Tayanch xarakat apparatining gigienasi. Bolalarning o‘quv va mexnat faoliyatini tashkil etishda o‘quv va mexnat sharoitlarining gigienaga to‘g‘ri kelmasligi, sinf jixozlarining maqsadga muvofiq bo‘lmasligi, portfelini doim bir qo‘lda olib yurishi, uydagi turmushni uyushtirishda ish o‘rnining gigienik jihatdan to‘g‘ri kelmasligi, o‘rin – ko‘rpaning xaddan tashqari yumshoq va notekis bo‘lishi umurtqa pog‘onasining rivojlanish xususiyatlariga yetarlicha baho bermaslik tayanch – xarakat apparatining noto‘g‘ri o‘sib – rivojlanishiga olib keladi. Tayanch – xarakat apparatining gigienik qonunlarga rioya qilmasliq umurtqa pog‘onasining rivojlanishiga, ya’ni qad – qomatning buzilishiga olib keladi. Bularga egilgan, kifotik, lordotik, skoliotik qad – qomat deyiladi.
Egilgan qad-qomat bolalar tik turganda boshi bir oz oldinga egilgan, yelkalari oldinga osilgan, ko‘krak qafasi botiqroq, qorni oldinga chiqqan bo‘ladi.
Kifotik qad-qomatli bolalarda kuraklar qanotga o‘xshash ko‘tarilib turadi. Bukir holat yuzaga keladi.
Lordotik qad-qomatli kishilarda gavdasining orqa qismi tekis, ko‘krak qafasi yassi, qorni oldinga chiqqan bo‘ladi, umurtqa pog‘onasining bel qismi normadan ko‘proq oldinga buqilishi kuzatiladi.
Skolioz deb ataluvchi qad-qomatli bolalarda tik turganda yelkalarining biri past, biri baland, ko‘kraklari ham past, baland bo‘lib, ko‘krak qafasining bir tomoni bo‘rtganroq, ikkinchi tomoni botiqroq holatda bo‘ladi. Qad-qomatning buzilishi faqat tashqi ko‘rinishni emas, balki ichki organlar (o‘pka, yurak, jigar, buyrak, oshqozon va ichak kabilar) ning rivojlanishi va funksiyasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bolalarda umurtqa pog‘onasining normal shakllanishi uchun quyidagi gigienik qoidalarga amal qilish kerak; bolani yoshlikdan tekis va bir oz qattiqroq to‘shakda uxlashga o‘rgatish, yostiq pastroq bo‘lishi kerak; bolani 6 oylik bo‘lguncha o‘tkazmaslik, 10 oylik bo‘lguncha oyog‘ida uzoq vaqt tik turg‘azmaslik kerak; kichik yoshdagi bolalar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uzoq vaqt bir joyda o‘tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og‘ir yuk ko‘tarmasligi, doim bir qo‘lda ish bajarmasligi kerak; O‘quvchilar bo‘ylariga mos parta, stol-stullarda o‘tirishi kerak, parta, stol-stulda o‘tirganda gavdasi tik, yelkalari bir tekisda, beli stul yoki parta suyanchig‘iga suyanib turishi, oyoqlari tizza bug‘imida to‘g‘ri burchak hosil qilib, bukilgan, ko‘krak bilan parta qirrasi orasida 3-5 sm. ga yaqin masofa bo‘lishi kerak.
Odam tovon kaftining pastki qismi tayanch-harakat sistemasining ressori vazifasini bajaradi. Bolalar uzoq vaqt tik turganda, Og‘ir yuk ko‘targanda, tor poyafzal kiyganda oyoq panjasi gumbazi yassilanadi, natijada yassioyoqlik kelib chikadi. Yassioyoqlik natijasida oyog‘ining tovon- panja va boldir muskullarida og‘riq bo‘ladi. Yassioyoqlik tug‘ma va xayotda orttirilgan bo‘ladi. Yassioyoqlikning tug‘ilgandan keyin yuzaga kelishi sabablari kuyidagilardan iborat: bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurg‘izish, uzoq vaqt tik turg‘izish, yosh bolaga poshnasi yumshoq poyabzal kiygizish, o‘quvchilarning kun bo‘yi poshnasiz sport poyabzalida yurishi, poshnasi baland, uchi tor poyabzallarni kiyish, og‘ir yuk kutarish. Ana shularni hisobga olib, yassioyoqlikni oldini olishga e’tibor berish kerak.
Sinf jixozlariga qo‘yiladigan gigienik talablar. Ta’lim-tarbiyaning, mehnat ta’limining samarali bo‘lishida sinf xonalari, labaratoriyaning jihozlanishi muhim ahamiyatga ega. Maktab mebellari bolalarning bo‘yi, yoshi, tana proporsiyasi, fiziologik xususiyatlariga mos bo‘lishi kerak. Sinf xonasining asosiy jihozi partadir. Parta bir yoki ikki o‘rinli bo‘lib, har birining suyanchig‘i, o‘tirg‘ichi va yozuv stoli kabi qismlari bo‘ladi. Suyanchiq bola umurtqa pog‘onasining bel egriligiga mos kelishi kerak. Suyanchiq oralig‘i gorizontal bo‘yicha kursi suyanchig‘igacha bo‘lgan masofa o‘quvchi gavdasining diametridan 3-5 sm. masofa qolishi kerak. Masofa musbat, manfiy va nol bo‘lishi mumkin. Suyanchiq oralig‘i oshib ketsa, o‘quvchi bukilib o‘tiradi, kamayib ketsa, siqilib qoladi. Partaning oldingi cheti o‘tirg‘ichdan 3-5 sm. o‘tishi maqsadga muvofiqdir. Partaning yozuv stoli 15 -20° qiyaroq qilib tayyorlanadi. Bu ko‘rishni yengillashtiradi. O‘quvchilarni partaga o‘tkazishda bo‘yini parta raqamiga moslash zarur. Bo‘yi eng past bola 110 sm., novchasi 179-180sm. bo‘ladi. Barcha o‘quvchilar 7 ta bo‘y guruhiga bo‘linadi. Parta raqamlari ham 6 dan 12 gacha A.F.Listov bolani bo‘yiga qarab parta nomerini aniqlash uchun quyidagi formulan tavsiya qiladi, ya’ni bola buyining oldingi raqami o‘nligidan 5 ni ayirsa, shu bola o‘tiradigan partaning nomeri kelib chiqadi. Masalan, bolaning buyi 148 sm., 14 dan 5 ni ayirib tashlaymiz, unda 9 qoladi. Demak, 148 sm. bo‘yli bola 9 nomerli partada o‘tirishi kerak. Xozirgi vaqtda ko‘p maktablarda yangi nomerli partalar ko‘llaniladi. Bular A, B, V, G, D deb belgilanadi. Xar bir partaning suyanchig‘ida shu partada o‘tirishi mumkin bo‘lgan bolaning bo‘yi, parta nomeri yoki rangli shartli belgi ko‘yilgan bo‘ladi. Jumladan, A raqamli parta rangli belgisi sariq, B-qizil, V-ko‘k, G- yashil va D-oq rang bo‘ladi. Sinf partalari, stol, stullarni akslanish koeffitsenti 35% dan 50% gacha bo‘lgan ranglarda bo‘yash tavsiya etiladi. Parta, stol, stullar och kul rang, och yashil yoki boshqa ochroq rangga bo‘yash tavsiya etiladi. Sinf partalari 3 qator qilib, pastlari oldinga, balandlari orqaga qo‘yiladi. Parta qatorlari orasidagi masofa 70-75 sm., ichki devor bilan parta qatori orasidagi masofa 60 sm., oxirgi parta bilan devor orasidagi masofa 50 sm., oxirgi parta bilan doska orasidagi masofa 7-8 m. qilib joylashtiriladi. O‘quvchilarni partaga o‘tkazishda bo‘yidan tashqari sog‘lig‘i, ko‘rish, va eshitish organlarining xususiyatlari ham e’tiborga olinadi. Yaqindan ko‘radigan bola, garchi bo‘yi baland bo‘lsa ham oldingi partaga o‘tkazilishi kerak. Sinf doskasining yuzasi silliq, yaltiramaydigan bo‘lishi kerak. Uning o‘lchami sinf satxiga bog‘liq bo‘lib, uzunligi 175 sm. dan 300-350 sm. gacha, eni 110-120 sm. bo‘lishi kerak. Boshlang‘ich sinflarda sinf doskasi pol sathidan 85 sm, yuqori sinflarda 90 sm. baland o‘rnatiladi. Doska jigar rang, tuk yashil rangga bo‘yaladi. Doskada bo‘r, latta qo‘yish uchun tarnovcha bo‘lishi kerak. Doska yaxshi yoritilishi uchun tepasiga lyuminessentlampa o‘rnatiladi. O‘qituvchining ish stoli va stuli birinchi parta yoki o‘rtadagi parta oldiga ko‘yiladi.
Ta’lim-tarbiyaning, mehnat ta’limining samarali bo‘lishida sinf xonalari va laboratoriyalarning jihozlanishi muhim ahamiyatga ega. Maktab mebellari bolalarning bo‘yi, yoshi va tana proporsiyalari, fiziologik xususiyatlariga mos bo‘lishi kerak. Sinf xonasining asosiy mebeli parta. Partalarni o‘quvchilarga moslab tanlash, ularni partaga to‘g‘ri o‘tqazish, ular qad-qomatining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Parta bir va ikki o‘rinli qilib yasaladi. Har bir partaning suyanchig‘i, o‘tirg‘ichi, masofasi va differensiyasi, yozuv stoli qismlari bo‘ladi. Partaning suyanchig‘i bola bel-dumg‘aza qismining qo‘shimcha tayanishini ta’minlaydi. Suyanchiq bola umurtqa pog‘onasining bel egriligiga mos kelishi kerak.
Bola partaga to‘g‘ri o‘tirganda, parta qirg‘og‘i bilan ko‘kragi orasida 3-5 sm masofa krlishi kerak. Suyanchiq oralig‘i-gorizontal bo‘yicha kursi suyanchig‘igacha bo‘lgan masofa o‘quvchi gavdasining diametridan 3-5 sm ortiq bo‘lishi kerak. Masofa musbat, manfii, nul bo‘lishi mumkin. Suyanchiq oralig‘i oshib ketsa, o‘quvchi ishlayotganda kursi suyanchig‘iga tayana olmaydi va bukilib o‘tiradi. Suyanchiq oralig‘i kamayib ketsa, sikilib qoladi. Partaning oldingi cheti o‘tirg‘ichdan 3-5 sm o‘tishi maqsadga muvofiqdir. Partaning yozuv stoli (qirg‘og‘i) 15-25° qiyaroq qilib tayyorlanadi. Bu ko‘rishni yengillashtiradi, kitob biroz qiya qilib qo‘yilganda pastki qator bilan yuqori qatorda ko‘z bilan kitob orasidagi masofa bir xil bo‘ladi. Kitob gorizontal qo‘yilsa, o‘qilganda ko‘z moslashnshi bir necha marta o‘zgaradi.
O‘quvchilarni partaga o‘tqazishda bo‘yini parta raqamiga moslash zarur. Bo‘yi eng past bola 90 sm, novchasi 179-180 sm bo‘ladi. Barcha o‘quvchilar 7 ta bo‘y guruhiga bo‘linadi. Parta raqamlari ham 6 dan 12 gacha bo‘ladi. A.F.Listov bolaning bo‘yiga qarab parta nomerini apiqlash uchun quyidagi formulaii tavsiya qiladi, ya’ni bola bo‘ynining oldingi raqami o‘pligidan 5 ni ayrilsa, shu bola o‘tiradigan partaning nomeri kelib chiqadi. Masalan, bolaning bo‘yi 148 sm, 14 dai 5 ni ayirib tashlaymiz; unda 9 qoladi. Demak, 148 sm bo‘yli bola 9-partada o‘tirishi ksrak.
Partaning nomerini aniklash uchun uning o‘quvchi tomoniga qaratilgan qismi va o‘tirg‘ichi balandligini, o‘t-irg‘ich kengligini o‘lchash hamda 5- jadvaldan bilish mumkin.
Har bir maktabda turli xil nomerdagi partalar starlicha bo‘lishi kerak. Un yillik maktablarda taxmi-nan 6-nomerli partadan 2%, 7-nomerlidan 19%, 8-nomerlidan 20%, 9-nomerlidan 22%, 10-nomerlidan 11%, 12-nomsrlidap 6% bo‘lishi kerak. Sinfga partalar 3 qa-tor qilib, pastlari oldinga, balandroqlari opi^ara qo‘yiladi. Parta qatorlari orasidagi masofa 70-75 sm; ichki devor bilan parta qatori orasidagi masofa 60 sm, oxirgi partalar bilan devor orasidagi masofa 50 sm, oxirgi parta bilan doska orasidagi masofa 7-8 m qilib joylashtiriladi. Uquvchilarni partaga o‘tqazishda bo‘yidan tashqari sog‘lig‘i, ko‘rish, eshitish organlarining xususiyatlari ham e’tiborga olipadi. Yaqindan ko‘radigan bola, garchi bo‘yi baland bo‘lsa ham, oldingi partaga o‘tqazilishi kerak. O‘quv yili davomida deraza yonida o‘tiradigan o‘quvchilar joyi 2-3 marta almashtiriladi. Bu doimo bir tomonga qarab doskadan ko‘chirish yokn ko‘rgazmali qurollarpi ko‘rishning oldini oladi.
Dostları ilə paylaş: |