Mundarija


  1.4.2. Kimyoviy usul



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/30
tarix02.01.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#43354
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
osimliklarga zarar keltiradigan nematodalardan patogen organizmlarni ajratish va organish

 


 

28 


1.4.2. Kimyoviy usul 

 

O`simliklarning  parazit  nematodalariga  qarshi  kurashda,  ularga  ta`sir  etuvchi  



kimyoviy  moddalar  topishga  qaratilgan  izlanishlar  ancha  oldin  boshlangan. 

Masalan,  1871-yilda  Kyun  Germaniya  lavlagi  nematodasiga  qarshi  oltingugurt 

uglerodini  qo`llagan,  lekin  qoniqarli  natija  bermagan.  Keyinchalik  oltingugurt 

uglerodini  AQSH  dab  bo`rtma  nematodalariga qarshi qo`llanilgan va bu yerda ham 

natija  ko`ngildagidek  bo`lmagan.  Bu  sohadagi  dastlabki  yaxshi  natija  birinchi 

jahon  urishidan  keyin  Angliyada  nematodalarga  qarshi  xlorpikrinni  qo`llanilganda 

olindi.  Xlorpikrin  yordamida  olib  borilgan  ijobiy  natijalar  Korolina  shtatida 

(AQSH)    va  sobiq  SSSR  da lavlagi hamda bo`rtma nematodasiga qarshi kurashda 

namoyon bo`ladi [55].  

 

Amerika  armiya  tomonidan  xlorpikrin  ananas  plantatsiyalariga  bo`rtma 



nematodalariga  qarshi  kurashda  foydalanilgan  va  bu  bir  necha  yillar  yaxshi  natija 

bergan.  Nematodalarga  qarshi  xlorpikrinni  sanoat  miqyosida  ishlab  chiqarish 

1937-yildan  boshlangan.  

 

1940-yilda  metilbromidni  yuqori  nematotsidlik  xususiyati  borligi  ma`lum 



bo`ldi,  ikkinchi  jahon  urishi  yillarida  amerikalik  tadqiqotchilar  D-D  (1,3-

dixlorpropen-1,2  dixlrpropan)  va  etilen-dibromid  (1,2-dibrometan)  lardan  keng 

foydalanishgan  [52]. 

 

Dastlabki  ijobiy  natijalar  olingandan  so`ng,  tuproq  va  o`simliklarni 



nematodalardan  tozalash  uchun  ishlatiladigan  preparatlar  yangi  avlodlarini  izlab 

topishga  katta  e`tibor  qaratilgan.  1950-yillardan  boshlab  asosan  AQSH  va  Angliya 

bozorlarida  har  yili  yangidan-yangi  preparatlar  paydo  bo`la  boshladi.  Bulardan 

nemagon, varam, milon,  talon va boshqalar keng foydalanilib  kelingan. 

 

Nematotsid  xususiyatli  zaxarli  kimyoviy  moddalarni  ishlab  chiqarish  va 



tarqatilish  tezlik  bilan  olib  borildi.  Bu  preparatlarni  narxini  balandligi  uni 

sotilishiga  ta`sir  etmadi.  Buni  bir  misol  bilan    izohlash  mumkin.  Janub  bo`rtma 

nematodasi-Meloidogyne  incognita  ga    qarshi  kurashda  tuproqni  ishlov  berishda 

1m

2



  joydagi  bodring  ekiladigan  maydonga  0,05-0.3  so`m  mablag`  sarf  etiladi.  Shu 


 

29 


maydonda  bu  usul  qo`llanilgan  qo`shimcha  daromat  sifatida  bodringdan  2-8  so`m 

foyda ko`rilgan  [50]. 

 

MDH  da  o`simliklarning  parazit  nematodalariga  qarshi  kurashishda 



foydalaniladigan  yangi  kimyoviy  moddalarni  ishlab  chiqish  Ya.  V.  Samo ylov 

nomidagi  o`g`itlar  va  insektofungitsidlar  ilmiy-tadqiqot  instiituti  va  boshqa  ko`plab 

tashkilotlarda  olib  borildi.  Hozirda  MDH  sanoatida  bir  qator  yuqori 

samaradorlikka  ega  nematotsid  preparatlari  ishlab  chiqaradi.  Tavsiya  etilgan 

nematotsid  preparatlarga  metilbromid,  karbation,  nemagon,  №  23,  №  93  

preparatlari  tiofos,  xlorpikrin  va  boshqalarni  misol  qilib  keltirish  mumkin.  Bu  kabi  

preparatlardan  foydalanish  chog`ida  uni  ishlatish  talablariga  qat`iy  rioya  qilish, 

shaxsiy  va  ommaviy  xavfsizlik  charalari  ko`rilgan  holda  amalga  oshirish  lozim. 

Qo`llash  muddatlari  va  me`yorlari  buzilganda  nematoasidlar  aks  ta`sir  etishi 

mumkin,  masalan,  ekinlarqattiq  zararlanishi,  nobud  bo`lishi  mumkin.  Bundan 

tashqari  ular  odamlar  va  hayvonlarning  sog`lig`iga  ham  jiddiy  ziyon  etkazadi  [2, 

49].  


 

Tuproq  fumigantlari-nematotsidlarni  amalyotda  qoniqarli  qo`llash  uchun 

quyidagi  talablarni  bajarish  lozim: 

 

1.  Nematotsid  tuproqqa  shimilish  yoki  kamida  30  sm  chuqurlikka  o`tishi 



kerak.  Ba`zida  parazit  nematodalr  tuproqning  chuqurroq  qavatlarida  uchraydi, 

bunday  paytlarda  zaharli  kimyoviy  moddalarni  yanada  chuqurroqqa  yuborish talab 

etiladi.   

 

2.  Nematotsidlar  parazitni  o`rab  turuvchi  turli  to`siqlar:  sistalar,  o`simlik 



ildizining  to`qimalari,  kutikulasi,  tuxim  qobig`idan  o`tishi  lozim.  Shunda 

nematotsid nematodani nobud qiladi.   

 

3.  Nihoyat,  nematotsidlar  qo`llanilgach,  ma`lum  bir  vaqtdan  so`ng  tuproqda 



o`simlik  oziqlanishi  uchun  zararli  hisoblangan  zararli  moddalar  qolmasligi  talab 

etiladi. 

 

Tuproqda  nisbatan  tez  va  bir  tekisda  gazlar  tarqaladi.  Gazlardan 



nematotsidlar  sifatida  foydalanishning  anchagina  murakkabligi  bor  va  kam 


 

30 


maydonni  qamrab  oladi.  Biroq,  shunday  bo`lsada,  kichik  maydonlarni  qayta 

ishlashda  yaxshi  natija  beradi.  Foydalanish  uchun  nisbatan  qulay  usuli  bu-

suyuqlikni  bug`lantirish  hisoblanadi.   

 

Agar  yetarli  miqdorda  suv  zaxirasi bo`lsa, tuproqning yuzasiga qattiq, suvda 



eriydigan  nematotsid sepiladi  va keyin  serob qilib sug`oriladi  [29].  

 


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin