Mustaqil ish 931-22-guruh talabasi Bajardi : Yuldashov Furqatbek Tekshirdi : Masharipova Fazilat xorazm – 2023 Mavzu


Algoritmni dastur shaklida ifodalanishi



Yüklə 85,24 Kb.
səhifə8/9
tarix26.12.2023
ölçüsü85,24 Kb.
#197908
1   2   3   4   5   6   7   8   9
diskret mustaqil ish (5)

5. Algoritmni dastur shaklida ifodalanishi.
Ma’lumki, kompyuter dasturlar asosida ishlaydi va boshqariladi. Siz hozirgacha MS Word, Paint va MS Excel kabi amaliy dasturlar bilan ishladingiz. Shuni ta’kidlash joizki, har bir amaliy dastur ham juda katta va murakkab algoritmning bir ko‘rinishidir. Demak, bu kabi algoritmlar bajarilishi uchun algoritm ijrochisiga, ya’ni kompyuterga tushunarli bo‘lishi lozim. Odatda, algoritmning kompyuter tushunadigan tilda yozilishi dastur deb ataladi. Kompyuter tushunadigan til esa dasturlash tili deb ataladi. Jahonda minglab dasturlash tillari mavjud va yana rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda BASIC, Pascal, VBA, Delphi, C, C++ dasturlash tillari keng tarqalgan va o‘rganish uchun qulay.
Model so‘zi lotincha modulus, so‘zidan olingan bo‘lib, o‘lchov, me’yor, obraz, namuna, analog, "o‘rinbosar“ degan ma’nolarni bildiradi. Modelь tushunchasini ta’riflash juda qiyin. Bir manbada uning 31 ta ta’rifi sanab o‘tilgan.
Shunday bo‘lsada bu tushuncha har birimizga tanish: o‘yinchoq
samolyot - samolyotning modeli, globus-Erning modeli, planetariy ekrani-osmon va undagi yulduzlar modeli, formula- jism xarakati modeli. Bu bayon qilingan predmetlar grafik tasvirlar, formulalar bitta "model" so‘zi bilan birlashadilar. Yana turli shaklda berilgan ta’riflardan ba’zilarini keltiramiz.
Keng ma’noda modelь biror ob’ekt yoki ob’ektlar sistemasining obrazi yoki namunasidir. N. N. Moiseev ta’rifi buyicha «Model deganda biz predmet (hodisa ) haqida uning u yoki bu ayrim xossalarini aks ettiruvchi ma’lum bir chegaralangan ma’lumotni beruvchi soddalashtirilgan bilimni tushunamiz. Modelga ma’lumotni kodlashning maxsus shakli sifatida ham qarash mumkin. Modellarni qurish kishilar faoliyatida juda katta ahamiyatga ega. Model qurish jarayoni modellashtirish deyiladi. Modellashtirish deganda ob’ekt (sistema) ning modeli yordamida shu ob’ektning xossalarini tadqiq qilish jarayoni tushuniladi. Modellashtirish - turli jarayon va hodisalarni o‘rganishning eng keng tarqalgan metodlaridan biridir. Model tushunchasi biologiya, meditsina meditsin, ximiya, fizika, iqtisodiyot, sotsiologiya, demografiya va boshqa fanlarda ham qo‘llaniladi. Modellarning matematik modelь, fizik modelь, biologik model, iktisodiy modelь va boshka turlari mavjud. Matematik modelь tushunchasining ham turli ta’riflari mavjud. Ulardan ba’zilarini keltiramiz. Jarayonning matematik tavsifini, ya’ni jarayonning matematik tildagi bayonini matematik modelь deb yuritamiz. Matematik modelь olamning ma’lum hodisalari sinfining matematik belgilar bilan ifodalangan taqribiy ifodasidir. O‘rganilayotgan jarayon yoki hodisani matematik simvollar yordamida bayon qiluvchi matematik munosabatlar sistemasi matematik model deyiladi. Ob’ektning xarakteristikalarini bayon qiluvchi matematik ifodalar matematik model deyiladi. Misollar. Eng qadimgi matematik modellardan biri Evklid geometriyasidir. Bu bizni qurshab olgan fazo va undagi predmetlar modelidir. Hammaga ma’lum matematik modellar: butun sonlar sistemasi, haqiqiy sonlar sistemasi. Hozirgi zamon algebrasida gruppalar, xalqalar, maydonlar, vector fazolar, chiziqli algebralar, bul algebralari kabi matematik modellar bilan ish ko‘riladi. Har qanday matematik model uch yo’l bilan paydo bulishi mumkin: a) hodisani to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish natijasida, uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rganish va tushunish natijasida; bunday usul bilan olingan model fenomenologik model deyiladi; b) biror deduksiya jarayoni natijasida, bunda yangi modelь biror umumiyroq modeldan xususiy hol sifatida olinadi; bunday modellarasimptotik modellar deyiladi; biror induksiya jarayoni natijasida, bunda yangi model "elementar" modellarning tabiiy umumlashmasidan iborat bo‘ladi. Bunday modellar ansambl modellari deyiladi. Matematik modellarni qurish bosqichlari Matematik modelni kurishni 4 boskichda amalga oshiriladi.

Yüklə 85,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin