Muomala madaniyati haqidagi fikringiz



Yüklə 37,42 Kb.
tarix06.06.2020
ölçüsü37,42 Kb.
#31781
15-mavzu falsafa

Savollar

  1. Muomala madaniyati haqidagi fikringiz.

  2. Muomala madaniyatining axloqiy madaniyatning tarkibiy qismi va uning ijtimoiy-tarixiy ahamiyati sifatida qanday tushunasiz?

  3. Asosiy axloqiy qadriyatlar haqida nimalarni bilasiz?

  4. Kasbiy odobning axloqiy madaniyat bilan uyg‘unligi haqidagi fikringiz.

  5. Tibbiy va ekologik tarbiyaning axloqiy asoslari haqida nimalarni bilasiz?

  6. Sog‘lom turmush tarzining barkamol avlod axloqiy tarbiyasidagi ahamiyati deganda nimalarni tushunasiz?

  7. San’atning shaxs axloqiy tarbiyasiga ta’siri haqidagi fikringiz.

  8. Zamonaviy axloqiy tarbiyaning yutuqlari va kamchiliklari haqida nimalarni bilasiz?

  9. “Ommaviy madaniyat”ning yoshlar dunyoqarashiga ta’siri haqidagi fikringiz.

  10. Zamonaviy axloqiy tarbiyada kosmopolitizmga moyillik haqida nimalarni bilasiz?

  11. Bioetika haqidagi fikringiz

Javoblar

  1. Bilamizki hozirgi zamonda muomala madaniyati hayotning asosiy uzaglaridan biri hisoblanadi. Chunki insonlar bir biriga qanday muomala bilan murojat qilishi uni qanday tarbiya kurganidan darak beradi. Hozirgi zamonda bu haqda har hil iboralar, maqollar mavjud. Masalan yaxshi gap bn ilon inidan chiqadi, yomon gap bn pichoq qinidan. Bunday frazalardan juda kup. Inson bu hayotda ya'ni o'tkinchi hayotda bir biriga mehrli bulishi va hushmuomala bulishi darkor. Shunda hammasi joyida hech qanaqa muommo tug'ulmaydi. Bulsayam osonlik bn yechiladi va Hal qilinadi. Men shunday o'ylayman.



  1. Axloqiy madaniyat mohiyatiga ko‘ra inson ongining jamiyat bilan aloqadorligi, jamiyat oldida burchli ekanligi, o‘z xulq-atvorini jamiyat taraqqiyoti darajasiga bog‘liqligini tushunishi, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy me’yor, ideal hamda talablarni bajarishda mas’uliyatni his etishi, ma’naviy-axloqiy bilimlarning e’tiqodga aylanishi va bu e’tiqodlarning tizimliligi, mustahkam ma’naviy-axloqiy his-tuyg‘u va xislatlarni shakllantirish, o‘quvchi-tadabalar tomonidan ma’naviy-axloqiy xulq-atvor jamiyat a’zolariga bo‘lgan hurmat-e’tiborni namoyon etuvchi mezonlardan ekanligining anglab yetilishi, ma’naviy-axloqiy odatlarning shakllanishi va boshqalarda namoyon bo‘ladi.

Axloq va axloqiylik muammolari insonning ijtimoiy munosabatlarida muhim o‘rin tutgani bois, bu masala azaldan yetuk faylasuflar, allomalarning diqqat-e’tiborida turgan. Chunonchi, o‘z asarlarida inson axloq normalarini egallasagina ma’naviy kamolotga erishishi mumkinliini ta’kidlagan Abu Nasr Forobiy axloqiy kamolot shartlari va asoslarining sharhiga alohida to‘xtalib, axloqiy kamolotga erishish, avvalo, shaxs jamiyat a’zolari bilan faoliyatda mushtarak-mutanosib bo‘lsa, uning ongida nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy manfaatlarga ham moyillik yuzaga kelishi orqali amalga oshishini ko‘p bor tilga oladi.

Buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy axloqiylik insonning kishilarga, jamiyatga va o‘z-o‘ziga real, amaliy munosabati asosida shakllanishini ta’kidlaydi. Beruniy insonni oliy mavjudot sifatida tavsif etar ekan, Alloh unga inoyat etgan aql-zakovatga munosib bo‘lmog‘i kerakligini bayon etib, insondagi noxush axloqsizlik, badfe’llik, avvalo, uning o‘zi uchun, qolaversa, jamiyat uchun katta musibat keltirishini uqtiradi.

Axloqiy qadriyatlar tabiat hamda inson, jamiyat va milliy– elatlarning ijtimoiy hayotidagi jarayon, voqealik hodisalarga xos axloqiy munosabatlarni ham o‘z ichiga qamrab olgan. Axloqiy qadriyat umuminsoniy xususiyatga ega bo‘lish bilan birga millat xususiyatlarga ham boydir. Ayniqsa, qadriyat umuminsoniy xususiyatga ega bo‘lish bilan birga milliy xususiyatlarga o‘zining mazmun–mohiyati, mavqei, jamiyat va inson kamolidagi ahamiyati va betakrorligi, serqirra va sermazmunligi bilan millatimiz mentalitetiga xos va ma’naviyatimizga mos hamda hayotimizning uzviy bir qismi, ya’ni ma’naviy hayotimizning negizi sifatida ajralib turadi.

Axloqiy qadriyatlarning tub ma’nosi har bir jamiyatga adolat, birdamlik, ezgulik, mustaqillik, tenglik va erkinlik imkoniyat asosida komil, yetuk va mukammal insonni kamol toptirishga qaratilgan. Mustaqil yurtimizda yuz berayotgan salohiyatli iqtisodiyotni barpo etish, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish, huquqiy va ijtimoiy munosabatlarni yangilash, ijtimoiy–mafkuraviy va ma’naviy–axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish, fuqarolarda fikr erkinligi, tafakkur teranligi, Vatanga sadoqat, tashabbuskorlik va ishbilarmonlik, kasbkorlik, odob va madaniyatni yuksaltirish, mulkdorlik sinifni shakllantirishda axloqiy qadriyatlar muhim zamin va omil bo‘ladi va bo‘lmoqda.



  1. Axloqiy qadriyatlar turli xalqlarning madaniyati, turmush tarzi, mehnat faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, e’tiqodi, psixologiyasi, diniy qarashlari, milliy manfaatlari, mafkurasi bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Bu esa axloqiy qadriyatlar milliy, mintaqaviy qiyofa kasb etishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun turli xalqlarda axloqiy qadriyatlarga, ularni belgilash mezonlariga yondoshish, ularga amal qilish darajasi ham aynan bir xil bo‘lmaydi. Axloqiy qadriyatlarning milliy jihatlari ana shu tariqa shakllanadi. Har bir millat o‘z qadriyatlarining nafaqat yaratuvchisi, balki asrab-avaylovchisi va kelajak avlodlarga yetkazuvchisi hamdir. Milliy axloqiy qadriyatlarning saqlanishi uchun har bir millatning o‘zi mas’uldir. Ushbu mas’ullik milliy rivojlanish jarayonida shakllangan axloqiy burchning alohida shaxslarga emas, butun millatga xos namoyon bo‘lishini anglatadi. Hatto mustamlakachilik sharoitida yashagan xalqlarda ham milliy axloqiy qadriyatlar butunlay yo‘qolib ketmaydi

  2. Kasb axloqi - jamiyat tomonidan qabul qilingan axloq qoidalarini kishilarning ixtisoslariga nisbatan amalda tatbiq qiluvchi aniq kasbiy burch, sha’n, or-nomus, qadr-qimmat kabi xatti-harakatlarning majmui, umumiy axloqning kishilar kasb-koridagi o‘ziga xos ko‘rinishidir.

Kasb axloqi - har bir kasb-hunarga xos axloqiy norma, prinsip va sifatlarni o‘rganadi va hayotga tatbiq etadi.

Jamiyat rivojining tarixida ijtimoiy mehnat taqsimotining paydo bo‘lishi mehnatning bir turi bilan band bo‘lgan kishilar guruhlarining kasb – hunar jihatidan ajralib chiqishiga va shunga muvofiq ravishda turli xil mutaxasisliklarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu esa har–bir insonning qilayotgan mehnat tarziga, mehnatni tashkil qilish usullariga qarab, ulardan muayyaan turdagi harakatlar va ruhiy quvvatlarni sarflashni talab etadigan qaytarilmas, o‘ziga xos ko‘nikmalarni vujudga keltiradi. Inson voyaga etib, bir kasbning boshini tutgach o‘z kasbi doirasida odamlar bilan muntazam munosabatda bo‘ladi.

Yillar o‘tishi bilan ishlab-chiqarish, fan va texnika rivojlanib, ijtimoiy mehnat taqsimoti yanada chuqurlashadi. Bu jarayonning o‘zluksiz davom etishi esa o‘z navbatida, har biri muayyan ijtimoiy funksiyani bajaradigan yangidan-yangi faoliyat sohalari paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ularning sohiblari esa shunga ko‘ra muayyan ijtimoiy burchlarni bajara boshlaganlar. Mazkur burch va majburiyatlar muayyan axloqiy qoidalar va xulq-atvor normalarida o‘z aksini topdi. Shunday qilib, Kasb axloqining paydo bo‘lish o‘zluksiz mehnat taqsimotining mahsuli, uning axloqiy dasturi, axloqiy bahosi sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi.

Kasb axloqi axloqiy madaniyat tizimida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki inson voyaga etib, bir kasbning boshini tutgach, o‘z kasbi doirasida odamlar bilan muntazam munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat, bir tomondan, hamkasabalar davrasida ro‘y bersa, ikkinchi jihatdan, u kasb talabiga binoan uchrashadigan turli toifadagi odamlar bilan yuzaga keladi. Ayni paytda, kasbiy odob axloqiy madaniyatning eng yuksak shakllaridan biri; uning jamiyat axloqiy hayotidagi o‘rni yuksak.



  1. Hozirgi jahonda ekologik vaziyat keskinlashishi, ko‘plab yerlar o‘zlashtirilishi, botqoqliklar qurishi, o‘rmon massivlarining kamayishi, suvlarning ifloslanishi natijasida hayvonlar, qushlar, baliqlar, o‘simliklarning ko‘plab turlari butunlay yo‘qolib ketdi, ba’zilari yo‘qolib ketish arafasida turibdi. Aholining o‘sishi, shaharlar, yo‘llar, sanoat korxonalarining ko‘plab qurilishi natijasida hayvonlarning yashash maydonlari doirasi torayib bormoqda. Bu esa ularning soni va turlari ham kamayishiga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekistonning Qizilqum sahrolarida bundan 50-60 yil muqaddam minglab jayronlar yurar edi. Hozir esa ular nihoyatda kamayib ketdi. Har bir hayvonning o‘z naslini saqlash, o‘zini himoya qilish imkoniyati bor. Lekin hayvonot olami va o‘simliklarning asosiy, bevosita himoyachisi insondir. Inson bu masalaga vaqtinchalik manfaatdan emas, balki axloqiy burch, mas’uliyatdan kelib chiqib yondashishi kerak. Bu boradagi axloqiy mas’uliyatni unutish xatarlidir. Hayvonlar va o‘simliklarning yo‘qolgan turlarini tiklash qiyin. Buning ustiga, biror turning yo‘qolishi tabiatning ichki qonuniyatlari tizimida ham juda katta yo‘qotishlarga olib keladi.

  2. Nikohlanuvchi shaxslar ushbu Nizomga muvofiq 2004 yildan boshlab psixik, narkologik, tanosil kasalliklari, sil kasalligi va OIVG‘OITS yuzasidan tibbiy ko‘rikdan o‘tib kelmoqdalar. Shu o‘rinda e’tirof etish joizki, tibbiy ko‘rikning sog‘lom oila barpo etishdagi roli va ahamiyatini yoshlarimiz teran anglab yetmoqda. Nikohga kirish uchun ariza bergan nikohlanuvchilar (asosiy qismi 20 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar)ning deyarli barchasi o‘z xohish-irodasi, ixtiyori bilan tibbiy ko‘rikka yo‘llanma olib, shifokorlar tekshiruvidan to‘liq o‘tib kelayotgani, o‘zi va bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘ining salomatligi haqida ma’lumotga ega bo‘lgani holda nikohdan o‘tayotgani yoshlarimizda sog‘lom farzand ko‘rish va sog‘lom nasl qoldirish mas’uliyati ortayotganidan dalolat beradi.

Respublikamizning har bir FHDYO bo‘limi va Nikoh uyi qoshida “Yosh oila quruvchilar maktabi” tashkil etilgan bo‘lib, ushbu o‘quv mashg‘ulotlarida tegishli mutassadi tashkilot vakillari, jumladan hokimiyat, xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari, psixolog, imom-xatib, tibbiyot hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari jalb etilib, tibbiy ko‘rikning ahamiyati, erta va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari haqida hamda qonuniy nikohsiz birga yashab kelayotgan oilalarni oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, 2015 yildan Adliya vazirligi va Respublika “Oila” ilmiy-amaliy Markazining FHDYO organlari qoshida tashkil etilgan “Yosh oila maktabi” o‘quv mashg‘ulotlarida seminar-treninglar joriy etish haqida qarori qabul qilindi va chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Ushbu qaror mustahkam oilalarni barpo etish, yosh nikohlanuvchilarning huquqiy bilim va malakalarini oshirish, oilada tibbiy va ekologik tarbiya hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida qabul qilindi. Sog‘lom turmush tarzini shakilantirish to‘g‘risida asosiy yondashuvlar insonlarning to‘laqonli faoliyat olib borishida iqtisodiy ijtimoiy shart sharoitlarni taminlash, insoning sog‘lomlashtirish qonun qoidalariga muvofiq o‘z hayotining sog‘lom turmush tarzini yaratishda faoligini oshirishni taqazo etadi. Bu ma’noda tadqiqodchilar bir qator yo‘nalishlarni ilgari suradilar masalan:

Jamiyatda umum gigienik tizimni takomilashtirish;

Jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish yo‘nalishi. Bunda reobilitatssiya va profilaktika qilishda kishilarga qulay shart sharoitlar yaratish ko‘zda tutiladi.

Ekologik yo‘nalish. Bunda atrof muhitning ekologik holatini muvozanatlashtirishda davlat nazoratini kuchaytirish nazarda tutiladi.

Madaniy marifi yo‘nalish. Bunda jamoatchilik asosida kishilarda tibiy va madaniy ongni yuksaltirish ko‘zda tutiladi. Chunki, sog‘lom turmush tarzini shakilantirishda kishilardagi tibiy ong, tafakkur tarzi ham muhim ahamiyatga ega sanaladi.

Sog‘lom turmush tarzini falsafiy-ma’naviy, psixologik mezonlarini quyidagicha ta’riflash mumkin: — oilada, ta’lim maskanlari va jamoat joylarida yosh qizlar va ayollarning kiyinishlariga alohida e’tiborni qaratish; — oilada va jamoat joylarida yoshlarning muomala madaniyatini shakllantirishda sog‘lom turmush borasidagi xalqimizning o‘ziga xos an’analari va qadriyatlarini, otalar va momolar o‘gitlarini alohida sog‘lom ma’naviyatli oilalar tajribasini ibrat omili sifatida keng targ‘ib etish; — yoshlarni sportga, jumladan, oilaviy sportga ijobiy munosabatini shakllantirishda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tadbirlar, oilaviy sportchilar an’analaridan foydalanish; — oila a’zolarida, birinchi navbatda yoshlar orasida hayot mohiyatini anglash, umr qadriyatini e’zozlash, hayotiy faoliyatni oqilona tashkil etish madaniyatini shakllantirish; — islom falsafasidagi orastalik va ozodalik tamoyillarini omma orasida targ‘ib etish orqali suv, havo, yer va suv qadriyatlari borasida ijtimoiy fikrni shakllantirish. Umuman, salomatlik falsafasining shaklanishi sog‘lom va xalqchil marosimlar, urf-odatlar va milliy doimiy qadriyatlar bilan bevosita bog‘liq.

Sog‘lom turmush tarzi hayot kechirishning maqsadga muvofiq ravishda tashkil etish, umr qadrini anglab yetishni nazarda tutadi. Sog‘lom turmush tarzi yomon illatlar bilan kelisha olmas ekan, oilaviy sharoitni yaxshilash, ya’ni undagi ma’naviy-psixologik muhitni barqarorlashtirish muhim vazifalardan bo‘lib qolaveradi.


  1. Axloqiy tarbiyani mustahkamlashning eng muhim vositalardan biri san’atdir. San’at tarixiy taraqqiyot jarayonida hamisha ijtimoiy ehtiyojlarni qondirib kelgan. San’at ijtimoiy hayotning murakkab, rango-rang munosabatlari bilan aloqador bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida ham mehnatning alohida turi, ham ijtimoiy ishlab chiqarishning maxsus sohasi, ham ijtimoiy ongning bir shakli, ham o‘ziga xos bilim sohasi, ham ijodiy faoliyatning bir ko‘rinishi sifatida amal qiladi. San’at ijtimoiy hayotning mustaqil bir sohasi bo‘lib, o‘ziga xos qonuniyatlari asossida yashaydi, rivojlanadi. San’at jamiyatning barcha tomonlariga ta’sir o‘tkazadi, ijtimoiy ongning barcha shakllari bilan aloqaga kirishadi, hayotning turli jabhalarida odamlar faoliyat olib borishlarini rag‘batlantiradi. Shu jumladan axloqiy tarbiyada ham uning hissasi beqiyosdir.

San’at mohiyatan insonning xis-tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan muhim ma’naviy hodisa bo‘lib, u insonnning mehnati, aql-idroki, ongu-tafakkurining mahsulidir. San’at inson faoliyatining ijodkorlik turini anglatib, har bir san’at asarida shaxsning o‘ziga xos iste’dodi namoyon bo‘ladi.

San’at keng ma’noda, badiiy qadriyatlar, ularni yaratish badiiy ijod qilish va iste’mol badiiy idrok etish jarayonlarini ham qamrab oladi. Faylasuf-san’atshunos Erkin Umarov san’at va axloqning o‘zaro munosabatlari estetikada o‘zak masalalardan biri ekanligini va bu masalaga uch uslubda yondoshilishini ta’kidlaydi. Ularning birinchisi - «axloqiylik» uslubi bo‘lib, “axloqiylik”ning mohiyati shundaki, uning targ‘ibotchilari tarixan turli davrlarda yashaganiga qaramay, badiiy ijodni axloq-odobga bo‘ysundirish, ezgulikni san’atning birdan-bir va eng oliy maqsadi sifatida targ‘ib etishdir.”

San’at va axloqning bosh mavzui inson hisoblanadi. San’at insonning maqsad-manfaatlari, fikr-mulohazalari, his-tuyg‘ulari, ichki kechinmalari nuqtai nazaridan aks ettirsa, axloq inson ijtimoiy aloqalari va munosabatlarining mag‘ziga singib ketadi. Hayotda axloq-odobga aloqador bo‘lmagan biror voqea-hodisa sodir bo‘lmaydi. Insonlarning o‘zaro munosabatlari va muomalalari axloqning bevosita obyekti bo‘lib xizmat qiladi.


  1. Har qanday ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Birinchi Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” asarida globallashuv jarayoni, uning mazmun-mohiyati, ijobiy va salbiy jihatlari har tomonlama tahlil qilinadi. Asarda globallashuv davrida davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi integratsiya va hamkrolik aloqalarining kuchayishi, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuinsoniy negizda uyg‘unlashuvi, sivilizatsiyalararo muloqotlarning yangicha sifat kasb etishi, ekologik ofatlar paytida o‘zaro yordam ko‘rsatish imkoniyatlarining ortishi kabi ijobiy jihatlariga e’tibor qaratiladi. Shu bilan birgalikda bu jarayonda o‘tkir mafkuraviy ta’sir va tazyiq, ma’naviy tahdid, mafkuraviy va axborot xurujlari, axloqiy buzuqlik, “Ommaviy madaniyat”, egotsentrizm, zo‘ravonlik kabi salbiy jihatlarga alohida e’tibor qaratiladi.

Hozirgi kunda barchamizni oldimizda turgan dolzarb vazifalardan biri bu turli qorishiq madaniyatlarning xurujlaridan millatlarning o‘zligini saqlab qolish va milliy madaniyatning rivojlanishi masalasidir. Turli millat qadriyatlarning uyg‘unlashishi va madaniyatlarning tarixiy rivojlanishiga nazar tashlasak, o‘tmish madaniyati va ajdodlar tajribasini o‘rganishga qiziqish ortadi.

“Xalqlarning milliy o‘zligi haqida so‘z yuritganda avvalo shuni ta’kidlash lozimki, bunday o‘ziga xoslik eng avvalo milliy axloqqa asoslanadi. Millat mavjud ekan, milliy axloq unga xos bo‘lgan ijtimoiy, ma’naviy fazilatlarning asosi bo‘lib qoladi”.



Millatning o‘z tarixiga bo‘lgan munosabati qonunga asoslangan jarayon hisoblanadi. Chunki har bir milliy madaniyat o‘zining boy va chuqur ildizlariga ega hisoblanadi. Ildizi qurigan daraxt yashnamasligi kabi, o‘zining boy ma’naviy merosini hech bir xalq rad eta olmaydi, aksincha uni ma’naviy qadriyat darajasiga ko‘taradi.

  1. Ommaviy madaniyat» ko‘pdan-ko‘p shakllarda o‘zini namoyon etadi. Kitch (zarracha badiiy-estetik qimmatga ega bo‘lmagan narsa va buyumlarga yuksak andoza tusini berish), komiks (tagiga qisqa matn yoki luqmalar bitilgan behayo matbaa - rasm mahsulotlari), starizm (subyektiv ehtiroslarga berilgan holda, estrada artistlari, aktyorlar, sportchilar, telediktorlarni ilohiylashtirish), xeppining (avvaldan rejalashtirilmagan, nogahonda uyushtiriladigan «keskin» tomoshalar, masalan, royal, pianino yoki avtomobillarni urib abjag‘ini chiqarish yoxud o‘t qo‘yish orqali vahshiyona, ommaviy «ko‘ngil ochish»lar uyushtirish) «ommaviy madaniyat»ning ayrim ko‘rinishlaridir. «Pop-art» chilarning dasturiy qarashi shundayki, ular insonni emas, aksincha, narsalar va buyumlarni e’zozlashadi; ma’naviy dunyoni emas, maishiy-iste’molchilik his-tuyg‘ularini qadrlaydilar va ularni keng ommalashtirishga intiladilar. Ularning ma’naviy pozitsiyasi - ma’naviyatni o‘ldirish va «narsalarga qullik»ni rag‘batlantirishdir. Amerikaning taniqli adibi R. Bredberi aytganidek, «ommaviy madaniyat» maktabidan o‘tgan avlod uchun hayotning ma’nosi - avtomobil, televizor, muzlatkichga ega bo‘lish. Agar televizor ikkita bo‘lsa, ularga shuncha yaxshi.

Ommaviy madaniyat»da «Pop (ommaviy)-muzika» alohida o‘rin tutadi. «Pop-muzika»ni «Yangi rok» belgilaydi. «Yangi rok», ta’bir joiz bo‘lsa, kuchaytirilgan ritmik tuzilmali musiqadir. Ya’ni jazavali ritm, zarb, shovqin ushbu musiqaning qiyofasidir. Bu musiqa tinglashga, qalbdan huzurlanishga emas, balki vujud harakatiga, talvasali raqsga yo‘naltirilgan. «Ommaviy madaniyat»dagi texnik-ijro vositalari musiqa imkoniyatlarini nihoyatda toraytirmoqda, polifonizm - musiqiy sadolar boyligi va rang-barangligini yo‘qqa chiqarmoqda. Umuman aytganda, «pop-muzika» ijrochiligi ko‘ngilochar musiqa niqobi ostida ommaviy vasvasali, shaytoniy talvasali, badaxloq raqslar, ko‘pincha oxiri janjal, ur-yiqit, vahshiyliklarga borib etadigan agressiv diskoteka shoularini uyushtirish bilan ajralib turadi. «Pop-muzika» namoyandalari o‘z «ommaviy»liklarini ta’kidlash uchun sahnadagi xatti-harakatlari va kiyim-liboslari namoyishida ham - odob-axloq, jamiyatga ehtirom tuyg‘ularini rad etib - asosan ko‘cha, olomonchilik qonun-qoidalariga amal qiladilar. Va o‘zlarining kulguli darajada ajralib turadigan shunday raftorlaridan faxrlanadilar. Afsuslanarli tomoni shundaki, bunday holatlarni «pop-muzika» chilar san’atdagi demokratizmning, xalqchillikning tantanasi, deb bilishadi. «Pop-muzika» namoyandalari ijro etadigan qo‘shiq matnlari esa, avvalo, she’riyatning oddiy talablariga javob bermaydi yoki ular ko‘proq ko‘chada mavjud behayo, jargon iboralarga - qadriyatlarni, insoniy ezguliklarni kinoya, mazax qiladigan so‘zlarga asoslangan. Xullas, erkinlik, demokratiya «namunalari» deb tavsiya etilayotgan «pop-muzika» matnlari bilan haqiqiy she’riyat hamda asl xalqchil did, sog‘lom ruhiyat, ma’naviyat o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor.

Mutaxassislar «ommaviy madaniyat»ning kishini ijtimoiy muammolardan, jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlardan uzoqlashtirish, chalg‘itishga qaratilganini qayd etishadi. AQSHlik sotsiologlar R.Mitz va Leo Gurkolarning fikriga ko‘ra, ommaviy madaniyat kishilarda fikrlashni emas, balki siyqa, bema’ni, hayot realligidan uzoq syujetlar, miflar bilan yashashni shakllantiradi. Unda o‘ta sodda, siyqa qarashlar yangilik, badiiy-estetik kashfiyot sifatida taqdim etiladi.



  1. Kasb axloqi - jamiyat tomonidan qabul qilingan axloq qoidalarini kishilarning ixtisoslariga nisbatan amalda tatbiq qiluvchi aniq kasbiy burch, sha’n, or-nomus, qadr-qimmat kabi xatti-harakatlarning majmui, umumiy axloqning kishilar kasb-koridagi o‘ziga xos ko‘rinishidir.

Kasb axloqi - har bir kasb-hunarga xos axloqiy norma, prinsip va sifatlarni o‘rganadi va hayotga tatbiq etadi.

Jamiyat rivojining tarixida ijtimoiy mehnat taqsimotining paydo bo‘lishi mehnatning bir turi bilan band bo‘lgan kishilar guruhlarining kasb – hunar jihatidan ajralib chiqishiga va shunga muvofiq ravishda turli xil mutaxasisliklarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu esa har–bir insonning qilayotgan mehnat tarziga, mehnatni tashkil qilish usullariga qarab, ulardan muayyaan turdagi harakatlar va ruhiy quvvatlarni sarflashni talab etadigan qaytarilmas, o‘ziga xos ko‘nikmalarni vujudga keltiradi. Inson voyaga etib, bir kasbning boshini tutgach o‘z kasbi doirasida odamlar bilan muntazam munosabatda bo‘ladi.

Yillar o‘tishi bilan ishlab-chiqarish, fan va texnika rivojlanib, ijtimoiy mehnat taqsimoti yanada chuqurlashadi. Bu jarayonning o‘zluksiz davom etishi esa o‘z navbatida, har biri muayyan ijtimoiy funksiyani bajaradigan yangidan-yangi faoliyat sohalari paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ularning sohiblari esa shunga ko‘ra muayyan ijtimoiy burchlarni bajara boshlaganlar. Mazkur burch va majburiyatlar muayyan axloqiy qoidalar va xulq-atvor normalarida o‘z aksini topdi. Shunday qilib, Kasb axloqining paydo bo‘lish o‘zluksiz mehnat taqsimotining mahsuli, uning axloqiy dasturi, axloqiy bahosi sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi.

Kasb axloqi axloqiy madaniyat tizimida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki inson voyaga etib, bir kasbning boshini tutgach, o‘z kasbi doirasida odamlar bilan muntazam munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat, bir tomondan, hamkasabalar davrasida ro‘y bersa, ikkinchi jihatdan, u kasb talabiga binoan uchrashadigan turli toifadagi odamlar bilan yuzaga keladi. Ayni paytda, kasbiy odob axloqiy madaniyatning eng yuksak shakllaridan biri; uning jamiyat axloqiy hayotidagi o‘rni yuksak.



  1. Bioetika hozirgi zamon amaliy etikasining muhim yo‘nalishlaridan biri-inson hayotining eng oliy axloqiy qadriyat sifatida qaraydi. Shu bilan birga, inson hayotini saqlab qolish muammosini yaxshilik va yomonlikni farqlashning muhim mezoni, deb hisoblaydi. Hozirgi zamon fanida bioetika tirik mavjudotlar, shu bilan birga, insonga ham bo‘lgan munosabatlarning axloqiy harakatlantiruvchi kuchi deb qaraladi. Insonning tabiat bilan uzluksiz aloqasini ma’naviy tahlil asosida, tabiatni muhofaza etishda axloqiy javobgarlik bioetikaning madaniy negizini tashkil etadi. Bioetika, ijtimoiy masalalar bilan birgalikda, qadriyatlar muammosini ham qamrab oladi. Bioetika maqsadlaridan biri – shaxsni turli holatlarga solish imkoniyatlarini yaratuvchi, inson xatti-harakati, ruhiyatini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan, uning ustidan o‘tkazilayotgan xilma-xil tadqiqotlarni cheklash mezonlarini ishlab chiqadi. Bioetika muammolarini ishlab chiqishda faylasuflar, huquqshunoslar sotsiologlar, tibbiyot xodimlari va axloqshunoslar qatnashmoqda. Bioetika muammoning dolzarblashuvi, ilmiy texnik taraqqiyot, biotexnologiya, irsiyat texnologiyasini rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, tabiiy muhitni maqsadga muvofiq va tez o‘zgartirishda, insonga katta quvvat berdi. Tabiiy evolyutsion jarayonlar uchun ilgari millionlab yillar kerak bo‘lsa,endi inson bu jarayonlarni qisqa vaqt ichida amalga oshirishi mumkin bo‘ldi. Irsiyat texnologiyasi va biotexnologiya inson taqdiriga bevosita aralashib, irsiyatni dasturlashtirish, turli tirik organizmlar, irsiyat asosida yangi organizmlar, biologik robotlar yaratish masalalarini ko‘tarib chiqdi. Natijada, insoniyatning rivojlanishi, fiziologik jihatdan qayta o‘qish imkoniyatlarini, diniy tahlil etish muammolarini keltirib chiqardi. Irsiyatga qanday ma’naviy mezonlarga ko‘ra, qaysi ideallarga, qaysi qadriyatlarga asoslanib, aralashish muammolari Bioetika etikaning tadqiqot obyekti bo‘lib hizmat qiladi.

Bioetika, klassik tibbiyot etikasidan farq qiluvchi yangi yo‘nalish sifatida, XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘ldi va jadal rivojlana boshladi. Bioetika – tibbiyot va biologiyaning rivojlanishiga qarab yuzaga keladigan axloqiy, huquqiy va ijtimoiy muammolarni o‘rganuvchi bilim sohasi. Boshqacha qilib aytganda, bu borliqqa axloqiy munosabat mezonlari to‘g‘risidagi fan, jamiyat manfaatlarini ilm-fan tajovuzidan himoya qiluvchi institut, shuningdek tibbiyot sohasidagi axloqiy muammolarni hal qilish metodologiyasidir. Bioetikaning asosiy maqsadi – insonni uning hayoti va sog‘lig‘iga tibbiyot va biologiyaning salbiy ta’siridan himoya qilish. «Bioetika» atamasini amerikalik mashhur onkolog vrach, olim va insonparvar Van Ranseler Potter (1911-2001) ilmiy muomalaga kiritdi.
Yüklə 37,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin