27
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
MUSTAQI
L SÓZ TURKUMLARINING ÓZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Akmirzayeva Yulduz Xurramovna
O`qituvchi, Termiz davlat universiteti qoshidagi akademik litsey
https://doi.org/10.5281/zenodo.7124172
So‘zlarning lug‘aviy va grammatik ma’no jihatdan o‘xshashligiga ko‘ra
ayrim
leksik -
grammatik guruhlariga ajratilish so‘z turkumlari deyiladi. So‘zlarni
turkumlarga ajratishda ularning grammatik ma’no
-
lari bilan bir qatorda, lug‘aviy
ma’nosi ham asosiy belgilardan hisob
-lanadi. Ham grammatik, ham leksik
ma’nolarga ega bo‘lib, gapda mustaqil sintaktik bo‘lak sifatida ishtirok etadigan
so‘zlar mustaqil so‘zlar deyiladi. Mustaqil so‘zlarga: ot, sifat, son, olmosh, fe’l,
ravish kiradi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, tilimizdagi ba’zi mustaqil so‘zlar ham nutq
jarayonida o‘zining mustaqil lug‘aviy ma’nosini yo‘qotib, gram
-
matik ma’no
ifodalashga xoslangan holda, yordamchi so‘z vazifasiga o‘tishi mumkin. Bu
hodisa tilshunoslikda grammatikalizatsiya deb yuritiladi. Masalan: ko‘rib
qolmoq, bilib olmoq, xafta ichi kabi birikmalardagi qo
l, ol, ich so‘zlari o‘zining
mustaqil lug‘aviy ma’nosni yo‘qotgan holda yordamchi so‘z sifatida qo‘llangan.
Mustaqil leksik ma’noga ega bo‘lmaydigan, gap bo‘lagi vazifasini bajara
olmaydigan, biroq so‘z va gaplarni o‘zaro bog‘lash yoki ularga qo‘shimcha ma’no
nozikligi kiritish (yuklash) uchun xizmat qiladigan so‘zlar yordamchi so‘zlar
deyiladi. Yordamchi so‘zlar umumiy vazifalarga ko‘ra uch turli bo‘ladi:1)
ko‘makchi; 2) bog‘lovchi; 3) yuklama.
Undov, taqlid va modal so‘zlar esa, yordamchi so‘zlarning aloh
ida guruhini
tashkil etadi. Chunki undov va taqlid so‘zlar gap bo‘lagi sifatida ham, mustaqil
so‘z
-
gap sifatida ham qo‘llanadi. Ayni paytda mustaqil so‘zlarning yasalishida
ham ishtirok eta oladi. Biroq bu so‘zlar harakat va hodisaning atamasi bo‘la
olmasl
igi, ya’ni lug‘aviy ma’no ifoda eta olmasligi bilan yordamchi so‘zlarga
o‘xshashdir. Shuning uchun ham undov, taqlid, modal so‘zlarning har biri o‘ziga
xos xususiyatlari bilan alohida - alohida turkumni tashkil etadi.
Ko‘rinadiki, so‘zlarni turkumlarga ajratishda, birinchidan, lug‘aviy ma’no,
ikkinchidan, morfologik shakl, uchinchidan, biror sintaktik vazifa bajarish
xususiyati, to‘rtinchidan, qo‘llanish qurshovi (distributsiyasi) e’tiboridan kelib
chiqiladi. Shunga ko‘ra so‘zlarning hozirgi o‘zbek tilidagi
turkumlari: 1) ot, sifat,
son, olmosh, fe’l, ravish kabi mustaqil so‘zlar; 2) ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama
kabi yordamchi so‘zlar; 3) modal so‘zlar, taqlid so‘zlar, undov so‘zlar kabi
alohida yordamchi so‘zlar guruhidan iborat.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
28
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
1.
Ш. Шоабдураќмонов, М.Асљарова, А.Ќожиев, И.Расулов, , Х.Дониёров
Ќозирги њзбек адабий тили. 1
-
љисм .Т., «Њљитувчи» 1980.
2.
У. Турсунов, Ж. Мухторов, Ш. Раќматуллаев Ќозирги њзбек адабий
тили. Т., «Њљитувчи» 1992.
3.
Њзбек тили грамматикаси. 1
-
том. Т., «Фан» 1975.
4.
N.Mahmudov, A.Nurmonov,A.Sobirov, D.Nabiyeva, A.Mirzaahme-dov Ona
tili.
Umumta’lim maktablarining 7
-
sinfi uchun darslik. T., «Ma’naviyat» 2005
Dostları ilə paylaş: |