Mustaqil ish bajardi: Fozilova Rakshana 102-(a) menejment reja



Yüklə 260,66 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix05.05.2023
ölçüsü260,66 Kb.
#107987
Rim klubi faoliyatining falsafiy tahlili.



IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI
FALSAFA FANIDAN
RIM KLUBI FAOLIYATINING FALSAFIY TAHLILI
MUSTAQIL ISH
Bajardi:Fozilova Rakshana 102-(a) menejment


REJA:

Qadimgi davr falsafasining

Rim faylasuflari

Yunonistonda dastlabki falsafiy ta’limotlar



Qadimgi davr falsafasining yana bir silsilasi Yunoniston va Rimga tegishlidir. Bu 
davrdagi falsafiy qarashlar — antik davr falsafasi deb yuritiladi. Unda Milet falsafiy
maktabi, Eley falsafiy maktabi, Suqrot, Pifagor, Aflotun, Arastu va boshqalarning
falsafiy, tabiiy — ilmiy, ijtimoiy — axloqiy ta’limotlari o`rganiladi.



Yunonistonda dastlabki falsafiy ta’limotlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlar o`rtasida
Milet shaxrida yo`zaga kelgan va rivojlangan. Milet maktabi vakillari Fales, 
Anaksimandr, Anaksimenlardir.Uning asoschisi Fales (eramizdan avvalgi 624 — 547 
yillarda yashagan). U Yunon fani va falsafasining asoschisi bo`lib, o`z davrining
yetuk siyosiy arbobi, juKrofi, faylasufi bo`lgan.



Fales ta’limotiga ko`ra, tabiatdagi turli-tuman jism va hodisalar dastlabki ibtido —
suvdan paydo bo`lgan va yana suvga aylanadi va bu moddiy birlik doimo
o`zgarishda bo`ladi. Anaksimandr (Falesning shogirdi) eramizdan avvalgi VII asr oxiri
va VI o`rtalarida yashab ijod etgan. U «Tabiat haqida» asarini yozgan, biroq asar
bizgacha yotib kelmagan.



Fales olamning asosiga suvni kuygan bo`lsa, Anaksimandr dunyo — cheksiz, gazsimon
apeyrondan iborat, issiqlik va sovuqlik, quruqlik va namlik apeyrondan ajralib chiqib, 
moddaning bir holatdan ikkinchi holatga o`tishini ta’minlaydi, deb xisoblagan. Uning
ta’limotini zamondoshi, shogirdi Anaksimen davom ettirdi.Anaksimen (eramizdan
avvalgi 588-525 yillar) xavo — olamning asosi, deb bilgan. Uningcha, xavoning
quyuqlashishidan suv, yer, tosh kabi moddalar tashkil topgan, siyraklashishidan esa olov
paydo bo`lgan.


Yana bir yunon faylasufi Geraklit (eramizdan avvalgi 520-460 yillar) Kichik
Osiyoning Karbiy qirg`oqidagi Efes shaxrida zargar oilasida dunyoga kelgan.U
stixiyali dialektikaga asos solgan, olov — olamning asosi, deb bilgan.uning
fikricha, olamda hamma narsa harakatda. «Okar suvga bir soniyada ikki marta
tushish mumkin emas, chunki suv har daqiqada yangilanib turadi». Olamda
turg`unlik yo`q. Harakat butun tabiatga, barcha jism va hodisalarga xosdir. 
Abadiy harakat — abadiy o`zgarishdir. 



Harakat qarama-qarshilik asosida sodir bo`ladi. «Ko`rash hamma narsaning otasi, 
hamma narsaning podshosidir», degan ekan Geraklit. Bundan Geraklit kishilar
o`rtasida urushlarni targ`ib qilgan ekan-da, deya xulosa chiqarish noto`g`ri. 
Geraklitning fikricha, doimiy o`zgarish, harakat va o`zaro qarama-qarshi tomonlarga
o`tish — jismlar sifatining nisbiyligi bilan bog`liq. Masalan, dengiz suvi inson iste’moli
uchun yaroqsiz bo`lsa, baliqlar uchun ayni muddaodir. Geraklitning qarashlari falsafiy
tafakkur rivojiga katta ta’sir ko`rsatgan.



Eley falsafiy maktabi namoyandasi Ksenofan (eramizdan avvalgi YI — V asr) shoir va
faylasuf bo`lgan. U Kichik Osiyoda dunyoga kelgan. Ilm olish maqsadida
Yunonistonga, janubiy Italiyaga sayoxat qilib, umrining so`ngi yillarini Eley shaxrida
o`tkazgan. Tarixchi Diogen Laertskiyning yozishicha, Ksenofant «Tabiat haqida» 
asarining muallifidir. Afsuski, ushbu asarning yarmigina omon qolgan, holos. u 
ko`pxudolikka hamda insonlarga xos sifatlarni xayvonlarga, o`simlik dunyosiga daxldor
deb biluvchi ta’limotga qarshi chiqib, mifologiyani rad etishga harakat qilgan. uning
falsafiy ta’limotiga ko`ra, tabiat - o`zgarmas va harakatsizdir, «Хamma narsa yerdan
unib chiqadi va pirovardida yana yerga qaytadi». Biz hammamiz yerdan tug`ilganmiz
va yerga aylanamiz». Ksenofan qadimgi yunon faylasuflaridan birinchi bo`lib, 
bilishning imkoniyati va chegarasi haqida fikr yuritgan. Bu qadimgi yunon
gnoseologiyasining rivojiga to`rtki bo`ldi.



Ksenofant ilgari so`rgan G`oyalar uning shogirdi Eley falsafiy maktabining ko`zga
ko`ringan namoyandalaridan biri, eramizdan avvalgi 504 yili tug`ilgan Parmenid
tomonidan rivojlantirilgan. Eley falsafiy maktabining namoyandalaridan biri
Parmenidning shogirdi va do`sti Zenon (490-430 yillar) o`z ustozining ta’limotini
himoya qildi va uni rivojlantirdi.



Aflotunning jamiyat va davlat to`g`risidagi ta’limoti uning dunyoqarashida
markaziy o`rinlardan birini tashkil etadi. U faqat antik davr falsafasi —
ontologiya va gnoseologiyaning klassigi bo`lib qolmay, mumtoz antik siyosiy
nazariya va pedagogikaning bilimdoni ham bo`lgan. Aflotun ijtimoiy-siyosiy
masalalarga doir «Davlat», «Qonunlar», «Siyosat» va «Kritiy» nomli asarlar yozib
qoldirgan. «Davlat» asarida jamiyat haqida, uning ideal siyosiy tuzumi
to`g`risidagi qarashlarini markaziy ta’limoti — G`oyalar nazariyasi bilan uzviy
bog`liq holda ilgari so`rgan. Uning fikricha, davlatning to`rtta shakli mavjud: 
teokratiya; oligarxiya; demokratiya; tiraniya. Aflotunning ideal davlat
to`g`risidagi orzulari negizida adolat G`oyasi yotadi. Aflotun aytganidek, 
jamiyat barcha a’zolarining odil jamiyatdagi qonunlarga buysunishi ijtimoiy
taraqqiyotning asosiy garovidir.



Arastu zabardast olim bo`lib, mantiq, psihologiya, falsafa, axloq, notiklik san’ati, tabiiy
fanlar buyicha ulmas, bebaxo asarlar yozib qoldirgan. Uning barcha asarlari borliqni
o`rganishga kartilgan. Mantiqka oid asarlarining barchasini «Organon» («Јurol») nomli
asariga jamlagan. Faylasuf barcha fanlarni ikki turga — nazariy va amaliy fanlarga
bo`lgan. Amaliy fanlar shogirdlarga yo`l-yurik ko`rsatishga, biror bir foydali ishni amalga
oshirishga yo`naltirilgan. U nazariy fanlarni uch qismga - falsafa (metafizika), 
matematika va fizikaga ajratgan.

Faylasuf olamdagi narsa va hodisalar to`rtta sababga ega. Bo`lar — moddiy sabab, 
ya’ni modda (materiya); shakliy sabab yoki shakl; yaratuvchi sabab; pirovard sabab
yoki maqsad sabablardir. Yaratuvchi sabab, Arastu talqinicha, harakat manbaidir. 
Masalan, ota va ona bolaning ulg`ayishi sababchisidir. Arastu pirovard sabab
(maqsad sabab) vositasida insonga xos bo`lgan maqsadni tabiat hodisalariga ham 
tatbiq etmokchi bo`lgan. Harakat olam singari abadiydir. Ayni paytda, olam o`zining
abadiy sababi, ya’ni haraqatlantiruvchi kuchiga ega.


XULOSA:

Yunon falsafasida Demokritning qarashlari ham muxim o`rin tutadi. U xaqiqiy borliq —
moddiy dunyo, abadiy va poyonsiz, cheksiz-chegarasiz reallikdir, olam mayda
moddiy zarrachalardan, ya’ni atomlardan va bo`shliqdan iborat deya ta’lim beradi. 
Atomlar va bo`shliq o`zaro yaxlit abadiy ibtidodir. Atomlar — bo`linmas va o`zgarmas, 
sifat jixatdan bir xil, uning miqdori shakli singari bexisobdir. Harakat, degan edi
Demokrit, atomlardan iborat moddaning abadiy, tabiiy holatidir. Demokrit
tasodifiyatni inkor etgan. U «na tabiatda na jamiyatda xech bir narsa tasodifan
paydo bo`lmaydi», deb yozgan. Demokritning falsafiy qarashlarida axloqiy ta’limot
muxim o`rin tutadi. Uning bu boradagi qarashlari siyosiy qarashlari bilan uzviy
bog`liqdir. Yaxshi boshqarilayotgan davlat — buyuk qurg`ondir. Davlat manfaatlari
qolgan barcha narsalardan ustun turmog`i lozim.

Yüklə 260,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin