IV. O’quvchilarni rag’batlantirish. V. O’quvchilarni baholash. VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.
MMIBDO‘: ______________________ Sana:________________ 4-mavzu: Jahonda bo‘lmasa muallim agar, hayot ham bo‘lmasdi go‘zal bu qadar (1 oktabr – O`qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan)
Kun shiori:Dunyo imoratlari ichida eng ulig`i maktab bo`lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o`qituvchilik va murabbiylikdir Maqsad:O`quvchilarda o`qituvchi va murabbiylarga hurmat tuyg`usini singdirish, ustozlarning ulug`ligini va ularga doimo ehtirom ko`satishligini uqtirish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantira di
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar.
Doskada:
Maktab bor ekan albatta, bu dargohda ustoz degan ulug` zot bor.
“Ustoz ko’rgan elmiz illo, bu an’ana etar doimo”
O`qituvchi:
“Ustoz”ning tarix zarvaraqlaridagi o`rni Ibn Abbosdan:
-Sen qanday qilib shuncha ilmga erishding,-deb so’radilar.
U shunday deb javob berdi:
-Savol beruvchitil, biluvchi qalbva chidamlio’qituvchi bilan.
Bir kuni Iskandardan:
-Sen ustozingni onangdan ko’ra yaxshiroq hurmat qilar emishsan, shu rostmi?-deb so’radilar.
-Ha,-deb javob berdi Iskandar,-onam meni yo’qlik osmonidan olib tushdi, ustozim esa yerdan ko’kka ko’tardi.
Kimki ustodiga ixlos ila izzat qilsa,Haq aning manzilini
jannati rizvon ayladi.
Mashg`ulot davomida, O`quvchilarning ustozlariga bag`ishlangan tabriklari,tilaklari, she’ru, qo`shiqlari va raqslari.
Izoh:(Har yili 1 oktabr – O`qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o`qituvchi o`z maktabining faollar zalida ustozlarni madh etuvchi tadbirlar o`tkazishi mumkin)O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka undab boradi.