Mustaqil ish dunyoqarash va uning tarixiy turlari hamda falsafaning sohalari



Yüklə 186,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix15.06.2023
ölçüsü186,92 Kb.
#130480
1   2
Mifologiya (mif — afsona, logos- ta’limot degani) deb 
ataladigan bo`ladi. Iloxiy va ruxiy qarashlaring o`rni va ahamiyatini 
mutloqlashtiradigan tafakko`rning bir yo`nalishi Тeologiya (teo — xudo, logos 
— ta’limot degani) degan nom oldi. 
Shunday qilib, insonning bilish jarayoni takomillashib borgani sari mustaqil 
fanlar tizimi ham shakllanaverdi. Jamiyat rivojining muayyan bosqichlariga 
kelib, mifologik, diniy qarashlar olamni bilish talablariga javob bermay qoldi. 
Falsafadan fanlarning ajralib chiqishi, uning qashshoqlanishini emas, balki 
rivojlanish xususiyatini kursatuvchi alomatga aylandi. 
Тaraqqiyot jarayonida falsafadan tabiatshunoslik fanlari bilan birga psihologiya, 
etika, estetika kabi ijtimoiy fanlar ham ajralib chiqdi. Keyinchalik madaniyat, 
qadriyatlar va huquq kabi soxalarni o`rganadigan aloxida yo`nalishlar ham 
paydo bo`ldi. Ular olamni o`z predmeti doirasida yaxlit bilish, uning xususiy 
qonuniyatlarini o`rganishga yordam beradi. 


Falsafiy yo`nalishlar, tadqiqot olib boradigan soxasiga ko`ra, o`ziga xos bo`lib, 
asosiylari quyidagilardir:
Ontologiya — olam, inson va jamiyatning ob’ektiv-universal mohiyati 
to`g`risidagi falsafiy ta’limotdir. Boshqacha aytganda, u borliq to`g`risidagi, 
insonning olamga bo`lgan munosabati haqidagi falsafiy bilim soxasidir.
Gnoseologiya — bilish falsafasi bo`lib, olamni anglash, bilish nazariyasi, 
bilishning shakli, usullari va imkoniyatlari to`g`risidagi ta’limotdir.
Aksiologiya — qadriyatshunoslik yoki qadriyatlar to`g`risidagi falsafiy ta’limot.
Praksiologiya — insonning predmetli-o`zgartiruvchan, amaliy faoliyati 
to`g`risidagi falsafiy ta’limot.
Metodologiya — bilish va o`zgaruvchan faoliyat usullari to`g`risidagi ta’limot.
Logika — tafakkur shakllari (tushuncha, xukm, xulosa) va tafakkur vositalarini 
(ta’rif, qoida, muxokama, tafakkur qonuniyatlari), ularning mazmunidan qat’i 
nazar, holis o`rganuvchi ta’limot.
Etika — axloq falsafasi, insoniyatning axloqiy tamoyillari, talab va tartib-
qoidalari to`g`risidagi fan.
Estetika — nafosat falsafasi, jamiyat va inson hayotida go`zallikning o`rni, 
qonun-qoidalari to`g`risidagi qarashlar majmui 
Bundan tashqari, inson falsafasi (antropologiya), ijtimoiy falsafa, tabiat 
falsafasi, madaniyat falsafasi (qulturologiya), san’at falsafasi, mafko`ra falsafasi 
(ideologiya), din falsafasi (teologiya), siyosat falsafasi (politologiya), huquq 
falsafasi, texnika falsafasi kabi soxalar ham mavjudki, ular bir so`z bilan ijtimoiy-
falsafiy fanlar tizimi deyiladi. 
Ikkinchi xil klassifikatsiya falsafiy fanlar tasnifida olam va odam, borliqning asosi 
bilan bog`lik masalalar qanday usulda xal qilinishiga qarab belgilanadi. Bunday 
tasniflash natijasida monizm, dualizm, plyuralizm, materializm, idealizi, teizm, 
ateizm kabi ko`plab yo`nalishlar ko`zga tashlanadi. Falsafani o`rganish 
jarayonida bu tushunchalarga hali ko`p duch kelamiz va o`rni kelganda ularga 
zarur izoh va ta’rif berishga harakat qilamiz. 


Bu tizimda falsafa tarixi bilimning muxim tarmog`i xisoblanadi. Bunda tadrijiy 
taraqqiyot tamoyili asosida falsafiy tizimlar o`rtasidagi tarixiy izchillikka 
tayaniladi. Mazkur qo`llanmada falsafa tarixi ana shunday tamoyil asosida 
o`rganilgan. 
Falsafiy bilimlar tizimining o`zgarishi va mazmunan boyib borishi ob’ektiv 
ijtimoiy-tarixiy jarayon maxsuli bo`lib, u jamiyatning rivojlanish darajasiga mos 
keladi va uni o`zida ifoda etadi. Falsafiy bilimlar tizimidagi aloxida yo`nalish har 
bir tarixiy davrda o`ziga xos qonuniyatlar asosida rivojlansa ham, ularning 
umumiy tamoyillari mavjud. Ya’ni, birinchidan, har bir falsafiy bilim yo`nalishi 
jamiyat rivojlanishida o`ziga xos determinant (sabab) vazifasini 
bajaradi. Ikkinchidan falsafiy bilimlar jamiyat taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi 
sub’ektiv omil bo`lsa ham, vujudga kelish asosi - genezisi nuqtai nazaridan 
ob’ektiv hodisadir. Uchinchidan, falsafiy bilim yo`nalishlarining o`zaro 
bog`liqlik, aloqadorlik munosabati, ularning dunyoni bilishdagi yaxlitligini 
ta’minlaydi.

Yüklə 186,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin