Muqobil energiya manbalari



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə7/22
tarix23.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#80353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Muqobil energiya manbalari (1)

Maksimal quvvat nuqtasini kuzatishga mo‘ljallangan kontrollerlar: Quyosh batareyalari ishlab chiqarayotgan energiya miqdorini oshirish kerak bo‗lsa, qo‗shimcha quyosh panellari qo‗shmasdan ham oddiy kontrollerni maxsus «Maximum Power Point Tracker» (MPPT) deb nomlanadigan quyosh batareyasida maksimal quvvatni (TMM) kuzatishga mo‗ljallangan kontroller bilan almashtirish kerak.
MRRT-kontroller quyosh batareyasidagi kuchlanish va tokni doimo kuzatib boradi, uning qiymatlarini ko‗paytirib, quyosh batareyasi quvvati maksimal bo‗lgandagi tok kuchlanish juftligini aniqlaydi. O‗rnatilgan protsessor AB ning zaryad bosqichini kuzatadi (to‗lishi, o‗ta to‗yinishi, tenglashish, tayanch) va shu asosida unga qanday miqdordagi tok
berilishini aniqlaydi. Protsessor bir vaqtda tablodagi parametrlar indikatsiyasiga ham komanda beradi (ma‘lumotlarni saqlash va boshq.)
Maksimal quvvat nuqtasi har xil usullar bilan ham hisoblanishi mumkin. TMM ni qidiruv usullari ham har xildir.

  1. Odatda «Perturb and Observe» usulidan foydalaniladi. ya‘ni quyosh batareyasining volt-amper xarakteristikasini TMM bilan davriy ravishda to‗liq skanerlash (2 soatda 1 marta) olib boriladi. Navbatdagi skanerlash jarayonigacha kontroller qidirishda davom etib, quyosh batareyasining quvvat tebranishini hisoblaydi va agar unda quvvat katta bo‗lsa yangi ishchi nuqtaga, yangi kuchlanishga siljitadi. Amaliy jihatdan hamma kontrollerlarda ushbu usul qo‗llaniladi.

Uning kamchiligi shundan iboratki, doimo o‗lchash ishlarini olib borish va bu vaqtda paneldan kelayotgan energiyaning uzilishi hisoblanadi. Har xil ishlab chiqaruvchilar quyosh bataereyasi maksimal quvvat nuqtasini optimal kuzatish uchun Quyoshdan kelayotgan optimal miqdordagi energiyani chastota iteratsiyalari, to‗liq skanerlash davriyligi va qidiruv chuqurligi parametrlarini tanlashadi.

  1. Ikkinchi usul. – «Scan and Hold». Birinchi skanerlash jarayonidan so‗ng topilgan nuqta darajasida kuchlanish aniqlanadi va navbatdagi to‗liq skanerlash holatigacha ushlab turiladi. Bunday usul quyosh panelida soya va bulutlar paydo bo‗lmaganda yaxshi hisoblanadi. Afzalliklari – ishning yuqori tezligi, o‗lchash jarayonida generatsiya vaqtida uzilishlar bo‗lmaydi.

  2. Uchinchi usul – «Percentage of open circuit voltage». Salt yurish kuchlanishi va (Uxx∙k) darajasidagi ishchi nuqta o‗lchanadi. Bu yerda k- 0 dan 1 gacha bo‗lishi mumkin (k-0.8). Nuqta navbatdagi skanerlash jarayonigacha ushlab turiladi. Bunday usul panellarda soya tushishi va bulut bo‗lmagan holatlar uchun yaxshidir. Afzalliklari – ishning yuqori tezligi, o‗lchash vaqtida generatsiyada uzilishlar bo‗lmaydi.

  3. To‗rtinchi usul – ishchi nuqtani qat‘iy ravishda tanlash. Kontroller qo‗llab turadigan istalgan kuchlanish belgilanadi. U hech qanday o‗lchash va hisoblashlarni bajarmaydi, doimo ishlab turadi. Kamchiliklari – tanlangan kuchlanish haqiqiy TMM dagidan uzoq bo‗lishi mumkin. Ammo, aniq ma‘lum bo‗lsa qanday kuchlanishda batareya maksimal quvvat ishlab chiqaradi va quyosh batareyasi amaliyotda doimo ochiq havoda ishlaganda ushbu usuldan foydalangan ma‘qulroq.

Tizim ishga tushirilganda kontroller qo‗llab turadigan kuchlanish beriladi, ya‘ni u quyosh batareyasining aniq parametrlari bo‗yicha hisoblanadi.
TMM ning holati panellarning yoritilganligiga, haroratiga, foydalanadigan panellarning har xilligiga va boshqlarga bog‗liqdir. Kontroller davriy ravishda o‗tgan bosqichdagi nuqtadan ―o‗zgarishga‖ harakat qiladi, bunda quyosh panelining quvvati ko‗taralishi lozim, shunda u yangi nuqtadagi ishga o‗tadi. Nazariy jihatdan olganda, TMM ni qidirish vaqtida bir oz energiya yuqotiladi, lekin bu energiya qo‗shimcha ravishda MRRT-kontroller ta‘minlagan energiya bilan taqqoslaganda juda ham kamdir. Qo‗shimcha ravishda olingan energiyani bu holatda aniqlash juda qiyindir. Qo‗shimcha ravishda ishlab chiqarish jarayoniga ta‘sir qiluvchi omillar bo‗lib harorat va AB zaryadlanish darajasi sabab bo‗ladi.
Ishlab chiqarish jarayoniga eng ko‗p hissa asosan, panellarning past haroratlarida va razryadlangan AB sodir bo‗ladi (6- rasm).



6-rasm. MRRT – kontrollerdan foydalanganda qo‗shimcha ravishda olingan energiya miqdori

Maksimal quvvat nuqtasida quyosh panelining kuchlanishi panelning har xil harorat kattaliklarida o‗zgaradi (7-rasm). Quyosh paneli qanchalik qizisa, kuchlanishi kamayib quyosh batareyasining ishlab chiqarish samaradordligi ham kam bo‗ladi. Qandaydir vaqtlarda maksimal quvvat nuqtasi (MQN) ning kattaligi AB dagi kuchlanishdan ham kichik bo‗lishi mumkin, bu holatlarda oddiy kontroller bilan taqqoslaganda hech qanday yutuq bo‗lmaydi. Bu quyosh batareyasiga qisman soya tushgan vaqtlarda yuz beradi. MRRT-kontrollerlarning joriy narxi ularni 200 Vt quvvatdan boshlab quyosh panellarida yoki nostandart kuchlanishlanishga ega panellarda qo‗llash imkonini beradi.

7-rasm. Panel haroratiga bog‗liq ravishda maksimal quvvat nuqtasida quyosh paneli kuchlanishi.





Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin