Mustaqil ish fan: falsafa mavzu: jamiyat va shaxs



Yüklə 89,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü89,02 Kb.
#205800
1   2   3   4   5
shaxs va jamiyat

 
 
 
 
 
 


Jamiyat va shaxsning o‘zaro bir-biriga ta’siri. 
Shaxsning jamiyatga va aksincha jamiyatning shaxsga munosabati 
masalasi ijtimoiy falsafaning dolzarb muammolaridan biridir. Ijtimoiy-
falsafiy jihatdan jamiyat odamlar uyushmasining maxsus shakli, 
taraqqiyotning ma’lum bosqichida shakllanadigan ijtimoiy munosabatlar 
majmuidir. Jamiyatning shakllanishi va qaror topishi uzoq tarixiy davrni 
boshdan kechirgan bo‘lib, murakkab jarayonning ijtimoiy hodisasidir. 
Jamiyat vujudga kelishida mehnat qilish eng asosiy omil bo‘ldi. Jamiyat 
shunchaki odamlar yig‘ini emas, balki ijtimoiy munosabatlar orqali tashkil 
topadi. Ana shu jarayonda shaxs va jamiyat munosabatlari ham shakllana 
boradi. Bunda ijtimoiy mehnat turlaridan tashqari, odamlar o‘rtasida amal 
qilingan axloqiy, diniy, siyosiy, iqtisodiy, hududiy, mafkuraviy 
munosabatlarga kirishiladi. SHaxs va jamiyat munosabatlarida ham 
muayyan jamiyat qabul qilgan standartlar doirasida rivojlanib boradi. 
Jamiyatning mazmun va mohiyati, shaxs va jamiyat munosabatlari har 
bir tarixiy davrda yaratilgan falsafiy ta’limotlar asosida talqin qilinib 
kelingan bo‘lsa, jamiyat hozirgi rivojlanish bosqichida ular o‘rniga ilg‘orroq 
ta’limotlarni yaratish vazifasini qo‘yadi. 
Ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi globallashuvi jarayonida shaxs va 
jamiyat munosabatlari muammosiga e’tiborning kuchayib borayotganligi 
tabiiy bir holdir. Ijtimoiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida, xususan 
XIX asrda shaxs va jamiyat munosabatlarini tadqiq qilish ijtimoiy 
zaruriyatga aylandi. Yevropalik olimlar (G.Spenser, E.Dyurkgeym, Gegel, 
M.Veber va boshqalar), qadimgi dunyo olimlari va Markaziy Osiyo 
mutafakkirlarining bu haqdagi fikrlarini rivojlantirib, shaxs va jamiyat 
munosabatlari mazmuniga keng va ilmiy ta’rif berishga harakat qiladilar. 
Ular jamiyat o‘z-o‘zini tashkil etuvchi va boshqarishdagi g‘oyat murakkab 
ijtimoiy organizm ekanligini e’tirof etdilar va odamlar o‘rtasida amal 
qiladigan axloqiy, diniy, siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlarning 
tarixan tarkib topgan majmui ekanligini ta’kidladilar. 
Shaxs va jamiyat uyg‘un tushuncha. Shaxssiz jamiyat bo‘lmaydi va 
rivojlanmaydi. Bu ikkala tushunchaga yagona bir organizm sifatida 
qaralishi o‘rinlidir. Insonga shaxs sifatida qaraydigan bo‘lsak, uning bu 


holatini dastavval jamiyatda tutgan o‘rni va bajaradigan vazifalari 
ifodalaydi. 
Shaxsning shakllanishi u yashayotgan jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, 
ma’naviy va madaniy muhitning ta’sirida kechadi. Bu jarayonning birinchi 
bosqichi oiladir. Oilada go‘dakning dunyoga kelgan kunidan boshlab, 
axloqiy va ongli faoliyatiga asos solinadi. Zero, yangi tug‘ilgan 
chaqaloqning shaxs sifatida shakllanishining birinchi “g‘ishti” oilada 
qo‘yilar ekan, bu shaxs kamolotining juda ko‘p va murakkab ob’ektiv va 
sub’ektiv omillari ichida muhimlaridan, hat-toki hal qiluvchi jihatlaridan 
biri hisoblanadi. Avvalo dunyoga yangidan kelgan go‘dak sog‘lom bo‘lishi, 
buning uchun uning onasi ham sog‘lom bo‘lishi va ruhiyatining tetik 
bo‘lishiga ko‘p narsa bog‘liq. O‘zbek xalqining allomasi, buyuk mutafakkir 
va qomusiy olim Abu Ali ibn Sino shu munosabat bilan o‘zining “Tib 
qonunlari” nomli asarida “chaqaloqning ona qornida rivojlanishi va 
tug‘ilgandan keyingi davrlarda shaxs sifatida shakllanishi ona ruhiyatiga 
bog‘liq”, degan edi. 
Inson bolasining shaxs sifatida kamolotga etishishida, uni dunyoga 
keltiruvchi ota va onalarining ruhan va jismonan tetik bo‘-lishi, ayniqsa 
ma’naviyati boy bo‘lishi muhimdir. 
Bu darajaga etishish uchun inson juda ko‘p murakkab bosqichlardan 
o‘tishi, zarur bilimlarga, hayotiy tajribalarga ega bo‘lishi, o‘zi yashayotgan 
va mehnat qilayotgan jamoa, muhit va muayyan jamiyatning talab va 
ehtiyojlarini o‘zida aks ettirgandagina shaxs sifatida shakllanib boradi. 
Shaxs va jamiyat munosabatlari bir xil teng vaziyatda o‘tadi deyish 
ham, shuningdek, ularni bir-biriga qarshi qo‘yish ham xatodir. Shaxsni 
jamiyat yetishtirar ekan, u juda murakkab va ziddiyatli jarayon ekanligini 
hisobga olish zarur. 
Jamiyat shaxsning shakllanishi jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 
Jamiyatning shaxsga ta’siri: 
a) megamuhit;
b) makromuxit; 
v) mikromuhit darajasida amalga oshadi. 
Megamuxit insoniyat dunyosi, davr muhitining insonga ta’siri. 
Makromuxit inson hayot kechirayotgan jamiyat, mamlakat. 


Mikromuxit insonni o‘rab olgan, unga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan 
muxit (oila, mehnat jamoasi). 
Shaxsning jamiyatga ta’siri har bir tarixiy davrdagi ijtimoiy muhitda 
turlicha kechadi. Uning jamiyatga bevosita ta’siri mikromuhitda namoyon 
bo‘ladi. Makro va megamuhitga ta’siri u mansub bo‘lgan ijtimoiy guruh, 
millatning aniq bir tarixiy davrdagi egallagan mavqeiga muvofiq keladi. 
Shaxsning jamiyatga ta’siri, uning hayotga munosabatdagi faolligi 
darajasiga bog‘liq. Shaxslarning muayyan tarixiy davrdagi faoliyatlari, 
jamiyatda tutgan o‘rinlariga ko‘ra: a) oddiy; b) talantli; v) buyuk; g) geniy 
turlarini ko‘rsatish mumkin. Oddiy shaxsning jamiyatga ta’siri asosan tor 
doirada – mikromuxitda bevosita seziladi. Buyuk shaxslar, tarixiy zotlar, 
daholar o‘z faoliyati bilan jamiyatga ijobiy yoki salbiy ta’sir etishi, uning 
xayotida chuqur iz qoldirishi mumkin. 
Geniylikshaxs qobiliyati va faoliyatining betakrorligida namoyon 
bo‘ladi. Geniy ijodi va faoliyati o‘ziga xosligi bilan, insoniyat jamiyati 
taraqqiyoti uchun alohida tarixiy ahamiyati bilan xarakterlanadi. 
Ijtimoiy fikr sohasida buyuk shaxs tushunchasi qo‘llanadi. Shaxsning 
buyukligi o‘zi mansub bo‘lgan ijtimoiy guruh, elat yoki xalqning fikr-o‘yini 
ifodalab, ularning asosiy maqsad-muddaolarini tarixiy jarayonlarning 
ob’ektiv mantiqiy talabalariga mos amalga oshirishda hal qiluvchi ishlarni 
bajara olishidadir. Bunday shaxsning faoliyatida o‘z xalqini baxtli-saodatli 
qilish, o‘zligini ro‘yobga chiqarish, milliy va davlat mustaqilligini himoya 
qilish, xullas insoniyat yalpi ilgarilama harakatiga ko‘mak berish 
belgilovchi o‘rin egallaydi. Bunday holatda shaxs tarixning sub’ekti 
darajasiga ko‘tariladi. 
Umuman olganda, ijtimoiy taraqqiyotga yoki tanazzulga tarixiy 
shaxslar sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadilar. 
Shuni esda tutish lozimki, shaxs tipi ijtimoiy munosabatlarining real 
tizimining in’ikosidir. Shaxsni hech qachon jamiyatdan, jamiyatni shaxsdan 
ajratib bo‘lmaydi. Jamiyat shaxssiz yashay olmagindek, shaxs jamiyatdan 
tashqarida faoliyat ko‘rsata olmaydi. Jamiyatning shaxsga ta’siri masalasini 
yuqorida ko‘rib o‘tdik. Jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar shaxsni qanday 
qilib shakllantirgan bo‘lsa, o‘z navbatida shaxs ham jamiyatni shunday 
tarzda barpo etadi. Bundan shaxsda u yashayotgan, faoliyat ko‘rsatayotgan 


jamiyat, u mansub bo‘lgan sinf, tabaqa, millat yoki elatning o‘ziga xos 
xususiyatlari aks etadi, degan xulosaga kelishi mumkin. Har bir jamiyatda 
o‘ziga xos shaxs tipi mavjud bo‘ladi. Turlicha jamiyat, turli ijtimoiy 
muhitda shakllangan shaxs o‘zining ijtimoiy xislat, fazilatlari bilan 
boshqalardan tubdan farq qiladi. 
Ijtimoiy falsafada shaxs va jamiyat munosabatlarining tarixiy tiplari 
masalasi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra sanoatlashgan jamiyatga qadar, 
sanoatlashgan (industrial) jamiyat va postindustrial jamiyatlariga xos 
munosabatlarning: a) shaxsiy qaramlik; b) shaxs mustaqilligi; v) erkin 
shaxsdan iborat uch tipi ko‘rsatilgan. 
Erkin, mustaqil shaxs postindustrial jamiyatga o‘tish jarayonida 
shakllana boshladi. Bunday jamiyatda bilim, axborot, kasbiy mahorat 
ustuvor hisoblanadi, xizmat ko‘rsatish sohalari jadal rivojlana boshlaydi. 
Qudratli moddiy-texnik baza, taraqqiy etgan ishlab chiqaruvchi kuchlari 
bo‘lgan bunday jamiyatda shaxs taraqqiyotining moddiy va ma’naviy 
omillari etilgan bo‘ladi. Ochiq, erkin jamiyat erkin shaxsning shakllanishi 
uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratadi. SHaxs faqat ochik, erkin 
jamiyatdagina erkin bo‘la olishi mumkin. SHuning uchun ham 
mustaqillikka erishgan, demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlab olgan davlat va 
jamiyatda inson eng oliy qadriyatga aylanadi. 
Shaxs va jamiyat orasidagi munosabatlarni dinamik jarayon sifatida 
o‘rganish va bunda ham jamiyatdagi, ham inson shaxsidagi o‘zgarishlarni 
inobatga olish lozim bo‘ladi. 
Jamiyat uzluksiz harakatda, o‘zgarishda bo‘lgani singari, shaxs ham 
doimo harakatda, o‘zgarishda bo‘ladi va bu holat shaxsnnig 
takomillashuvidan iborat dinamik tizimni ifodalaydi. Faylasuf olim Anvar 
CHoriev shaxsning shakllanishi va takomillashuvi uch asosiy bosqichni: 
- vujudga kelish, shakllanish; 
- ulg‘ayib borish; 
- takomillashishni o‘z ichiga qarmab oladi, deb hisoblaydi. 
Jamiyat va shaxs orasidagi aloqadorlikka ijtimoiy-tarixiy nuqtai-
nazardan yondoshmoq lozim. Bu narsa, bir tomondan, shaxsning jamiyatga 
ta’siri turli davrlarda o‘ziga xos namoyon bo‘lishini keltirib chiqaradi. 
Ikkinchidan, jamiyat turli davrlarda shaxs oldiga turli vazifalarni qo‘yadi. 


Shunga ko‘ra, SHarq madaniyatida donolik, botirlik, kamtarlik odillik 
qadrlangan; qadimiy YUnonistonda aqliy barkamollikka erishish yuksak 
baholangan; sanoatlashgan jamiyatda tadbirkorlik, tashabbuskorlik 
qadrlangan. 

Yüklə 89,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin