Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

Darsning maqsadi: 
1. Tarbiyaviy: Qo‘shiq kuylash orqali o‘quvchilarda o‘zaro mehroqibat, 
do‘stlik, tabiatga muhabbat tuyg‘usini o‘stirish. 
2. Ta’limiy: Lad haqida ma’lumot berish, asarni tahlil qilish. 
3. Rivojlantiruvchi: qo‘shiq kuylash vositasida o‘quvchilarni musiqiy 
o‘quvini o‘stirish, ikki ovozli kuylash malakalarini rivojlantirish. 
Darsni jihozlash:Musiqa cholg‘u asbobi (pionino, rubob), ko‘rgazmali 
qurollar (paxtazor rasmi tasvirlangan), musiqa savodidan tarqatma kartochkalar, 
tinglash uchun SD va DVD disklari, rasmlar, kompyuter va slaydlar. 
Darsning turi: Aralash. 
Darsning borishi: O‘quvchilar bilan salomlashib, davomatni aniqlayman. 
Uyga berilgan vazifalar bo‘yicha o‘quvchilarga savollar beraman. 
1. Uyga qaysi qo‘shiq vazifa qilib berilgan? 
2. Repriza nima? 
3. Lad nima? 
4. O‘tgan darsda qanday asarni tinlagandingiz? 


85 
So‘ngra o‘quvchilarga qo‘shiq kuylash holatini eslatib, diqqatini o‘zimga 
jalb etib, ovozlarni sozlayman.
Artikulatsiya apparatini ishga solib kuylashni hamda ikki ovozda kuylash 
mashqini takrorlataman. Oldingi darsda o‘rgatilgan qo‘shiqni o‘quvchilar bilan 
takrorlab mustahkamlayman. So‘ngra yangi «Oq paxta terdik, terdik» N. 
Norxo‘jayev musiqasi, P. Mo‘min she’ri hamda qo‘shig‘ini ifodali qilib kuylab 
beraman.
Qo‘shiqni mazmunini ochib beraman. Bu qo‘shiqda dalalarimizda paxtalarni 
lo‘ppi-lo‘ppi ochilib, shoxchalarda chiroqlardek osilishi, bolalarni yuzlari oftobda 
shirmoy nonga o‘xshashi. Bolalar paxtalarni etaklab terib xirmonga hissa 
qo‘shishlari haqida kuylanadi. Bu qo‘shiq sho‘x, quvnoq xarakterda, o‘rtacha 
tempda yozilgan. Re major tonligida, kuplet shaklida 4/4 o‘lchovida yozilgan. Bu 
qo‘shiqni kompozitor Nadim Norxo‘jayev yozgan. U 1947-yil 26-dekabrda 
Toshkent shahrida tug‘ilgan. U yoshligida musiqaga qiziqib, musiqa maktabi, 
musiqa bilim yurtida va Toshkent Davlat Konservatoriyasining kompozitorlik 
fakultetini tamomlagan. U fortepiano uchun pyesa, preludia, sonatalar, asarlar, 
konsertlar, kattalar va bolalar uchun juda ko‘p qo‘shiqlar yozgan. Bulardan 
«Hakkalar», «Salom bergan bolalar», «Balig‘im», «Navro‘zim», «Diyor madhi», 
«Biz askarmiz» nomli qo‘shiqlarni yozgan. She’rini esa sevimli bolalar shoiri 
Po‘lat Mo‘min yozgan. U «Yaxshi bola», «Sho‘x qizaloq», «Chamandagi 
gullarmiz», «Oftob yaxshimi, odob yaxshimi» nomli juda ko‘p she’rlar yozgan. 
So‘ng qo‘shiqni musiqiy jumlalarga bo‘lib qo‘shiqni o‘rgataman. Qo‘shiqning 1-
qatorini naqaroti bilan o‘rgataman. Sof intonatsiya, nafas, talaffuz ustida 
ishlayman. So‘ngra musiqa savodidan major ladi haqida ma’lumot beraman.
Tovushlarni muayyan tartibga o‘zaro bog‘lanib kelishiga lad deyiladi. Ladlar 
ikki turga bo‘linadi: major va minorlar. Quvnoq, sho‘x, tantanavor asarlar major 
ladida yoziladi. Hozir kuylagan qo‘shig‘imiz va tinglagan asarlarimiz ham major 
ladida. Qo‘shiq – raqs shaklida yozilgan, quvnoq, tantanavor xarakterda. Sizlar 
bilan hozir SD diskida «Oq paxta terdik, terdik» asarini tinglaymiz. Ommaviy 
qo‘shiqlar


86 
xalq og‘zaki ijodiga mansub bo‘lib avloddan-avlodga o‘tib keladi. Bunday kuy-
q‘oshiqlarga «Alla», «Ililla yor», «lapar», «Oyijon boshginam og‘ridi-yo», «Dutor 
bayoti», «Yallama yorim» kabi asarlar kiradi. Bu asarlar sho‘x, quvnoq, raqsona 
xarakterda yozilgan.
Asarni tinglab bo‘lgach, mavzuni mustahkamlash uchun o‘quvchilarga 
savollar beraman:
1. Tinglagan asarimizni nomi qanday? 
2. Asar qanday ladda, qanday tempda, qanday shaklda yozilgan? 
3. Kuylagan qo‘shig‘imizni mualliflari kimlar? 
4. Bu qo‘shiqda bolalar yuzlarini nimaga o‘xshatishyapti? 
5. Bolalar paxtalarni etaklab yig‘ib nimani to‘ldirishdi? 
Berilgan savollarga javob bergan o‘quvchilarni baholayman, darsga yakun 
yasab, uyga vazifa beraman. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin