Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

5. Ansambl. – frantsuzcha so‘z bo‘lib, birgalikda degan ma’noni anglatadi. 
U musiqa, balet, arxitektura san’atlarining qonuniyatlaridan biridir. Musiqada bir 
necha ijrochilarning birgalikdagi ijrosi ansambl deyiladi. Masalan, o‘zbek xalq 
cholg‘u asboblari ansambli, raqs ansambli, vokal ansambli va boshqalar. Xorda esa 
barcha xonandalarning soz birligi, ijro tempi, ritm – usul va dinamik uyg‘unligi 
vokal – xor ansambli deyiladi. Ansambl xususiy va umumiy turlarga bo‘linadi. 
Xordagi barcha ijrochilarning bir ovozga sozlanib, hamma bir kuyda ansambl 
bo‘lib, ikki yoki uch ovozda kuylashi umumiy ansambl deyiladi. Har bir ovozni 
alohida-alohida sozi va ansambli xususiy ansambl deyiladi. Soz va ansamblni 


45 
uyg‘unligi uzoq ish jarayonini talab etadi va shundagina oldimizga asosiy maqsad 
qo‘yilgan sof unisonga erishish mumkin.
6. Talaffuz – kuylashdagi talaffuz nutq talaffuzidan farq qiladi. Kuylashdagi 
talaffuz artikulyatsiya organlari (lab, til, jag‘)ning faol hamjihatligi vositasida 
amalga oshiriladi. Bolalar nutqida zaiflik, noaniqlik, ovoz apparatini siqib gapirish 
natijasida xorda baqirib kuylash nuqsonlari uchraydi. Bunday bolalarga e’tiborni 
kuchaytirish va ular bilan uzoq vaqt yakka tarzda mashqlar olib borish
shoshmasdan erkin gapirish va kuylashga o‘rgatish lozim. Nafasni to‘g‘ri olib, 
jumlani oxirigacha yetkazishda, unli tovushlarni cho‘zib, undosh tovushlarni burro, 
dona-dona qilib kuylashga o‘rgatib borish talab etiladi. Bunda og‘iz shaklini, tilni 
harakatlariga, o‘zgarishiga katta ahamiyat berish kerak. Eng muhimi, bolalarni 
mashq va qo‘shiqlar matnini vokal uslublariga muvofiq talaffuz etishga o‘rgatib 
borish lozim. 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. Musiqa darslarida vokal – xor malakalarini mazmuni va maqsadi nimalardan 
iborat?
2. Vokal – xor malakalarini turlari va ularning vazifalari. 
3. Bolalar ovozini shakllantirish va asrash uslublari. 
4. Mutatsiya necha yoshdan boshlanib, necha yoshdan tugatiladi va unga qanday 
e’tibor beriladi? 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin