Hozir juda ko’p turdagi ma’lumotlar (agar hammasi bo’lmasa) elektron shaklda internetga ulangan serverlarda saqlanmoqda. Ularning qanchasi shaxsiy, qanchasi maxfiy ekanligi ahamiyatsiz. Muhimi – odamlarning real hayotiga aloqador ma’lumotlar virtual tarmoqdan bitta parol yoki bitta elektron kalit uzoqligida saqlanmoqda. Kimningdir shaxsiy ma’lumotini o’g’irlamoqchi bo’lgan, yoki qaysidir idoraning sirli xujjatlarini ko’zdan kechirmoqchi bo’lganlar hozirgi kunda devor oshishi, qaysidir eshikni buzib kirishi, bir nechta qorovulni dog’da qoldirishi, seyfni buzishi shart emas. Internet imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bugun shaxsiy ma’lumot ovchisi hatto ma’lumotlar saqlanadigan serverga yaqin joyda turishi ham kerak emas. Boshqa davlat, boshqa qit’adan turib internet orqali yaxshi himoyalanmagan server ma’lumotlarini olish hech gap emas ekanligini ko’rib turibmiz. Axborot xavfsizligi bo’yicha eng yaxshi himoyalanishi tan olingan Amerika hukumatining elektron saylovlar tizimiga bo’lgan kiber xujum buning yaqqol misoli bo’lishi mumkin.