Bildirishnoma xodimning ma’muriyatga, korxona,
tashkilot,
muassasa rahbariga biror-bir voqea-hodisa (ijobiy yoki salbiy), ishda
yuz bergan uzilishlar, yo`l qo`yilgan
biror bir kamchilik, nuqson,
shuningdek mehnat ta’tilidan, homiladorlik ta’tilidan, betoblikdan so`ng
vazifasini bajarish uchun ishga chiqqanligini ma’lum qilish to`g`risida
taqdim etadigan yozma axboroti. Shuningdek, bildirishnomalar quyi
bo`g`in mutasaddilari tomonidan o`qish, ish, ilmiy,
ijodiy va jamoat
ishlaridagi faolligi uchun talaba, ishchi, xizmatchi xodimlarni moddiy
yoki ma’naviy rag`batlantirish haqida korxona rahbari nomiga yoziladi.
Bildirishnomalar
yuqori idora, rahbarlik qiluvchi tashkilotlar,
mansabdor
shaxslarga
ham
yo`llanishi
mumkin.
Shunga
ko`ra
bildirishnomalar
tashqi
va
ichki
bildirishnomalar kabi turlarga bo`linadi. Korxonadan tashqariga
yo`llanadigan bildirishnomalar tashqi
bildirishnomalar sanalsa,
korxona doirasida qo`llanadigan bildirishnomalar uning ichki
turiga mansub bo`ladi. Ish qog`ozlari yuritish jarayonida ko`proq
ichki bildirishnomalardan foydalaniladi. Ichki bildirishnomalar
odatda qo`lda yoziladi. Ehtiyoj va imkoniyat bo`lganda yoki
fakultet, bo`lim rahbariyati nomidan
boshqaruv rahbariyatiga
yuborilayotganda kompyuterda yozilishi ham mumkin. Bunday
bildirishnomalarda yaxshi xizmatlari uchun xodimlarning nomzodi
moddiy,
ma’naviy rag`batlantirishga tavsiya etilsa, yol qo`yilgan
nuqsonlar uchun uni yozishga sabab bo`lgan voqea, holat, xatti-
harakat
bayon etilib, unga munosabat hamda takliflar aks
ettiriladi.