Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


O‘yinimizni II sharti bilan tanishamiz



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

O‘yinimizni II sharti bilan tanishamiz. 
“Aqliy hujum” texnologiyasi. 
Bu shartda fikriy bog‘liqlik, mantiq, xotira, nutq rivojlanadi, o‘z fikrini erkin 
ifodalash mahorati shakllanadi. 
Guruhlarga kartochkalar tarqatiladi. Har bir kartochkada 3 tadan savol 
bo‘lib, o‘quvchilar kartochkalarni tanlab, guruhlarda birlashib, savollarga javob 
beradilar. 
«Doirachilar» guruhiga savollar 
Interval deb nimaga aytiladi? 
«Parvozdagi qushchalar» qo‘shig‘ini mualliflari kim? 
Turli cholg‘u ijrochilar guruhidan tuzilgan katta jamoa qanday nomlanadi? 
«Rubobchilar» guruhiga savollar: 
Dinamik belgilar necha turga bo‘linadi? 
«Chumoli» qo‘shig‘ining mualliflari kim? 
«Uvertura» deb nimaga aytiladi? 
«Dutorchilar» guruhiga savollar: 
Intervallar nechta turga bo‘linadi? 
«Aziz uztozlar» qo‘shig‘ining mualliflari kimlar? 
Kamonchali cholg‘u turiga qanday asboblar kiradi? 
«Changchilar» guruhiga savollar: 
Pauzalar necha turga bo‘linadi? 
«Sumalak» qo‘shig‘ining mualliflari kimlar? 
Musiqiy asarni raqs harakatlari orqali ifodalanishi nima deb ataladi? 
«Surnaychilar» guruhiga savollar: 
Alteratsiya belgilari nechta turga bo‘linadi va ularning vazifalari 
qanday? 
«Bolalarning ko‘zlari» qo‘shig‘ining mualliflari kimlar? 
Birinchi bolalar operasini kim yozgan? 


94 
Endi III shartga o‘tamiz. “Tarozu” texnologiyasi. Bunda har bir guruh 
o‘qituvchi pioninada yoki rubobda biror qo‘shiqdan parcha ijro etib bersa, bolalar 
kuyni nomi va mualliflarini topib, qo‘shiqni ifodali qilib ijro etib beradilar. 
«Doirachilar» guruhi – «Chamandagi gullarmiz», N. Norxo‘jayev 
musiqasi. 
«Rubobchilar» guruhi – «Sumalak», Sh. Yormatov musiqasi. 
«Dutorchilar» guruhi – «Salom quyoshjon», A. Mansurov musiqasi. 
«Changchilar» guruhi – «Chumoli», R. Abdullayev musiqasi. 
«Surnaychilar» guruhi – «Bolalar», X. Rahimov musiqasi. 
Har bir guruh qo‘shiqni mualliflarini topib, xarakterini aniqlab, ifodali qilib, 
qo‘shiqlarni belgilangan vaqtda kuylab beradi.
Guruhlar bajarilgan shartlar bo‘yicha ball tizimida baholanadi. Faol guruhlar 
rag‘batlantiriladi.
Dars yakunlanib, uyga vazifa berildi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin