kartoshkachilik,  kanop 

etishtirish  va  paxtachilikka  katta  zarar  keltirish  e`tiborga  olingan  O`zbekiston 

Respublikasi  sharoitida  sabzavot  ekinlarining  nematodafaunasini  o`rganish  va  ular 

orasidan  parazit  fitonematodalarni  aniqlash  ishiga  dastlab  prof.  A.T.To`laganov 

asos  solgan.  U  Zarafshon  vodiysining  Buxoro,  Karmina,  Kattaqurg`on  va 

Samarqand  tumanlari  sharoitida  pomidorning  nematodafaunasini  o`rganib,  ushbu 

o`simliklarning  vegetativ  a`zolarida  hamda  rizosferasi  tuprog`i  qatlamlarida  25 

turdan iborat nematodalar  bo`lishini  aniqlaydi  [50, 59].  

 

Nematodafauna  tarkibidagi  turlar oddiy afelenx (Aphelenchoides parietinus), 



Kyun  afelenxi  (A.Kűhnii),  poya  nematodasi  (Ditylenchus  dipsaci)  va  maysa 

pratilenxi  (Pratylenchus  pratensis)  kabilar  sabzavot  ekinlariga,  jumladan  pomidor 




 

19 


uchun  ham  zararli  ekanligini  qayd  etadi.  A.T.To`laganovning  keyinchalik  olib 

borgan  tadqiqotlarida  Zarafshon  vodiysining  turli  tuman  va  xo`jaliklarida  sabzavot 

bodring,  qand  lavlagi,  piyoz,  karam,  sabzi  va  pomidorning  fitonematodalarini 

o`rganish  ishini  davom  ettirib,  ushbu  o`simliklarda  turli-tuman  fitonematodalar 

uchrashini  hamda  ularning  ayrimlari  sabzavot  ekinlari  uchun  katta  havf 

tug`dirishini  isbotlaydi. 

 

A.T.To`laganovning  ma`lumotlariga  binoan  piyozda  23  tur,  bodringda  26 



tur,  pomidorda  28  tur  va  sabzida  20  tur  nematodalar  bo`lishi  bilan  xarakterlangan. 

Sabzavot  ekinlarining  yer  usti  va  ildiz  sistemalarida  topilgan  turlarning  ko`pchiligi 

o`simlik  shirasi  bilan  oziqlanuvchi  parazit  fitonematodalardan  iborat  bo`lgan. 

Shunisi  xarakterli  bo`lganki  tadqiq  etilgan  sabzavot  ekinlarining  barchasini 

vegetativ  a`zolarida  parazit  turlardan  Ditylenchus  dipsaci  va  Aphelenchoides 


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin