Murakkablashgan sodda gaplar


Uyushiq bo`laklarning tuzilishiga ko`ra ko`rinishlari



Yüklə 63,5 Kb.
səhifə2/3
tarix26.11.2022
ölçüsü63,5 Kb.
#70721
1   2   3
2 5192700879173590657

Uyushiq bo`laklarning tuzilishiga ko`ra ko`rinishlari. Uyushiq bo`laklar tuzilishiga ko`ra yirik va yoyiq bo`ladi. O`zlariga qarashli bo`laklari bo`lmagan, yolg`iz uyushiq bo`laklar yig`iq bo`laklar sanaladi6 Haftalar, oylar, yillar o`tdi (M.Oxundov).
Uyushiq bo`laklarning bir nechtasi o`zlariga qarashli bir yoki bir necha izoxlovchi so`zlar bilan kelishlari mumkin. Bunday bo`laklar yoyiq uyushiq bo`laklar deyiladi: Past devor orqasidan jo`jalarning chiyillashi, tovuqlarning qurqirashi eshitiladi (I.Raxim).
Yig`iq va yoyiq uyushiq bo`laklar o`z xarakteriga ko`ra ochiq va yoyiq xolatda bo`lishi mumkin. Uyushiq a`zolarning soni cheklanmagan bo`lsa, uni yangi uyushiq bo`laklar hisobiga kengaytirish mumkin bo`lsa, ochiq uyushiq bo`laklar sanaladi: Uydagi jixozlar, stol-stullar, divan, kreslo-hammasi did bilan joylashtirilgan (“O`zbekiston ovoz”). Bu misolimizdagi uyushiq bo`laklar tarkibini Yana davom ettrishi mumkin.
Yoyiq uyushiq bo`laklar guruhida a`zolarning soni cheklangan bo`lib, bunday uyushiq bo`laklarga yangi tarkiblarni kiritib bo`lmaydi: Suvsar juda yaxshi suzadi va shung`iydi (“Sharq yulduzi”). Gapning har qanday bo`lagi uyushib kelganda, ular ochiq va yoyiq xolatda bo`lishi mumkin.
Uyushiq bo`laklarning o`zaro bog`lanishi. Gapning uyushiq bo`laklari sinash intonatsiyasi va teng bog`lovchilar vositasida bog`lanadi. Sinash intonatsiyasi uyushiq bo`laklarning har qanday turida ham ishtirok etadi, chunki u uyushiq bo`laklarning doimiy xususiyatidir: Abdukarim aka, O`tap, Mavlon aka, Sodiq temirchi qishloqning turli tomonlarga yo`l olishdi (X.G`ulom). Botiralining aniq va soda so`zlari xonadagilarning qalbiga o`t yoqdi (X.G`ulom).
Ifodalangan grammatik munosabatlarga ko`ra, teng bog`lovchilar to`rt gruppaga bo`linadi:
Biriktiruv bog`lovchilari (va, ham, hamda) yordamida va bog`lovchi vazifasida kelgan -u, -yu, -da yuklamalari yordamida mazmun jihatdan uyg`un, bir xil sintaktik munosabat ifodalovchi uyushiq bo`laklar bog`lanadi: Abay murdadek oqarib, g`azab ham ozordan, achinish ham qayg`udan qaltirab ketdi (M.Avezov). Abdurasul bilan Xolmurod bir oz kitob varaqladilar (P.Tursun).
Zidlov bog`lovchilari (ammo, lekin, biroq, balki) uyushiq bo`laklar orasidagi zid munosabatni ko`rsatadi: Butun kuchimni ikki ko`zim orasiga yig`im-da uning bevafo biroq g`amgin, sho`x, lekin ma`yus ko`zlariga tikildim (G`.G`ulom). Zidlov bog`lovchilari ba`zan –u, -yu yuklamalari ham keladi. efim Danilovich xuddi gapiradigan bir qiyofada turib xalqqa kiradi-yu, gapiradi (A.Muxtor).
Ayiruv bog`lovchilarida: yo, yoki, dam, goxo, gox, ba`zan, bir, xali. Ayiruv bog`lovchilaridan dam, gox, goxo, ba`zan, bir hamma vaqt uyushiq bo`laklar oldidan takrorlanib keladi va uyushiq bo`laklarida ifodalangan xodisalarning galma-gal yuz berishini ko`rsatadi: Gulnor ko`zlarini dam ochib, dam yumib, uyquga qarshilik ko`rsatadi (Oybek). Yo`lchi gox bunga shubxalanadi, gox ishonadi (Oybek). Yo, yoki, yohud ayiruv bog`lovchilari uyushgan bo`laklarning birini ikkinchisidan ajratib ko`rsatish yo`li bilan bog`laydi: aftidan, xurjunda yo qatlama, yo yong`oq yoki xolva bo`lishi kerak (M.Xusayn). Ovqat puli yo tegar, yo tegmas edi (S.Ayniy).
Inkor bog`lovchisi (na, na) yordamida gap bo`laklari uyushib keladi va shu bo`laklar orqali anglashilgan voqelikning bo`lishsizligini anglatadi: Bu yerda na g`urbat, na ofat, na g`am. Bunda bor: harorat, muxabbat, shafqat (G`.G`ulom).
Gap bo`laklarini uyushtirib kelgan bog`lovchilarning tabiati ikki xil: biriktiruv, zidlov bog`lovchilari takrorlanmaydi: ayiruv, inkor bog`lovchilari takrorlanib keladi. Gapning hamma bo`laklari uyushib kelishi mumkin.
Uyushiq gaplar. Uyushiq gaplar grammatik tomonidan o`zaro teng bo`lib, boshqa bo`laklarni-aniqlovchi va kesimni ergashtiradi: O`zining kechmish bolaligi, qishlog`i, o`rtoqlari yodiga tushadi (Oybek). Bu gapda uchta ega uyushib kelgan bo`lib, ularning hammasi “O`zining” aniqlovchisini va “yodiga tushadi” kesimini ergashtirai. Lekin “kechmish” aniqlovchisini hammasi barobar ergashtirmaydi, uni faqat “bolaligi” egasi ergashtiradi.
Uyushiq egalar ot va olmosh orqali ifodalanishi bilan birga, otlashgan sifat, sifatdosh, son, fe`l bilan ham ifodalanadi:
Uyushiq egalar otlangan sifatlar bilan ifodalanadi: Har bir vijdonsiz, har bir iflos, har bir muttaxam, har bir yritqich uning satira qilichiga duch keldi (G`.G`ulom)
Sifatdoshlar bilan ifodalanadi: Bu voqeani ko`zi bilan ko`rganlar, quloq bilan eshitganlar gapiradi (X.G`ulom).
Uyushiq egalar otlashgan fe`llar bilan ifodalanadi: Tinchliksevar mumlakatlar bilan oldi-berdi, bordi-keldimiz kun sayin kuchaymoqda (“O`zbekiston ovozi”).
Uyushiq egalar undov va tashkiliy so`zlar bilan ifodalanadi: Dod-voy, ox-uf borgan sari kuchaymoqda (S.Ayniy).

Yüklə 63,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin