4-bosqich. Korxonada energiya tejash va energiya samaradorlikni oshirish bo`yicha imkoniyatlarni aniqlash va energiya tejash tadbirlar ro`yxatini shakllantirish.
Korxona bo`yicha energiya tejash tadbirlari 3 turga bo`linib ishlab chiqiladi:
Kam harajat energiya tejash tadbirlari. Bu tadbirlarga energetik uskunalarga xizmat ko`rsatish sifatini oshirish, mehnat intizomini kuchaytirish, ekspluatatsiya reglamentlariga to`la rioya qilish, xizmat ko`rsatish xodimlarini malakasini oshirish tadbirlari kiradi.
O`rta harajatli tadbirlar. Bu tadbirlar mavjud energiya ta`minoti tizimini qisman o`zgartirish, ayrim qurilmalarni almashtirish kabi tadbirlar kiradi.
Katta harajatli tadbirlar. Bunga asosan energiya ta`minoti tizimini modernizatsiyalash, korxonada yangi ishlab chiqarish texnologiyalarni joriy etish, energiya ta`minoti tizimini rekonstruktsiyalash kabi tadbirlar kiradi.
Energiya tejash tadbirlari energiya tashuvchilar turlari bo`yicha ishlab chiqiladi. Ularga sarflanadigan harajatlar va ularni qoplash muddatlari ko`rsatiladi.
5-bosqich. Energetik auditi tekshiruvlari bo`yicha hisobot tayyorlash. Hisobot namunaviy tarkibi quyidagi bo`limlardan tashkil topadi:
Kirish.
Energetik auditni o`tkazish dasturi
Xulosa va energiya resurslardan smarali foydalanish bo`yicha tavsiyalar.
Hisobot “O`zdavenergiyanazorat” inspektsiyasi tomonidan ekspertizadan o`tkaziladi. Ekspertiza natijalari asosida hisobot talabga javob bermaganda energetik audit tekshiruvini o`tkazuvchi tashkilotga kamchiliklarni ko`rsatgan holda qo`shimcha tekshiruvlar o`tkazishni so`rab xat chiqaradi. Hisobot talabga javob bergan holda korxonaga hisobotda keltirilgan energiya tejash tadbirlarini amalga oshirish bo`yicha reja ishlab chiqishni so`rab xat yuboradi. Korxonada energetik audit tekshiruvidan keyingi 5 yil davomida bu tadbirlar amalga oshiriladi. Navbatdagi energetik auditi tekshiruvlarida bu tadbirlarni amalga oshirilganligi tekshiriladi.