Musiqa tarixi fanidan


-asr - Fransiya va sud raqsi



Yüklə 68,61 Kb.
səhifə9/12
tarix20.11.2023
ölçüsü68,61 Kb.
#163587
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
17-asr - Fransiya va sud raqsi
Lulli XIV " Royal de la Nuit" baletida (1653).
Balet Fransiyada raqsga ishtiyoqli bo'lgan Lui XIV davrida ijroga yo'naltirilgan san'at turi sifatida rivojlangan.Uning balet raqslariga qiziqishi siyosiy sabablarga ko'ra edi. U raqs orqali qat'iy ijtimoiy odob-axloq qoidalarini o'rnatdi va uni saroy ijtimoiy hayotining eng muhim elementlaridan biriga aylantirdi, zodagonlar ustidan hokimiyatni samarali ushlab turadi va davlat ustidan hukmronlik qiladi. Lui tashabbuslari aristokratlar o'rtasida qirollikni namoyish qilish usuli sifatida ijtimoiy raqsning takomillashishiga va takomillashtirilishiga olib keldi, klassik balet san'atini yangi o'rnatilgan qoidalar va protokollar bilan yanada mustahkamladi.
Yevropa bo'ylab mashhurlik


Bilbaodagi Dowagerning Qirollik baleti, 1626 - yil.
Fransiya saroyi qaysidir ma'noda Yevropadagi boshqa ko'plab qirollik sudlari uchun moda madaniyatining etakchi manbai bo'lgan. O'yin-kulgi uslublari, shu jumladan qirol baletlari taqlid qilindi. Ispaniya, Portugaliya, Polsha, Germaniya va boshqa mamlakatlardagi sudlar tomoshabinlar va baletlarning ishtirokchilariga aylandi. Fransiyadan tashqari, Italiya san'at turiga, asosan Venetsiyaga muhim ta'sir ko'rsatdi.
19-asr 1827 - yilgi Venetsiya karnavalida polshalik balet ijrochilari. Chap tarafdagi raqqosa erkak rolini o'ynagan ayol sifatida "en travestie" ni ijro etmoqda.
Balerina 19-asrning birinchi yarmida Yevropadagi eng mashhur raqs ijrochisiga aylandi va asta-sekin diqqatni erkak raqqosadan uzoqlashtirdi. Ko'pgina spektakllarda balet qahramonlarini pantomimadagi Bosh bola kabi ayol o'ynagan.

II BOB OZBEK MUSIQIY SAXNAVIY JANRLARI RIVOJLANISHI.
II.1 O ‘ZBEK OPERA MUSIQA JANRINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
Turkistonda musiqali teatmi barpo etishda Ozarbayjon musiqali teatri katta rol o‘ynadi. O‘zbek tomoshabinlari 1914-yildan boshlab Ozarbayjon musiqali teatri gastrollari davrida birnecha bor ulug‘ kompozitor Uzeyir G‘ojibekovning “Layli va Majnun”, “Asli va Karim” nomli operalari va “Arshin mololon” va “U o‘lmasin bu o‘lsun” kabi musiqali komediyalarini zavq bilan ko‘rib tinglashgan. Bu haqda “Vaqt” gazetasida shunday deyiladi: “Noyabming 12-sida (1916) Boku artistlari tarafidan “Layli va Majnun” operasi o‘ynaldi. Bu Toshkentda musulmoncha birinchi opera tomoshasi edi. Majnun rolida Sidqiy Ruhullo buyuk ta’sir bag‘ishladi. Kavkaz artistlari o‘z mahoratlarini ochiq ko‘rsatdilar.
1918-yil Toshkentda tashkil etilgan Rus opera teatri Turkistondagi birinchi musiqali teatr edi. Teatr tashkil bo‘lganga qadar havaskorlar musiqali teatr jamiyati kuchi bilan klassik operalaridan parchalar ko‘rsatishar edi. 1929-yilda tashkil topgan O`zbek davlat musiqali teatri dastlab musiqali drama teatri sifatida ish boshladi. U 30-yillarda ko‘pgina klassik operalaming “Ochilgan qo‘riq”, “Potyomki” operalami postonovka qilgan rus opera teatri bilan parallel ish olib borar edi. 30-yillaming musiqali drama asarlari orasida “Farhod va Shirin”, “Gulsara”, spektakillari ancha e’tibor qozondi. 30-yillami yana bir bosqich darajasidagi spektakil “Gulsara” musiqali dramasi bo‘ldi. Dramaturg M.Muhammedov va K. Yashinning bu pyesasi daslabki variantiga (1935) T.Jalilov musiqa bastalagan edi. 30-yillaming ikkinchi yarmida O`zbek musiqali teatr sahnasida Ye. Brusilovskiyning qozoqcha “Er Targin” va M. Magamayevning ozarbayjoncha “Nargiz” operalarining premyeralari bo‘ldi. Bulaming hammasi birinchi operalari S.Vaselenkovning va M.Ashrafiyning “Buron” hamda Gliyer va Sodiqovlaming “Layli va Majnun” operalarini yaratish uchun poydevor tayyorlandi.
Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligiga bag‘ishlab 1940-yilda “Layli va Majnun”ning kompozitorlar T. Sodiqov va R.M.Gliyer, dramaturg Sh.Xurshid hamkorligida, opera variantini yaratdilar. Bu opera o‘zbek musiqali teatr san’atining eng katta yutuqlaridan biri bo‘lib qoldi. Mualliflar Navoiy dostonidagi ajoyib falsafiy fikr va muhim insoniy g‘oyalami opera librettosining asosiy negizi qilib olganlar. Aytish lozimki, dramaturg Sh.Xurshid 20-yillarda “Farhod va Shirin” va “Layli va Majnun” pyesalarini og‘ir sharoitlarda, ya’ni totalitar davrda, “Proletkultchi”lar tomonidan madaniy merosga nisbatan salbiy qarashlar jiddiy tus olgan bir paytda matonat bilan ijod etishga jur’at qildi.
Xurshid Navoiyning g‘oyalarini saqlab, teatr qonuniyatlari asosida, original sahna asarini yaratdi. Shu sababdan musiqali drama va opera variantlari ham uzoq yillar davomida sahnadan tushmasdan kelmoqda. Buning yana bir boisi asarga kiritilgan maqom durdonalari: “Iroq”, “Segoh”, “Shahnoz-gulyor”, “Ushshoq”, “Chor zarb”, “Chorgoh”, “Bayot”, “Chapandozi gulyor”, “Qalandar II” kabi o‘zbek, tojik, arab xalq qo‘shiq-yallalari va kompozitoming o‘zi yaratgan milliy ruhdagi musiqalar tomoshabinlar qalbidan keng joy olganligidir. Urush yillari O`zbekistonda yaratilgan A. Kozlovskiyning “Ulug‘bek” va O.Chishkoning “Mahmud Torobiy” operalarida tarixiy qahramonlik mavzusiga mtilishini aks ettirdi. Ikkala opera ham o‘zbek xalqining qahramonona o‘tmishiga bag‘ishlangan bo‘lib, davr talabiga javob berardi.
Mazkur asarlar badiiy daraja jihatidan bir-biridan farqlanib, ulaming sahnadagi taqdiri ham har xil bo‘ldi.
“Ulug‘bek” operasi O`zbekiston musiqa madaniyatida ancha qiziqarli, lekin ziddiyatli bo‘lishiga qaramay, respublikada opera janri rivojida ma’lum o‘rin egalladi.
O.Chishkoning “Mahmud Torobiy” operasi esa (M.Oybek librettosi) o‘zbek musiqali teatri tarixida nisbatan sezilarsiz iz qoldirdi. Bu operaning mazmuni ham haqiqiy tarixiy voqealar - XIII asrda O`rta Osiyo davlatlarini zabt etilgan mo‘g‘il bosqinchilariga qarshi xalq qo‘zg‘olonlariga asoslangan. Asar markazida qo‘zg‘olonchilar boshlig‘i, Buxoro yaqinidagi Torob qishlog‘idan chiqqan hunarmand Mahmud obrazi turadi. Lekin Mahmud Torobiy partiyasi musiqa folkloridan olingan sitatalar (o‘zbek xalq lirik va raqs kuylari)gagina asoslanganligi sababli operaning bosh qahramoni obraziga xos qahramonlik xususiyatlarini ochib berdi.
Ko‘rilayotgan davrda opera teatrining milliy repertuari ancha boyidi. Bu birdaniga bo‘lmagan, albatta. Davr boshida repertuarda qayta tahrir qilingan eski asarlar (S.Vasilenko va M.Ashrafiyning “Buyuk kanal”, V.Uspenskiy va G.Mushelning “Farhod va Shirin”, T. Jalilov va B.Brovsinning “Tohir va Zuhra”) ustunlik qilgan. Biroq 1958-yildan boshlab teatr o‘z repertuariga yangi o‘zbek opera postanovkasini kiritdi.
Mavzu va badiiy saviyasi turlicha bo‘lgan mazkur asarlar tomoshabinlar tomonidan ham turlicha qabul qilindi. Ba’zilari sahnadan tezda tushib ketdi, boshqalari esa teatr repertuaridan muhim o‘rin egalladi. Biz shulardan ahamiyatliroqlarini ajratib, awalambor zamonaviyligi, muhim mavzuga bag‘ishlangan asarlar qatoriga “Gulsara” va “Hamza” operalarini misol qilish mumkin.
“Gulsara” operasi awallari yozilgan shu nomli musiqali drama singari o‘zbek ayolining ozodlikka chiqishi mavzusi bilan bog‘liqdir, Albatta, spektakl mazmunini 40-yillar oxiri tomoshabini “Gulsara” musiqali dramasini o‘n ikki yil avval birinchi bor sahnalashtirilgandagidan boshqacharoq qabul qiladi. Opera asosiga T.Jalilov yig‘ib, qisman yaratib bergan, T.Sodiqov yozib olgan va R.Gliyer qayta ishlagan kuylardan tashkil topgan “Gulsara” musiqali dramasining materiali olingan.
Bosh qahramonlar - Gulsara va Qodiming partiyalari ashula xarakteridagi kuylarga asoslangan. Ba’zi ariya (qo‘shiq)lar milliy folkloming asl namunalaridir. 1948-yilda Toshkentda A.Navoiy nomidagi Davlat opera va balet teatri yaratilishi opera janrini rivojida muhim rol o‘ynadi. 1947-1967-yillarda opera teatrining milliy repertuari ancha boyidi.
1951-yilda A.Navoiy nomli opera va balet teatrining «Gulsara» spektakliga Davlat mukofoti berildi.
“Hamza” operasi (50-yillaming ikkinchi yarmidan boshlangan) folklor merosiga aktivroq va ijodiyroq yondashish, zamonaviy haqiqatning mavzu va obrazlarini badiiy ifodalashning teranroqligi bilan xarakterlanadi. Bu davr asarlarining (ulaming mazmunidan qat’i nazar) xarakterli xususiyati o‘tgan yillar uchun odat bo‘lgan ko‘p avtorlikdan kechishdir. Endi deyarli har bir yangi opera o‘zbek kompozitorining mustaqil ijodiy faoliyati natijasida yuzaga keladi (“Zaynab va Omon” bundan istisno) S.Boboyevning “Hamza” operasi (K.Yashin librettosi) A. Umariy va K.Yashinning shu nomdagi dramasi asosida yozilgan. Operaning markazida Hamza Hakimzoda Niyoziy obrazi turadi. S.Boboyev dunyo musiqa klassikasida yuzaga kelgan opera shakllari (ariya, duet, ansambl va hokazo)ni ishlatadi. Vokal nomerlarining aksariyati sahna voqeasidan kelib chiqib, qahramonlaming kechinmalari bilan bog‘liqdir.
Operaning musiqali intonatsion zamini o‘zbek folklori bilan uzviy bog‘liqdir. Oldingi o‘zbek operalarining avtorlaridan farqli o‘laroq S.Boboyev asl xalq kuylaridan deyarli foydalanmaydi. Lekin kompozitor yozgan butun kuy materiali milliy merosning rivojlangan ashula yo‘llarida yaratilgan. Operada Hamza kuylari muhim rol o‘ynaydi.
“Hamza” musiqali dramaturgiyasida turlicha xarakterlami intonatsion doiralarda taqqoslash orqali ko‘rsatish tendensiyasi belgilanadi. Biroq bu tendensiya hamma vaqt ham yetarli natijalarga olib kelavermaydi. Chunonchi, rechitativlar kam individuallashtirilgan. Ularda ariya va qahramonlarning boshqa vokal partiyalariga ohangdoshlik sezilmaydi.
Shu davming muhim voqealari qatorida A.Kozlovskiyning “Ulug‘bek” operasining qayta ishlangan nusxasini (libretto avtorlari G.Gerus va A.Kozlovskiy) ko‘rsatishlozim.
Opera sujetining asosiga Movarounnahr hokimi - Ulug‘bekning davlat va ilmiy faoliyati, buyuk olimning fojiali halok bo‘lishi bilan bog‘liq chin tarixiy voqealar olingan. Mahorat bilan yozilgan librettoda barcha sujet yo‘nalmalari izchillik bilan ochiluvchi dramaturgik maqsadga bo‘ysunadi, ayrim epizodlar o‘tkir dramatik “tugunlar”ga birlashtiriladi.
Sujetning lirik yo‘nalmasi Xitoy imperatorining Ulug‘bekka nisbatan emotsional holatini aks ettiruvchi partiyalaming o‘zaro murakkab birikish yo‘li orqali ko‘rsatgan ommaviy sahnalar tarzida tuzilgan. Masalan, xalq nolasi qatl qilinganlami tahqirlayotgan darveshlaming baqirig‘i bilan bo‘linadi. Xalqning “Yig‘lang, odamlar” (“Плачте, люди”) xori mutaassiblaming xoriga qo‘shilib ketadi, xudo nomini baqirib tilga olayotgan darveshlaming unisoni esa o‘ziga xos ritmik kontrapunkt hosil qiladi.
“Ulug‘bek” operasining avtor tomonidan qayta ishlangan nusxasi O`zbekiston jamoatchiligi tomonidan yaxshi qabul qilindi. Moskvada, O`zbek san’ati dekadasi (1958)da ham u ijobiy baholandi.
Ko‘rilayotgan davrda M.Ashrafiyning yana ikkita operasi “Dilorom” (1958) va “Shoir qalbi” (1962) sahnalashtirildi. “Dilorom” librettosi K. Yashin va M.Muhamedov tomonidan A. Navoiyning “Sabayi sayyor” dostoni mavzusida yozilgan. Operaning bosh qahramonlari - rassom Moniy va sozanda Dilorom bir-birlarini sevadilar, lekin go‘zal changchini sotib olgan va Moniyni zindonga tashlagan shoh Bahrom sevishganlar baxtini poymol qiladi.
S.Yudakov tomonidan yaratilgan bimichi o‘zbek hajviy operasi “Maysaraning ishi” katta voqea bo‘ldi. Bu hajviy janming barcha tipik xususiyatlari - tez rivojlanuvchi hajviy epizodlarga boy, yengil, xushchaqchaq musiqa, so‘zlashuv dialoglarini o‘z tarkibiga olgan hajviy operadir. Shu bilan birga, S.Abdulla va M.Muhamedovlar librettoga asos qilib olingan.
Musiqiy epizodlar orqali operaning bosh qahramoni to‘liq ifodasini topgan. Ariozo va ansambl shakllari vositasida kompozitor Maysaraning yaqinlar davrasida dilxush va ochiq yuz (birinchi pardadagi trioda), og‘ir sinov damlaridabukilmas irodali (ikkinchi parda boshlanishidagi ariya), serharakat va g‘ayratga to‘la (uchinchi parda boshlanishidagi ansambl) ko‘p qirrali obrazini yaratadi. O`zining o‘tkir hajviyligi bilan zavqlantiradigan Maysara va Darg‘aning yoki Maysara va Qozining xizmatkori Mullado‘st duetlari (ikkinchi parda) hamda xushchaqchaqlik bilan to‘lib toshgan.
Agar ijobiy qahramonlar - Maysara, Cho‘ponali, Oyxon obrazlarini ifodalovchi musiqa xushohangligi, samimiyligi bilan maftun etsa, bularga qarama-qarshi qo‘yilg‘an qozining musiqali obrazi bag‘ritosh qilib ta’kidlangan. Uning partiyasiga asos qilib rechitativ olingan. Qozining yagona yakkaxon nomeri - uning “Mu-u” qo‘shig‘i (og‘ilda, uchinchi parda) ho‘kiz ma’rashiga taqlidan intonatsiyalarga asoslangan.
Mullado‘st partiyasi ham sodda, kuplet tuzilishidagi qator folklor namunalarini eslatuvchi kuylar zaminida yuzaga kelgan. Biroq folklor temalaridan faqat ayrim intonatsiya va jumlalargina olingan. Ularga tayanib S.Yudakov shaklni asosiy ohangning variant takrorlanishi yoki shu intonatsiyalami rivojlantirish yo‘li bilan tuzadi. Operaning musiqali dramaturgiyasida muhim rolni ansambllar, va, ayniqsa, xorlar egallaydi. “Maysaraning ishi” operasining xalqchilligi, asl hajviyligi, badiiy vositalarining o‘ziga xosligi uning faqat O`zbekistondagina emas, balki chet ellarda ham keng shuhrat qozonishiga sabab bo‘ldi. Birinchi bor A.Navoiy nomidagi opera va balet teatri sahnasida ko‘rsatilgan S.Yudakovning bu operasi boshqa respublikalar (Turkmaniston, Qirg‘iziston, Boshqirdiston va b.) teatrlarida ham muvaffaqiyat bilan sahnalashtirildi. S.Yudakov operasining shuhrati chet mamlakatlarga ham yoyildi. Kompozitor tomonidan operettaga aylantirilgan bu asar “Maysaraning nayranglari” degan nom bilan Lodz teatri (Polsha)da namoyish qilindi. 60-yillar oxiri - 70-yillar boshida respublika musiqali teatriga yosh kompozitorlaming qiziqishi tobora ortib bordi. Opera ijodiyotida R. Hamroyev, U. Musayev, N. Zokirovlar ko‘rinarli natijaga erishdi. Bu davrda bolalar uchun ham operalar yaratildi: Varelasning “Olovuddinning sehrli chirog‘i” va Yan-Yanovskiyning “Chet ellik Petrushka”. Ko‘rilayotgan davr uchun (oldingi operalarga qaraganda) kompozitorlaming folklor bilan boshqacha “o‘zaro munosabatlari” moyilligi xosdir. Shunday qilib o‘zbek mualliflarining musiqasi hali ham xalq an’anaviy san’atining qonuniyatlari bilan bog‘liqdir, biroq, folklor ishlatishning “sitata” usuli endi deyarli uchramaydi. Xalq kuychan sitatalar to‘plash o‘miga opera janrining talablariga javob beradigan muallif tematizimini yaratish masalasi oldinga suriladi.
Operaning asosiy fikri va uning musiqiy gavdalantirish vositalari bilan o‘zaro munosabati muammosini oldinga suradigan asarlardan - R.Xamrayevning “Nomalum kishi” (1972-y.), tJ.Musayevning “Mangulik” (1974-y.), N.Zokirovning “To‘qnashuv’’ (1974-y.), I.Akbarovning “Sug‘d elining qoploni” (1977-y.) R. Abdullayevning “Sadoqat” (1981-y.) operalari ajralib turadi.
1978-84-yillardagi o‘zbek operasining bosib o‘tgan yo‘lini yakunlab qiziqarli topilma olib kelgan izlanishlaming samaradorligini ta’kidlashimiz lozim. Shu bilan bir vaqtda ikki ijodiy muammo yetakchi deb belgilandi: 1-musiqa dramaturgiyasi darajasini aniqlaydigan libretto muammosi; 2-vokal - ifodaviy melodika.
Opera san’atining eng muhim masalalaridan biri kuylashdir. O`tgan davrlardagi opera teatri jamoasi tarkibidagi mashhur artistlar X.Nosirova, M.Qori-Yoqubov, K.Zokirovalar - o‘zbek opera sahnasining mutafakkirlari deb tan olindilar. 30-yillaming oxiri 40-yillaming boshida o‘zbek opera sahnasiga Moskva opera studiyasini bitirgan S.Xojayeva, S.Samandarova, T.Abdurahmanov, Marduxay va Mixail Davidovlar, Noila va Nosim Xoshimovlar kabi qobiliyatli yosh qo‘shiqchilar kirib keldi. Shuningdek teatrga mahalliy yosh qo‘shiqchilaridan K.Siddiqov, M.Mullajonov, D.Nizomxo‘jayevlar ham keldilar. So‘nggi o‘n yilliklaming ijodiy yakuni shundan dalolat beradiki, o‘zbek operasi kelajak sari katta qadam tashlangan. Mavzu kengaydi, janrlar doirasi boyidi, ayrim asarlar faqat respublikadagina emas, balki chet ellarda ham shuhrat q`ozondi.

Yüklə 68,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin