55
Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya bo‘lib, u
o‘quvchilarni biron-bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib,
o‘quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda
ketma-ketlik bilan uzviy bog‘lagan holda tarmoqlashlariga o‘rgatadi.
Bu metod biron mavzuni chuqur o‘rganishdan avval o‘quvchilarning fikrlash
faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin.
Shuningdek,
o‘tilgan
mavzuni
mustahkamlash,
yaxshi
o‘zlashtirish,
umumlashtirish hamda o‘quvchilarni shu mavzu bo‘yicha
tasavvurlarini chizma
shaklida ifodalashga undaydi.
«BUMERANG» TEXNOLOGIYASI
Mazkur texnologiya bir mashg‘ulot davomida o‘quv materialini chuqur va
yaxlit holatda o‘rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo‘naltirilgan. U
turli mazmun va xarakterga (muammoli,
munozarali, turli mazmunli) ega bo‘lgan
mavzularni o‘rganishga yaroqli bo‘lib, o‘z ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarini
qamrab oladi hamda bir mashg‘ulot davomida har bir ishtirokchining bo‘lishi,
kerakli balni to‘plashiga imkoniyat beradi.
«Bumerang» texnologiyasi tanqidiy fikrlash,
mantiqli shakllan tirishga
imkoniyat yaratadi;
xotirani, fikrlarni, dalillarni yozma va og‘zaki
shakllarda
bayon qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Ta’lim bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi
qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
– jamoa bilan ishlash mahorati;
– muomalalik;
– xushfe’llik;
– ko‘nikuvchanlik;
– o‘zgalar
fikriga hurmat;
– faollik;
– rahbarlik sifatlarini shakllantirish;
– ishga ijodiy yondashish;
56
– o‘z faoliyatining samarali bo‘lishiga qiziqish;
– o‘zini xolis baholash.
Dostları ilə paylaş: