2. 1.Stajirovka (ilmiy amaliyot)ningishning maqsad va vazifalari
Magistratura mutaxassisigi talabalari 4-semestr davomida stajirovka (ilmiy amaliyot) o‘taydilar.Stajirovka davomida iqtisod, fan, texnika, madaniyat, sog‘liqni saqlash, qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlaridagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bazasida eng yangi ilmiy-texnik rivojlanishdagi yutuqlarni o‘rganish hamda magistratura talabasining magistrlik dissertasiyasini (yoki uning bir qismini) tayyorlash uchun materiallar yig‘ish, magistrlik dissertasiyasi mavzusi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, magistrlik dissertasiyasi (yoki uning bir qismi) uchun zarur bo‘lgan tajriba-sinovlarni o‘tkazish, ularni mutaxassislar muhokamasidan o‘tkazish, tajriba-sinov natijalaridan ilmiy xulosalar chiqarish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradilar.