Muqaddas burch izhori qalbdan 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan tadbir senariysi



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə2/4
tarix12.05.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#112490
1   2   3   4
@Talim fidoiylari kanali 14 yanvar Vatan himoyachilari kuniga ssenariy

Faxriylarga so’z beriladi: - Sobiq ittifoq davrida ota-ona o’g’lini armiyaga yig’i-si’g’i bilan jo’natar edi. Yigitlar tibbiy ko’rikdan yuzaki o’tkazilardi. Sho’ro armiyasi sharoitida milliy armiyachilik keng tarqalgan va buning natijasida noxushlikar ham bo’lib turgani sir emas.
Shuningdek yigitlarimiz o’z Vatanidan yiroqda, chet ellarda, hatto dunyoning chekka o’lkalarida xizmat qilishardi. Shuning uchun ota-onalar o’g’illarini armiyadan olib qolishga harakat qilishar edi.
Hozir esa yigitlarimiz armiyaga borishni orzu qiladi. Chunki istiqlol tufayli Milliy armiyamiz shakllandi. Barchamizning ma’naviyatimiz, dunyoqarashimiz o’zgardi. Biz o’zligimizni angladik. Eng quvonchlisi, O’zbekiston posbonlari o’z ona – Vatani bag’rida dildan xizmat qilmoqda.
Men hozirgi harbiylarga, xizmat qilayotgan askarlarga havas bilan qarayman. Yurtimiz tinch, xalqimiz faravon hayot kechirmoqda. Bularning barchasi Prezidentimizning yurt ravnaqi yo’lidagi g’amxo’rligi natijasidir.
O’quvchilar mehmonga guldastalar in’om qiladilar.
Harbiy xizmatchi: - Davlatimiz, yurtboshimiz tomonidan Milliy armiyaga asos solingan paytdan boshlab, kadrlar tayyorlash masalasiga katta e’tibor berilmoqda.
Harbiy xizmatchilarning kasb mahoratini oshirish, ularning jismonan baquvvat va ma’nan yetuk, milliy istiqlol g’oyalari ruhida kamol topgan harbiylarni tayyorlash maqsadida yangi zamonaviy harbiy o’quv yurtlari, oliy o’quv yurtlati, oliy harbiy o’quv maskanlari, O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining harbiy akademiyasi tashkil etildi. Natijada har xil qo’shin turlari uchun yuqori malakali serjant, ofitser va komandir kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamon talablariga javob beradigan samarali tizimi yaratildi.
Har yili bayram arafasida Prezidentimizning farmoniga ko’ra, o’z kasbining fidoyilari bo’lgan harbiy xizmatchilarning bir guruhi orden, medal va faxriy unvonlar bilan taqdirlanishi, ularning yashashlari uchun barcha qulayliklarga ega bo’lgan yangi uy joy bilan ta’minlanishi harbiylarga qaratilgan davlatimiz va yurtboshimizning ulkan e’tiboridir. Bunga javoban men o’z kasb mahoratimni va malakamni yanada oshirib, yurtimiz tinchligini ta’minlashdek sharafli ishda Vatanimga, xalqimga hamisha jondan xizmat qilaman.
O’quvchilar harbiy xizmatchiga guldastalar in’om qiladilar.
“Andijon polkasi“ kuyiga o’g’il va qizlar raqsga tushadilar.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin