Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek



Yüklə 37,53 Kb.
səhifə1/3
tarix11.05.2023
ölçüsü37,53 Kb.
#111700
  1   2   3
oybek

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek

KIRISH




Annotatsiya: Istiqlol yillarida ma’naviy hayotimizni isloh qilish va yangilashga e’tibor yanada kuchaydi. Endilikda ma’naviy, adabiy, diniy qadriyatlarimizni tiklash va buni har tomonlama yetuk inson kamolotiga yо‘naltirish davlat siyosati darajasiga kо‘tarildi. Bu esa bizga adabiy merosimiz namoyandalari ijodini yangicha qarashlar asosida о‘rganish va tahlil etish imkonini beradi. Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoev О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida: “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bо‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni о‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz”1, deb ta’kidladilar. Prezidentimizning bu fikrlari bevosita adabiy ta’limga ham taalluqlidir. Shoir va yozuvchilarimiz asarlarini zamonaviy ta’lim usullari asosida о‘rgatish orqali yosh avlodni zamonaviy talablarga javob bera oladigan inson sifatida kamol topishlariga erishishimiz lozim.
Kalit so'zlar: Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek, adabiyot, tarix, davlat, roman, asar, buyuk, ma’naviy, adabiy, madaniyat, badiiy fikrlar, sho’ro,Navoiy romani, Alisher Navoiy, Hirot , Samarqand, Qutlug‘ qon, ulug’ yo’l, Zafar va Zahro, Bolalik.


KIRISH
Sho‘ro davri o‘zbek adabiyotining rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan ulug‘ adib, shoir, olim, jamoat arbobi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905 yili Toshkent shahrida bo‘zchi oilasida dunyoga keldi. Oldin o‘rta maktabda, 1922-1925 yillarda esa Toshkent pedtexnikumida ta’lim oldi. So‘ngra O‘rta Osiyo Davlat dorilfununida ijtimoiy fanlar fakultetida o‘qishni davom ettirdi. Leningraddagi Plexanov nomidagi Xalq xo‘jaligi institutida tahsil ko‘rdi. 1930 yili O‘rta Osiyo Davlat dorilfununini tugatib, Oliy maktablarda siyosiy iqtisoddan dars beradi.
Oybek adabiyotga 1926 yili chop etilgan «Tuyg‘ular» she’riy to‘plami bilan kirib keladi.Shoirning «Dilbar davr qizi» (1931), «Och» (1932), «Baxtigul va Sogindiq» (1933), «Temirchi Jora» (1933) poyemalari o‘z davrining she’riy solnomalaridandir. Uning yigirmadan ortiq dostonlari bo‘lib, tarixiy, zamonaviy va xorijiy mavzularda yaratilgan.
O‘zbek xalqining 1916 yilgi milliy ozodlik qo‘zg‘oloni yozuvchining «Qutlug‘ qon» (1940)romanida zo‘r mahorat bilan realistik ifodalangan.Adibning ikkinchi yirik tarixiy asari «Navoiy» (1944) romanidir. Oybek bu romanda o‘zbek adabiyotida birinchi bo‘lib, ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy obrazini yaratdi. Uning «Oltin vodiydan shaba-dalar» (1949) asarida xalqimizning urushdan so‘nggi davr yaratuvchilik mehnati, «Quyosh qoraymas» (1958) romanida Ulug Vatan urushida erishilgan g‘alaba aks ettirilgan. Adibning «Ulugyo‘l» (1967) asari esa «Qutlugqon» romanining mantiqiy davomi bo‘lib, unda yozuvchi milliy ongning shaklla- nishini mahorat bilan ko‘rsata olgan.Oybek 1949 yilda Pokistonga sayohat qildi. Adib Pokiston hayotini, fikr va tuyg‘ularini, kurash va intilishlarini «Pokiston xotiralari» ocherklarida, qator she’rlarida, «Zafar va Zahro», «Haqgo‘ylar» dostonlarida, nihoyat «Nur qidirib» povestida tasvirladi.
Adibning avtobiografik povesti «Bolalik» 1963 yilda yaratildi. Qissaning bosh qahramoni yosh Muso ya’ni Oybekning o‘zidir.Muso Toshmuhammad о‘g‘li Oybek (1905-1968) о‘zining ibratli hayoti va intilishlari, sermaxsul va samarali ijodiy merosi bilan adabiyotimiz nufuzini jahoniy miqyoslarga kо‘tarishga barakali hissa qо‘shdi. Ulug‘ akademik shoir, nosir, adabiyotshunos va tarjimon Oybek ijodiy merosi madaniyatimiz va adabiyotimizning tarkibiy qismi bо‘lib, uning ijodini о‘rganish bо‘yicha kо‘plab tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ammo bugungi kunda ulug‘ shoir ijodiy merosini bilish va tadqiq etish g‘oyatda muhimdir. Shuning uchun ham shoir ijodiga chuqurroq kirib borish, asarlarining о‘ziga xos jihatlarini yoritish, uning san’atkorlik mahoratini bilib olish uchun har bir asarini yangicha qarashlar asosida tahlil etishimiz va о‘quvchi yoshlarga о‘rgatishimiz zarur.
ettirilgan. Shu ma’noda biz ushbu maqolada Oybek asarlarini qiyoslab o`rganish metodikasi masalasini о‘rganishga va ayrim umumlashmalarimizni bayon etishga harakat qildik. Ushbu masala ilk bora tadqiqot ob’ekti sifatida о‘rganilmoqdaki, bu ishimizning dolzarbligini belgilaydi.

Yüklə 37,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin