114
10.8-rasm. Ko‘kalamzorlashtirishda lolaning har xil turlaridan foydalanish.
10.9-rasm. Bir yillik va ko‘p yillik gul turlaridan to‘rtburchakli klumbalar tuzish.
Ko‘p yillik gul o‘simliklarini yer maydonlarida qishlash sharoitiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
Usti yopilmasdan ochiq yer maydonlarida qishlovchi gulli o‘simliklar: ko‘p yillik qo'qongul, akonit, veronika, chinnigul, delfinium, iberis, gulsapsar, lyupin, marvaridgul, lyutik, neza-budka, paporotniklar, pion, primula, binafsha, floks va boshqa lar.
0 ‘rta mintaqada usti yopilgan holda qishlaydigan gul o‘simliklari: Genii va Regali liliyasi, gortenziya, ba’zi nargis turlari.
Ochiq yer maydonlarida qishlamaydigan gul o‘simliklari: georgina, shoyigul va boshqalar.
Ko‘p yillik gul o‘simliklaridan nafis ko‘rinishdagi badiiy gulli kompozitsiyalami yaratish uchun ulaming barcha manza rali va biologik xususiyatlarmi, har xil ko‘rsatkichlarini, qanday sharoitda va qanday o‘simlik bilan yonma-yon ekilishini oldindan bilish kerak.
Ko‘p yillik gul o‘simliklari balandlikka o‘sib rivojlanishi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1.0‘ta baland bo‘yli gul o‘simliklari: balandligi 2m dan baland. Istirohat bog‘lariga ekish, guruhlar, gullovchi o‘sim-liklar va alohida ekinlar uchun tagrang tashkil etishda ishlatiladi (saxalin va yapon grechixasi, rudbekiya, korovyak va bosh-qalardan foydalaniladi).
Baland bo‘yli gul o‘simliklari: balandligi lm dan 2m gacha bo‘lgan ulkan gul o‘simliklari: shpomik, solidago, delfi nium, ko‘p yillik qo'qongul va boshqalar.
0 ‘rtacha bo‘yli ko‘p yillik gul o‘simliklari: balandligi
0,5m dan lm gacha boradigan gul o‘simliklari: bo‘ronsimon floks, pion, gipsofilla, moychechak, akvilegiya va boshqalar.
Past bo‘yli ko‘p yillik gul o‘simliklari: balandligi 0,24m dan 0,5m gacha bo‘lganlari. Bularga bahorgi primula, lolaning ertangi navlari, nargis, giatinit, past bo‘yli gulsapsar, sedum va veronikalar mansub.
116
Mitti bo‘yli ko‘p yillik gul o‘simliklari: lOsm dan 25sm gucha boradigan gilamli va tog‘li kompozitsiyalar barpo etishda Ibydalaniladi.
Ko‘p yillik, manzarali o‘tsimon, gulli o‘simliklar juda ko‘p bo‘lib, mamlakatimiz shahar va qishloqlarini ko‘kalamzorlashti-rishda muhim ahamiyatga egadir.
Ko‘p yillik, manzarali, gulli o‘simliklaming bir yillik o‘sim-liklardan afealligi shundaki, ular uzoq yashaydi va uzoq vaqt ochilib turadi, har xil tashqi ta’sirlarga chidamli bo‘ladi, ko‘p mchnat talab qilmaydi. Bir yillik o'simliklar parvarishi uchun har yil juda ko‘p vaqt va mehnat sarflashga to‘g‘ri keladi. Ko‘p yillik gul o‘simliklari yaxshi parvarish qilinsa, bir joyda bir necha yil ochilib turadi. Ular joyida asta-sekin o‘sadi, ko‘p vaqt ochilib tu radi.
Ko‘p yillik manzarali gul o‘simliklari tashrif buyuruvchilar ko‘p harakatlanadigan istirohat bog‘larida, shifoxonalar, dam olish oromgohlari va avtomobil yo‘llari atrofida har xil ko‘ri-nishdagi guzorlar, klumbalar va xiyobonlar barpo etishda keng Ibydalaniladi.
i
117
Ko‘kalamzorlashtirishda yuqorida keltirilgan gul turlaridan boshqa ko‘p yillik atirgul turlaridan ham foydalaniladi. Ular mayda bargli, yuzgul bargli, sariq, qizil bargli, gallik (fransuz), Damashq, ignasimon, poliant, gajaksimon, Sonya va boshqa turlarga bo‘linadi.
|