Musiqiy-ritmik harakatlarda tovush balandligini eshitishnishakllaptirish. Bolalar ko‘zlarini yumib, tovush balandligini cholg‘uning tembri bo‘yicha aniqlaydilar. Harakat - ramzlar orqali javob qaytaradilar. Masalan A.Muhamedovning «Shohi so‘zana» quyidagi past tovushlarga - oyoqlarini o‘ynatadilar, baland tovushga - qo‘l bilaklarini aylantiradilar, doira tovushiga - shu cholg‘u ijrosini ko‘rsatadilar.
O‘quvchilar turadilar. Birinchi turgan bola koptokni oladi. Agar musiqa baland yangrasa, bola koptokni boshi orqali keyingi bolaga doira bo‘ylab uzatadi, agar past yangrasa, oyoqlari orasidan uzatadi.
O‘quvchi tinglagan ohangining doskaga bur bilan chizadi. Keyin ikki yoki uch o‘quvchi xuddi shuni hayolan doskaga chizadilar va harakat bilan ifodalaydilar. Bu mashqda D.Zokirovning «Gulxan» quyidan foydalanish mumkin.
Musiqiy-ritmikxarakatlarda ritm xissini oshirish. Bolalar doira bo‘lib yoki partada o‘tiribdilar. M.Mirzaevning «Bahor valsi» kuyiga koptokni ushlagan bola choraktali cho‘zimga koptokni u qo‘lidan bu qo‘liga o‘tkazadi, yarimtalik cho‘zimga doira bo‘ylab yoki partadoshiga o‘zatadi.
Bolalar xona buylab yorqin kuyga yuguradilar, mayin, ohista musiqani tinglashlari bilan juft bo‘lib aylanadilar.
«Aks sado» o‘yini harakatlarda ritmik suratni boshdan yuqorida, orqada oldida chapak bilan takrorlash, keyin oyoqlarni turgan joyda to‘pillatish yoki yon tomonga chapak chalib oyoqlarni to‘pillatish.
O‘quvchilar vazifa oladilar, berilgan harakatga ritmik suratni chapak orqali yoki kuylab berish. Avval, o‘qituvchi ritmik asosni harakatda ko‘rsatadi, keyin esa o‘quvchilar chapak yoki barmoqlarni qarsillatish orqali namoyon etadilar. Harakatlar yordamida o‘quvchilarda bir qator musiqiy-eshituv tasavvurlarini shakllantirish mumkin. Ikki yoki uch xissasi o‘lchov haqidagi tasavvurlar; Bunday o‘quvchilar turgan holda 2/4 o‘lchovidagi musiqaga oyoq uchida ko‘tarilib va pastlab harakat bajaradilar;
2/4 o‘lchovidagi musiqaga kift va yelkalarini boshga qarab ko‘tara-dilar va o‘z holiga tushiradilar;
3/4 o‘lchovidagi musiqaga esa-birinchi xissaga yengil yarim o‘tiradilar va «uch»ga turadilar va xokazo.
Harakatli mashqlar. Bolalar ko‘zlarini yumib o‘tiradilar va tovushlar balandligi yoki cholg‘ular tembrlarini aniqlashga harakat qiladilar. Javoblarni bolalar harakatli belgilar yordamida ko‘rsatadilar. Masalan, past tovushlarga oyoqlar «raqs tushadi», baland tovushlarga - qo‘l bilaklari, doyra jarangiga bolalar doirasida ijroga taxlid qilib ko‘rsatadilar.
o‘rta registrdagi tovush eshitilsa, bolalar ko‘krak balandligida chapak chaladilar, baland registrdagi tovush chalinsa - boshlari o‘zra chapak chaladilar.
Ijodkorlikka qaratilgan mashq uch qismli asardagi registrlarni taqqoslashda qo‘llar yuqori registrga «raqs tushadilar», o‘rta registrda esa -tanani harakatlantiradilar va hokazo. Bunday bir o‘quvchining harakatlariga ikkinchi o‘quvchi oddiy cholg‘uda ritmik jo‘r bo‘lishi ham mumkin. Sinfga esa bu ijodiy vazifaning bajarilishini baholash topshiriladi.