Mustaqil ish guruh: sbha 80


Soliq muhofazasi va xalqaro mablag'lar



Yüklə 49,31 Kb.
səhifə4/4
tarix07.01.2024
ölçüsü49,31 Kb.
#202675
1   2   3   4
Xalqaro Moliya

Soliq muhofazasi va xalqaro mablag'lar

Aksiyadorlik munosabatlari soliq muhofazasini oshirish va xalqaro mablag'lar bilan ishlash imkoniyatini yaratadi. Aksiyadorlar va korporativ boshqaruv organlari soliq tizimlariga o'z hissalarini sotib olish, korxona soliq muhofazasini ta'minlash va xalqaro mablag'lardan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi.


Shu jumladan, aksiyadorlik munosabatlari va korporativ boshqaruv tizimi korxonalarning o'zaro munosabatlarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo'ladi. Bu munosabatlarning samarali boshqarilishi, korxonalarning moliyalashtirilishi, innovatsiyalarni tezroq amalga oshirishi va raqobatda qolishi uchun talab qilinadi. Aksiyadorlik munosabatlari orqali korxonalarning qo'llab-quvvatlanishi va rivojlanishi kelajakda sodir bo'lgan yangiliklarni o'rganishda muhim rol o'ynaydi.




Aksiyadorlar jamiyati
Aksiyadorlar jamiyati — daromad topish maqsadida hissadorlik tamoyiliga binoan uyushgan sherikchilik jamiyati. Aksiyadorlar jamiyati boshqa sherikchilik korxonasidan farqliroq, muomalaga nominal qiymati koʻrsatilgan aksiyalar chiqarish va uni sotish yoʻli bilan tarqatish bunday jamiyatning moliyaviy negizini tashkil etadi. Aksiya egalari dividend shaklida daromad oladilar. Aksiyadorlar jamiyatining ochiq va yopiq jamiyat shaklidagi koʻrinishlari bor:


Yopiq aksiyadorlar jamiyati — aksiya egalari maʼlum guruh, masalan, taʼsischilarning oʻzi bilan cheklanadi. Aksiyalar faqat ularning oʻrtasida tarqatiladi.
Ochiq aksiyadorlar jamiyati — jamiyat aksiyalari erkin sotiladi va sotib olinadi, aksiyadorlar soni cheklanmagan, xohlagan va aksiya olishga puli bor yuridik yoki jismoniy shaxs, shu jumladan, ajnabiy shaxslar uning aʼzosi boʻla oladi.
Aksiyadorlar jamiyati pulni bir yerga toʻplab biznesga qoʻyish uchun tuziladi. Uning tashkilotchilari taʼsischilar deb yuritiladi. Taʼsischi firmalar, banklar, davlat va ayrim fuqarolar boʻlishi mumkin. Aksiyadorlar jamiyatining afzalligi shundaki, u mayda pulni toʻplab yirik pulga aylantirish, yaʼni kapital boʻla oladigan pulga aylantirishdan, mayda puldorlarning pulini ham biznesga qoʻyishdan iborat. Aksiyadorlar jamiyatini boshqarishning oliy organi — aksiyadorlar majlisi, soʻngra — direktorlar kengashi va quyi boʻgʻini — boʻlinmalar boshqarmasidan iborat. Aksiyadorlar majlisi aksiyadorlar jamiyati yillik hisobotini, nizomdagi oʻzgarishlarni, daromadning taqsimlanishini, foyda-zarar hisob-kitobini, taftish natijalari, rahbarlarni saylash masalasini koʻrib chiqadi va tegishli qarorlar qabul qiladi. Dastlab aksiyadorlar jamiyati 17-asrda paydo boʻlgan, hozir keng tarqalib, ommaviy tus olgan. Oʻzbekistonda aksiyadorlar jamiyati bozor islohotlari davomida mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida paydo boʻldi, davlat korxonalarini aksiyadorlar jamiyati aylantirish mulkiy oʻzgarishlarning yoʻnalishlaridan biriga aylanadi. Islohotlarning birinchi bosqichida yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati tashkil topdi. Uning 2-bosqichida ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati shakllana boshladi. Oʻzbekistonda 1995-yilda 2255 ta, 1996-yilda 5500 ta aksiyadorlar jamiyati ishladi. Oʻzbekistonda aksiyadorlar jamiyati nodavlat sektoriga kiradi. Aksiyadorlar jamiyati mustaqil, lekin ular davlat belgilagan qonun-qoidalar asosida ish koʻradi. Ularning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining „Aksiyador jamiyatlar va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida“ (1996.25.4) qonuniga binoan olib boriladi.


Aksiyadorlik jamiyati pulni bir yerga to‘plab biznesga qo‘yish uchun tuziladi. Uning tashkilotchilari taʼsischilar deb yuritiladi. Taʼsischi firmalar, banklar, davlat va ayrim fuqarolar bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlar jamiyatining afzalligi shundaki, u mayda pulni to‘plab yirik pulga aylantirish, yaʼni kapital bo‘la oladigan pulga aylantirishdan, mayda puldorlarning pulini ham biznesga qo‘yishdan iborat. Aksiyadorlar jamiyatini boshqarishning oliy organi — aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, so‘ngra — jamiyat boshqaruvi yoki direktorlar kengashi va quyi bo‘g‘ini — bo‘linmalar boshqarmasidan iborat. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi aksiyadorlar jamiyati yillik hisobotini, nizomdagi o‘zgarishlarni, daromadning taqsimlanishini, foyda-zarar hisob-kitobini, taftish natijalari, rahbarlarni saylash masalasini ko‘rib chiqadi va tegishli qarorlar qabul qiladi.


Tarixi
Dastlab aksiyadorlik jamiyati 17-asrda paydo bo‘lgan, hozirda keng tarqalib, ommaviy tus olgan. O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyati bozor islohotlari davomida mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida paydo bo‘ldi, davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish mulkiy o‘zgarishlarning yo‘nalishlaridan biriga aylanadi. Islohotlarning birinchi bosqichida yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati tashkil topdi. Uning 2-bosqichida ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati shakllana boshladi. O‘zbekistonda 1995-yilda 2255 ta, 1996-yilda 5500 ta aksiyadorlar jamiyati ishladi. O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyati nodavlat sektoriga kiradi.


Aksiyadorlik jamiyati mustaqil, lekin ular davlat belgilagan qonun-qoidalar asosida ish ko‘radi. Ularning faoliyati O‘zbekiston Respublikasining „Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida“ qonuniga binoan olib boriladi.
Turlari
Aksiyadorlar jamiyatining ochiq va yopiq jamiyat shaklidagi ko‘rinishlari bor:

  • Yopiq aksiyadorlik jamiyati — aksiya egalari maʼlum guruh, masalan, taʼsischilarning o‘zi bilan cheklanadi. Aksiyalar faqat ularning o‘rtasida tarqatiladi.

  • Ochiq aksiyadorlik jamiyati — jamiyat aksiyalari erkin sotiladi va sotib olinadi, aksiyadorlar soni cheklanmagan, xohlagan va aksiya olishga puli bor yuridik yoki jismoniy shaxs, shu jumladan, ajnabiy shaxslar uning aʼzosi bo‘la oladi.

Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari o‘zlariga tegishli aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning roziligisiz erkin tasarruf etishi mumkin bo‘lgan jamiyat ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati deb hisoblanadi.


Ochiq turdagi aksiyadorlik muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi. Ochiq turdagi jamiyat o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o‘tkazishga va qonun hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda ularni erkin sotishga haqli bo‘ladi.


Ochiq o‘tkaziladigan obunadan maqsad - nizomli sarmoyani ko‘paytirish, moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish. Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, cheklangan miqdorlarda tez-tez obuna o‘tkazish eng ko‘p foyda beradi: katta pul qilingan obuna uning muvaffaqiyat bilan yakunlanishini kafolatlamaydi, reklama kompaniyasi uchun katta mablag‘larni band qiladi, dividendlar darajasini pasaytirib yuboradi.


Ochiq turdagi jamiyat :


* jamiyatning yillik hisobotini, buxgalteriya balansini, foyda va zararlar hisob varag‘ini;


* jamiyat aksiyalari emissiyasi ma’lumotnomasini;


* ushbu qonunda nazarda tutilgan tartibda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarni;


* jamiyat kafillagan shaxslarning ularga qarashli aksiyalar soni va turlarini ko‘rsatgan holda tuzilgan ro‘yxatlarini;


* vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan boshqa ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida har yili e’lon qilishi shart.

Aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan boshqa muayyan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan jamiyat yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Yopiq turdagi jamiyatning muassislari esa kamida uch shaxsdan iborat qilib belgilanadi.

Yopiq jamiyat o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o‘tkazishga yohud ularni cheklanmagan doiradagi shaxslarga sotib olish uchun boshqacha tarzda taklif etishga haqli emas. Yopiq turdagi jamiyat aksiyadorlarining soni ellik nafargacha bo‘lishi kerak. Belgilangan chegaradan ortib ketgan taqdirda u yopiq aksiyadorlik jamiyatlari uchun miqdori aksiyadorlarning chegaralagan limitidan ortib ketgan shaxslar aksiyadorlar reyestrida ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran olti oy ichida ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi, ushbu muddat tugagach, sud tartibida tugatilishi lozim.


Yopiq turdagi jamiyat aksiyadorlari ushbu jamiyatning boshqa aksiyadorlari sotayotgan aksiyalarini o‘zga shaxsga taklif etilayotgan narxda sotib olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ladilar. Agar aksiyadorlar aksiyalarni sotib olishda o‘z imtiyozli huquqlaridan foydalanmasalar, jamiyat aksiyadorlar tomonidan sotiladigan aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquqqa ega bo‘lishi uning nizomida ko‘zda tutilishi mumkin.


Aksiyadorlar sotayotgan aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqdan foydalanish tartibi, muddati jamiyat nizomida belgilab qo‘yiladi. Imtiyozli huquqdan foydalanish muddati aksiyalar savdoga qo‘yilgan paytdan boshlab 30 kundan kam va 60 kundan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.


Odatda, yopiq aksiyadorlik jamiyatlari yillik hisobotlarni e’lon qilishdan ozod etiladilar, lekin ko‘pincha ular o‘z tashabbuslariga ko‘ra yillik hisobotlarni e’lon qiladilar. Bu e’lonlar keng doiradagi huquqiy va jismoniy shaxslarni jamiyat faoliyati bilan tanishtirish va yangi sheriklarni jalb qilish maqsadida chop etiladi.


Jamiyat o‘zining filiallari va vakolatxonalarini tashkil etishi hamda vakolatxonalar ochishi mumkin. Ular o‘zlarini tashkil etgan jamiyat tomonidan mol-mulk bilan ta’minlanadi va shu jamiyat tasdiqlagan nizomlar asosida ish ko‘radi.


Filial yoki vakolatxonaning rahbari jamiyat tomonidan tayinlanadi va jamiyat bergan ishonchnoma asosida ish ko‘radi. Filial hamda vakolatxona faoliyati uchun javobgarlik ularni tuzgan jamiyat zimmasida bo‘ladi.


Jamiyat nizomida uning filiallari hamda vakolatxonalari to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan bo‘lishi kerak. Jamiyatning filiallari hamda vakolatxonalariga doir ma’lumotlar o‘zgarishi munosabati bilan uning nizomiga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi axborot huquqiy shaxslarni davlat ro‘yxatiga oluvchi organga ma’lumot tarzida taqdim etiladi.




Jamiyat tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida filiallar tashkil etish va vakolatxonalar ochish, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, filiallar va vakolatxonalar joylashgan joydagi mamlakat qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Yüklə 49,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin