Maktabga tayyorlov guruhlarida kuylashga o‘rgatish metodlari
Maktabga tayyorlov guruhida musiqiy-estetik masalalar alohida ahamiyat kasb
etidi. 6-7 yoshli bolalarda kuylashga ehtiyoj kuchayadi. Maktabga bolalarni puxta
egallagan bilim va malakalar bilan yuboriladi. Maktabga tayyorlov guruhi
bolalaridan talab etiladi:
1. Qo‘shiqni ifodali ijro etishi: jarangdor, kuychan, engil ovoz bilan kuylash;
ko‘krak va elkani ko‘tarmasdan nafas olish; jumlani boshida olingan nafasni
jumlaning oxirigacha tejab sarflash; artekulyasiya malakalari, so‘zlarni (unli va
undosh harflarni) aniq va burro talaffuz qilish.
2. Qo‘shiqni birga boshlab birga tugatishi (tempni tezlashtirmasdan yoki
sekinlashtirmasdan); ritm va tempni aniq his qilishi; kuyni sof intonatsiya qilishi,
yonidagi do‘stini kamchiligini ayta olishi; tanish bo‘lgan qo‘shiqni asbob jo‘rligida
yoki jo‘rsiz ijro eta olish; kuyning yuqoriga va pastga harakatlanishi, uzun va qisqa
tovushlarni aniqlay olishi; notalar nomlarini bilishi; yuqori notalar nota yo‘lining
yuqorisida, past notalar esa pastiga yozilishini bilishi kerak.
23
3. Jamoa va yakka kuylay olishi. Bunda qomatini tik tutib, ega bo‘lgan
qo‘shiqchilik malakalarini ko‘rsata olishi.
4. Qo‘shiqchilik diapazonini rivojlantirishi (do (do#) 1-re2).
Dostları ilə paylaş: |